+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkentda 12 tup daraxt qo'porilib, tabiatga 351 mln. so'mdan ortiq zarar yetkazildi

Toshkent shahridagi qurilish maydonida 12 tup daraxt noqonuniy qo'parilgani oqibatida tabiatga 351 million so'mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherboev ma'lum qildi.
Hodisa
582 11:41 | 22.02.2026 11:41

Uning qayd etishicha, “Milliy bog'” xiyoboni hududi yonidagi "PD Esteyts" MShJ xorijiy korxonasiga berilgan yer maydonida moratoriy talablariga zid ravishda 12 tup qimmatbaho daraxt ruxsatnomasiz kesib, qo'parib tashlangan. Ekologiya qo'mitasi xodimlari tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko'ra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 351 million 230 ming so'mni tashkil qilgan.


“Zarar miqdori ko'pligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi. Navbat prokuraturaga…”, deb yozdi Kusherbaev.


Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi munosabatida


ma'lum qilinishicha, Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi tomonidan 20 fevral' kuni Toshkent shahrining Shilonzor tumanida reyd tadbiri o'tkazilganda, Baynalminal ko'chasi 102A-uy manzilida joylashgan, "PD Esteyts" MShJ xususiy korxonasiga tegishli hududda qurilish ishlari olib borilayotgani aniqlangan.


Mazkur hududda sog'lom o'sish holatida bo'lgan jami 12 tup daraxt, shundan 9 tupi prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi farmonining 2-bandiga asosan muddatsiz davrga uzaytirilgan moratoriy talablariga zid ravishda, hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz ildizi bilan qo'porib olingan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tabiatga 351 million 230 ming so'm miqdorida zarar yetkazilgani hisoblandi.


Spot nashri Google Earth yordamida ushbu kompaniya tomonidan mehmonxona hamda turar joy kompleksi qurilishi uchun ajratilgan joyning sun'iy yo'ldosh tasvirlarini o'rgandi. 2024 va 2025 yillardagi rasmlarni taqqoslaganda, hududda daraxtlar soni kamayganini ko'rish mumkin.


Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi xabariga ko'ra, to'plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuboriladi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa