Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Quyoshni to'sib qo'ymang!

Dunyoning bugungi manzarasi qiziq: bir yoqda o'rmonlarga o't ketsa, boshqa yoqda shaharlarni suv bosayotir. Bir yoqda terrorizm jazavaga tushsa, boshqa yoqda – urush vahshati. Bir yoqda bedavo virus mo'r-malahdek yopirilsa, boshqa yoqda odamlar tabiiy ofatlardan zarar ko'rayotir…
Siyosat
1281 11:30 | 13.09.2023 11:30

Xullas, bugun insoniyat hayoti har qachongidan-da omonat! Buni Turkiyada sodir bo'lgan ayanchli zilzila ham tasdiqlaydi. «Biz kulfat deb atagan narsalarning hammasi aslida o'z xatolarimizdir», degan edi ulug' rus adibi va mutafakkiri Lev Tolstoy. Agar shu gap to'g'ri bo'lsa, bashariyat boshiga paydar-pay yog'ilayotgan behisob balolar qaysi xatolarimiz «meva»si?


Platforma.uz telegram kanalida «Milliy manfaat va geosiyosiy manyovr» nomli maqolani o'qib, ingliz adibi Oskar Uayl'dning » Sizningcha, eng yomon illat nima?» degan savolga bergan javobi yodimga tushdi: «Sayozlik, yashirinlik, yuzakilik». Bugun ba'zi sohalarimizda ham aynan sayozlik, yuzakilik urchib borayotgandek. Shunday ekan, davlat suveriniteti, qudrati bevosita sobit pozitsiya hamda uni to'liq himoya qila oladigan puxta siyosat bilan bog'liq.
Yuqorida bejiz sayozlik, yuzakilik xususida so'z yuritmadik. Yaqinda sog'liqni saqlash vaziri, qurilish vaziri o'rinbosari yoki shularga o'xshagan davlat xizmatchilarining jamoatchilik e'tirozlariga sabab bo'lgan «ishlari» e'tiborsiz qoldirildi yoki ularga qo'llangan jazo oshkor qilinmadi. Bu esa bizda xalq bilan intellektual darajada munozara qiladigan a'yonlar deyarli qolmagan degan fikrni tasdiqlamaydimi? Xo'sh, nega shunday?


Bu yerda yashirinlik, sayozlik, yuzakilik ham, aslida, mutasaddilar bugun o'z ma'naviy tadrijida boshi berk ko'chaga kirib qolganidan dalolat. Сhunki jamoatchilikdan yashirin qilinayotgan ishlar ko'p hollarda katta xatolarga yo'l ochayotir. Yaqinda «Ozodlik» bergan gaz mojarosiga bog'liq munozarali lavhada ham xuddi shunday bo'ldi. Ya'ni bu jamoatchilik noroziligiga sabab bo'lmoqda. Aslida, masala mohiyati ochiq tushuntirilishi kerak edi. Biz esa nima qildik? Ham o'sha ishga qo'l urdik, ham buni jamoatchilikdan yashirishga urindik!


Jamiyatni fojiaga eltuvchi egri yo'ldan qaytarib, to'g'ri yo'lga solish, shak-shubhasiz, davlat zimmasidadir. Ushbu burch to'liq ado etilgandagina, davlat o'zining ulug' nomini oqlay oladi. Davlat mulozimlari esa yorug'lik sari boshlovchi degani, zulmat bag'rida qoldiruvchi emas. Aks holda, ularga ham sinoplik Diogenning mashhur tanbehini eslatmoq joiz bo'ladi: «Quyoshni to'sib qo'ymang!»


P.S: Demak, har qanday sohada jamoatchilik bilan hamjihat ish ko'rmoq, yashirishdan ko'ra, mohiyatni tushuntirishni afzal ko'rmoq kerak. Bugungi davr talabi ham shu, aslida.


Murodjon RAHMATOV.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid