+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Turkiyalik tadbirkorning jasadi Buxoroda topildi

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi dasht hududida Turkiya fuqarosi bo'lgan tadbirkorning jasadi topildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, u O'zbekistonga xizmat safari bilan kelgan va biznes uchrashuvlarida ishtirok etgan.
Hodisa
1237 14:12 | 26.02.2026 14:12

Ma'lum bo'lishicha, marhum o'zining yurtdosh hamkorlari bilan shartnoma tuzish maqsadida Buxoroga kelgan. Biroq muzokaralar natijasiz yakunlangan. Oradan ko'p o'tmay, u bilan birga bo'lgan shaxslar o'rtasida moliyaviy masala katta miqdordagi mablag'ni qaytarish bo'yicha tortishuv kelib chiqqan.


Tergovga oid dastlabki bayonotlarga ko'ra, janjal avtomobil ichida yuz bergan. Harakatlanayotgan mashinada chiqqan mushtlashuv sababli haydovchi transport vositasini to'xtatgan. Oqibatda tadbirkor og'ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.


Shundan so'ng jasad katta yo'ldan ichkariroq hududga olib borilib, shoshilinch ravishda tuproq bilan ko'milgani aytilmoqda. Bir necha kun o'tib, uning bedarak yo'qolgani haqida qarindoshlari tomonidan xabar berilgan va qidiruv ishlari boshlangan. Olib borilgan ikki tomonlama tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jasad aniqlandi.


Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Turkiya jamoat xavfsizligi boshqaramasi hamda Istambul politsiyasi tomonidan ayrim gumonlanuvchi shaxslar ushlangani va tergov harakatlari davom etayotgani ma'lum qilindi.


voqeaning barcha tafsilotlari, jumladan, moliyaviy kelishmovchilik va janjalning aniq sabablari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'rganilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
dsdsd
0 2000 12:58 | 12.12.2023
Hodisa
Hodisa
“Borsa-kelmas” hangomalari
0 2417 21:21 | 28.11.2024
Hodisa
Suv parilari bilan uchrashuv
0 2259 22:49 | 29.11.2024
Hodisa
Hodisa