Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Shavkat Mirziyoev TDT sammitida 6 ta muhim taklifni ilgari surdi

Xususan, Turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o'tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish taklif qilindi.
Siyosat
1222 15:24 | 03.11.2023 15:24

Amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo'lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etdi.

Sammitda TDT doirasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston yetakchisi o'z nutqida bugungi shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamonda tili, dini va yuraklari bir-biriga chambarchas bog'langan turkiy xalqlarning ovozi dunyo bo'ylab yanada baland, yanada kuchliroq yangrayotganini ta'kidladi.
Mirziyoevning ta'kidlashicha, tashkilot bugungi kunda shakllanayotgan yangi dunyo tartiboti va xalqaro institutlar tizimida o'ziga xos muhim o'ringa ega bo'lib bormoqda.

O'zbekiston Prezidenti, shuningdek, tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi ko'p tomonlama va uzoq muddatli aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, Turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o'tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish taklif qilindi.

Sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish ishlarini faollashtirish muhimligi qayd etilib, ushbu moliya muassasasini Toshkent shahrida joylashtirish taklifi bildirildi.

Turkiy davlatlar savdo hamkorligi tadqiqot markazini tashkil etish bo'yicha boshlangan amaliy ishlarni to'liq ma'qullab, O'zbekiston Prezidenti markaz imkoniyatlaridan savdo to'siqlarini bartaraf etish, eksport-import hajmini ko'paytirish bo'yicha yangi mexanizmlarni keng joriy qilish, elektron savdo platformalarini rivojlantirishda unumli foydalanish zarurligiga e'tibor qaratdi.

Global logistika zanjirlari va transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmog'ini shakllantirish masalalari dolzarb ekani ta'kidlandi. Shu ma'noda, davlatimiz rahbari O'rta koridor salohiyatini kengaytirish, qo'shimcha ko'p tarmoqli yo'nalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga mamlakatlarimiz orqali o'tadigan yo'laklarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish chora-tadbirlarini qo'llab-quvvatladi.

Tashkilotning Temir yo'l idoralari kengashini ta'sis etish va bu tuzilmaning direktsiyasini O'zbekistonda joylashtirish taklif etildi.

Ekologiya sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida vazirlar darajasida doimiy faoliyat ko'rsatadigan Turkiy ekologiya forumini tuzish tashabbusi ilgari surildi.

O'zbekiston yetakchisi ijodiy fikrlaydigan, iste'dodli va shijoatli yoshlar istiqbolda turkiy dunyoning yangi Renessansini barpo etishiga ishonch bildirdi. Yangilikka intilib yashaydigan, tashabbuskor o'g'il-qizlarni rag'batlantirish uchun O'zbekistonda Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazini ochish taklif qilindi.

Jadid bobolarimizning ilmiy-ijodiy merosini chuqur o'rganish muhimligini qayd etib, O'zbekiston Prezidenti TDT mamlakatlari vakillarini joriy yilning dekabr' oyida yurtimizda bo'lib o'tadigan “Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari” mavzusidagi xalqaro anjumanda faol ishtirok etishga taklif etdi.


So'zini yakunlar ekan, O'zbekiston rahbari ishtirokchilar e'tiborini ming yillar davomida tarixi va taqdiri turkiy elatlar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ko'pmillatli jafokash Afg'oniston xalqiga qaratdi.

Mamlakatimiz yetakchisi afg'on xalqiga insonparvarlik yordami ko'rsatishni susaytirmaslik, bu yurtdagi o'tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi.

Majlisda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Vengriya, Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari, tashkilot bosh kotibi ham so'zga chiqdi.

Sammit yakunida TDT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha qator bitim va qarorlar qabul qilindi.
Tashkilotga raislik Qozog'iston Respublikasiga o'tdi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1280 11:30 | 13.09.2023