Valyuta UZS
  • USD

    12 886.90-53.03

  • EUR

    14 625.34-100.3

  • RUB

    160.87-1.16

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 28-May

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +17 C

  • Chorshanba, 28

    +23 +20

  • Payshanba, 29

    +17 +20

  • Juma, 30

    +23 +20

  • Shanba, 31

    +25 +20

  • Yakshanba, 01

    +25 +20

  • Dushanba, 02

    +26 +20

  • Seshanba, 03

    +26 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Telegramdan yozsa bo'lmaydimi?» – xat nimalagini bilmayotgan avlod hayrati

Etti yashar o'g'lim Komiljon bilan qo'shnimiz Ramazon bobonikiga bordik. Bobo bizning kelganimizdan rosa sevindi. Ayniqsa, o'g'limni ko'rib quvonchi ichiga sig'madi. Ramazonbobo o'g'limni tizzasiga o'tqazdi va yigitlik payti Kubada xizmat qilgani haqida gapirib berdi. Esimni taniganimdan beri shu hikoyani eshitaman. Hatto yod bo'lib ketgan.
Jamiyat
529 21:24 | 02.04.2025 21:24

Bobo o'g'limga xizmat paytida tushgan rasmlar jamlanmasi –fotoal'bomini ko'rsata boshladi. Al'bom ichidan Ramazon boboning yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida saqlab kelayotgan bir xati chiqdi. Rahmatli kampiri Saida momo yoshlik paytlari yozgan. O'g'lim shu maktubni ko'rib qoldi-da, “Dada, bu nima? ” deb so'radi, “Xat” dedim. Komiljon hayron bo'ldi: “Xat nima?” endi savoliga javob qaytaraman deb og'iz juftlagandim, o'rnimga bobo javob berdi: “Odamlar bir-biridan hol-ahvol so'rash uchun yoziladi”, deb tushuntirdi. Ochig'i, o'g'lim hali biror marta xat ko'rmaganligi uchun, unga qiziq tuyuldi: “Telegramdan yozsa bo'lmaydimi?...”


Shirin xotiralar muhrlangan shu bir parcha qog'oz Ramazon boboga butun bir hayotining eng totli lahzalarini eslatib turadi. Bobo yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida saqlab kelgan maktubni har o'qiganida 18 yoshli yigitga aylanib, sevib-sevilib yurgan kezlariga bir nafas bo'lsa-da kaytadi. Qo'llaridagi titroq, ko'zlarida qalqigan yosh esa Saida momo sog'inchini bildirib turibdi.


Afsuski, telegramdagi yozishmalar ana shunday yuksak insoniy tuyg'ularni berolmaydi-da! O'g'lim Komiljonga esa buni tushuntirish dushvor. Bordiyu shunday qilsam, bir dunyo savollarga ko'mib tashlaydi. Bobo al'bom varaqlab hikoya qilishda davom etadi. Men esa Saida momo yozgan xatga termulgancha o'yga tolaman. Yarim asrdan ortiq vaqt – qariyib oltmish yil. Shu bir parcha qog'ozni shuncha yil asrash mumkinmi? Axir bu deyarli bir inson umriga teng.


Ha, hozir tezkorlik hamma narsadan ustun. Vaqt shunchalar odimlayaptiki, yaqin-yaqingacha ko'pchiligimizga hayratomuz tuyulgan knopkalik qo'l telefonlar, faks apparati, DVD apparati, disk, plyonkalik fotoapparatlar va boshqa ko'plab shunga o'xshash ixtirolar endi jo'n xotiraga aylandi. Hech shubhasiz aytamanki, kelajakda o'g'limning farzandlari muzeydagi oynavand vitrina ichida maktub va konvertni ko'rishadi. Tagiga esa shunday so'zlar yozilgan bo'ladi: “Ajdodlarimiz XXI asrgacha xat yordamida axborot almashishgan.” Balki, bu umuman sodir bo'lmas. Tag'in kim bilsin. Agar Enshteynning gaplari to'g'ri chiqsa, odamlar yana ibtidoga qaytadi. Bundan anglashiladiki, maktub bitish yana qaytadan boshlanadi.


Maqolani o'qiyapsizu maktab payti “Yaxshi ko'rgan kishingizga” xat yozganingiz esingizga tushib ketdi. Husnixatingizni chiroyli qilib, qatorlardan chiqib ketmay ravon yozishga harakat qilarmidingiz. Bordiyu bo'yab-bezab bitib qo'ysangiz, darhol boshqatdan oqqa ko'chirar edingiz. Nima bo'lganda ham yozgan maktubingiz egasiga yetib bordi. Javob nomasini ham kamida shuncha kutganingiz aniq. Qo'lingizga tekkan nomani esa hijjalab o'qiganingiz sari maktub egasi huddi yoningizda turgandek yuragingiz dukullardi. Birdan sizni uydagilardan kimdir chaqirib qoladi...


“Shoushingdan qochish” degan kino bo'lardi. Uning bosh qahramoni qamoqxona kutubxonasi uchun yangi kitoblar so'rab xat yozaveradi, yozaveradi, yozaveradi. Javob xati kelishidan sira umidini uzmaydi. Va nihoyat, kunlarning birida unga javob xati keladi. Maktabda o'qib yurganimda menga ham javob xati kelgan. Ammo, lekin, biroq...


Bu maqola orqali biz sizni telegramdan yozishmang, SMSlardan voz keching, demoqchi emasmiz. Tezkorlik, ayniqsa, elektron xat almashinuvi zamona zayli ekanini juda yaxshi tushunamiz. Aytmoqchi bo'lganlarimiz shundan iboratki, hozir bir oilada yashovchi har bir kishining shaxsiy telefoni bor. Bo'lgandaki, eng so'nggi rusumdagilari. Tan olib aytish kerakki, ana shu “mitti quticha” ota bilan bolani, aka bilan ukani, opa-bilan singilni bir-biridan uzoqlashtirayapti. To'g'ri, qo'ng'iroqlashib turibmiz. Lekin shu suhbat ham uzoqqa cho'zilmayapti-da.


Keling, yaxshisi bunday qiling. Ish stolingizga o'tiring va qo'lingizga qog'oz hamda ruchka olib xat yozishni boshlang. Qalbingizdagilarni, ichingizdagilarni oqqa ko'chiring. Harflardan so'zlar, so'zlardan jumlalar, jumlalardan sog'inchingiz, hurmatingiz, ishonchingiz, mehringiz jo bo'lgan maktub paydo bo'ladi.


Xatingizni intizorlik bilan kutib qoluvchi


Umid XUDOYQULOV
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

3

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (3)

Iftixor Xonxo’jayev

18:39 | 03.04.2025

Yaxshi mavzuni yoritibsizlar. Omad!

Islomjon Qo‘chqorov

18:53 | 03.04.2025

Мақолани ўқидиму, охирги марта қачон мактуб ёзган эканман, деб ўйлаб қолдим. Ҳа, топдим. Оппоқ қоғозга кўнглимни кўчирганим бу – ўша сулувга ёзган энг сўнгги мактубим эди... Бундай хатни яна 50-60 йил яшасам ҳам ёзмасам, ёзолмасам керак. Ўша ҳисни қайта туйдиргани учун муаллиф ва таҳририят жамоасига ташаккурлар бўлсин.

Нормуродова Гулсевар

06:31 | 05.04.2025

Maqola ajoyib!!! XXI asr komputer texnolgiyalr asri boʻlsa ham men qogʻozga bitilgan xatlarni oʻrni beqiyos ekanligini bilaman va yuqoridagi maqola ham juda yaxshi mavzu,ayniqsa,sarlavhasi kishida qiziqish uygʻotadi..

Maqolaga baho bering
0/5

3

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4081 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat