Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 16:00

    +18 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +17 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 04-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 16:00

    +18 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +17 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +15 C

  • Shanba, 04

    +18 +20

  • Yakshanba, 05

    +23 +20

  • Dushanba, 06

    +22 +20

  • Seshanba, 07

    +13 +20

  • Chorshanba, 08

    +17 +20

  • Payshanba, 09

    +20 +20

  • Juma, 10

    +23 +20

  • Shanba, 11

    +24 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Shafqatsiz tarix: Usmoniy hukmdor nega birdaniga 19 shahzodani qatl etgandi?

Usmonli turklar imperiyasi tom ma'noda asrlar davomida Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropada eng kuchli davlatlardan biri bo'lib keldi. Qadimiy Rim davlati sarhadlarida barpo etilgan ushbu mamlakat hukmdorlari butun Yevropani yillab qo'rquvda ushlab turgan rost. Ammo naqadar qudratli bo'lmasin, barcha saltanatlar kabi, uning ham kamchiliklari bisyor edi. Shulardan biri taxt talashish va ichki kurashlarda namoyon bo'lardi. Usmoniylarda shafqatsiz “Fotih qonuni” mavjud bo'lib, bu otaga o'g'ilni, akaga ukani o'ldirish huquqini berardi. Eng ayanchli voqea esa XvI asr oxirida yuz berdi...
Ҳодиса
1208 22:48 | 22.12.2025 22:48

Turklar 1453 yilda Istanbulni qo'lga kiritgach, vizantiya imperiyasi quladi. Istanbulni zabt etishga muvaffaq bo'lgan Mehmet Ikkinchi Fotih nomi bilan ham mashhur edi. Aynan bir tojdorga qondoshini o'ldirishga ruxsat beruvchi qoida uning tomonidan joriy etilgani aytiladi. Bu Usmoniylar nazariga ko'ra, saltanatdagi boshboshdoqlik, qo'shhokimiyatchilik va boshqa muammolarning oldini olish uchun edi. “Fotih qonuni” amalda bo'lgan davrlarda o'nlab shahzodalar o'ldirib yuborildi. Tomoshabinlarga “Muhtasham yuz yil” seriali orqali mashhur bo'lgan sulton Sulaymon ham tarixda o'zining besh nafar farzandini o'ldirgani haqida ma'lumotlar mavjud. Ammo, bu eng dahshati emas edi. XvI asrdagi Mehmet III davridagi qirg'in hammasidan o'tib tushdi.


Mehmet III 1566-1603 yillarda yashab o'tgan. U buyuk bobosi Sulton Sulaymon hukmronligi davrida tug'ilgan, bobokaloni chaqaloq tug'ilganidan uch yarim oy o'tib vafot etgandi. U Manisada o'sgan, Ibrohim afandi qo'lida ta'lim olgan va to'qqiz yoshidan Istanbulda yashab, o'qishni poytaxtda davom ettirgan.


Shahzoda hukmdor Murod III va malika Sofiya Sultonlarning farzandi bo'lib, onasi uning siyosatiga katta ta'sir o'tkazgan. Salim II vafotidan so'ng Murod III yangi sulton bo'ldi va shahzoda Mehmet butun oila a'zolari bilan birga Istanbulga ko'chirildi. Istanbulda u ta'limni Husayn afandi va Mehmet Azmiy afandilar rahbarligida davom ettirdi. U sultonning sevimli o'g'li va taxt uchun asosiy da'vogar shaxs edi. 1582 yil 29 mayda shahzodaning to'yi sharafiga tantanali marosim o'tkazildi, so'ngra ziyofatlar 57 kun davom etdi. 1583 yil dekabrda sulton Murod III o'g'lini Manisaga sanjoqbey (hudud hokimi) qilib tayinlaydi va usmoniy shahzoda bu lavozimda 12 yil ishladi.


Eng qizig'i Mehmetning otasi Murod III ham birodarkushlikka yo'l qo'ygan. Uning davrida o'ldirilgan shahzodalarning soni beshtadan to'qqiztagacha ekani aytiladi.


Mehmet 1595 yilda Murod III vafotidan keyin sulton bo'ldi. 1595 yil 5 yanvarda Murod III olamdan o'tdi, ammo Sofiya Sulton boshqa shahzodalarning qo'zg'olonlarini oldini olish uchun hamda o'g'li Mehmet Istanbulga yetib kelguniga qadar 11 kun davomida sultonning o'limini yashirdi. Biroq, Sofiya Sulton davlat rahbarining o'limi haqidagi xabarni sir saqlay olmadi; venetsiya elchisi Marko venierning yozishicha, mish-mishlar saroy bo'ylab tarqalib, tez orada boshqa shahzodalarning qulog'iga etib bordi. Yangi sultonning onasi poytaxtda tartibsizliklar va isyonlarga tayyorlanar ekan, Murod IIIning o'limini bilgan bir necha kishini qatl qilishni buyurdi.


27 yanvar' kuni Mehmet III Istanbulga keldi, To'pqopi saroyiga bordi va u yerda onasi bilan uchrashib, otasining jasadini ko'rdi. O'sha kechasi Fotih qonuniga ko'ra Mehmet III 19 nafar kichik birodarni qatl qilishni buyurdi – ular kar-soqov jallodlar tomonidan qatl etilgan. “Insoniylik” nuqtai-nazardan shahzodaning qoni to'kilmasligi uchun shahzodalar kamon ipi bilan bo'g'ib o'ldirildi.


19 ta shahzodaning qatl etilishi xalq orasida salbiy munosabat uyg'otdi va keyingi yillarda birodarlarni o'ldirish amaliyotidan voz kechishga olib keldi. Taxtga o'tirish marosimi va Murod III va uning qatl etilgan o'g'illarining jasadlari ko'chirilishi ortidan “valida alay” marosimi o'tkazildi va Sofiya Sulton volida sulton bo'ldi. Rasmiy ravishda u “Mahdi Ulya-i Saltanat” unvoniga ega edi. Mehmet III ning buyrug'i bilan qatl etilgan shahzodalarning onalari, sultonning 27 opasi, 200 dan ortiq kanizaklar Eski saroyga surgun qilindi.


Mehmet III taxtga o'tirganidan keyin Sofiya Sultonning mavqei sezilarli darajada mustahkamlandi. U o'g'lining irodasi zaifligi va oson ta'sirga tushadigan fe'l-atvoridan foydalandi. Onaning bevosita ishtirokida sultonning maslahatchilari tayinlandi va lavozimlaridan chetlashtirildi. Hech bir amaldor Sofiya Sulton ishtirokisiz o'z o'rnini egallamagan yoki yo'qotmagan, jumladan, nufuzli bosh vazir va shayx ul-islom shular jumlasidandir. Sofiya Sulton volidai sulton sifatida kuniga 3000 aqcha olgan bo'lsa, hukmdorning buvisi Nurbonu Sulton kuniga 2000 aqcha olgan. Bundan tashqari, 1596 yilda Sulton Mehmet III onasiga 1 million aqcha sovg'a qilgan.


Sultonning ukalari ichida hatto yosh go'daklar ham bor edi. Ammo ular ham ayab o'tirilmadi. Shu tarzda o'ldirilgan sultonning o'g'illari, odatda, o'lgan otasining yoniga hurmat bilan dafn etilgan.


Birodarlarini ayovsiz o'ldirgan Mehmet III buyuk rahbar bo'la olmadi. Uning davrida Gabsburglar sulolasi bilan O'n uch yillik urush muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Xalq ahvoli og'irlashdi, qo'zg'olonlar ko'tarildi. Mazkur isyonlar qattiqqo'llik bilan bostirildi. Anadoluda Jaloliy qo'zg'oloni yuz berdi, bu aholining og'ir ahvoli bilan bog'liq edi. Amaldorlardan biri Qora Yoziji Urfa shahrini egallab, o'zini sulton deb e'lon qildi. U o'z imzosi bilan farmonlar chiqara boshladi va ular sultonga yetkazildi. Sulton qo'zg'olonni bostirishni buyurdi va Istanbulda qo'lga olingan qo'zg'olonchilarni, jumladan, Qora Yoziji “saroy vazir” etib tayinlagan Husayn Poshoni ham omma oldida qatl etilishini shaxsan o'zi nazorat qildi.


Sulton Mehmetning o'zi ham uzoq yashamadi, 1603 yil 22 dekabrida, 37 yoshida vafot etdi, ba'zi manbalarda o'lim sanasi 20 dekabr' deb ko'rsatilgan. Sultonning o'limining sababi noma'lum. Ba'zi manbalarga ko'ra, u yurak xurujidan vafot etgan. Mehmet ibn Mehmet ar-Rumiy sulton semizlikdan kelib chiqqan oshqozon xastaligidan vafot etgan, deb taxmin qilgan. Usmoniy rahbar Aya Sofiya masjidi qabristoniga dafn etilgan. Bu voqeadan so'ng uning o'sha paytda 13 yoshda bo'lgan o'g'li Ahmad taxtga chiqdi.


Yana bir ma'lumot: birodarkushlik qoidasi sabab saltanat tarixida hami 60 nafarga yaqin shahzoda qurbon bo'lgan. Ularning taxminan 37 nafari Fotih qonuniga ko'ra bo'g'ib o'ldirilgani aytiladi, qolganlari urushlarda, isyonlarga qurol bilan qatl etilgan.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
dsdsd
0 1692 12:58 | 12.12.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
“Borsa-kelmas” hangomalari
0 1941 21:21 | 28.11.2024
Ҳодиса
Suv parilari bilan uchrashuv
0 1879 22:49 | 29.11.2024
Ҳодиса
Ҳодиса
Ҳодиса