Stadion bitta qorga chidamadi
Jizzax viloyati Baxmal tumani Mustaqillik mahallasidagi 48-maktab hududida qurilgan sun'iy qoplamali maydonchaning tom qismi qulab tushdi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu maskan tashabbusli byudjet doirasida bundan atigi 15 kun oldin qurib, topshirilgan.
Ushbu holatga “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK quyidagicha rasmiy munosabat bildirdi:
“Mazkur ob'ekt Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida hamda “Suvinshoot qurilish loyiha” MСhJ pudratchiligida qurilgan bo'lib, loyihaning shartnoma qiymati 1 milliard 190 million so'mni tashkil etgan.
Dastlabki o'rganish natijalariga ko'ra, stadion tom qismining qulab tushishiga kuchli tabiiy ofat – shamol va qalin qor yog'ishi sabab bo'lgan.
Holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda”.
Ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0