Quyoshning noodatiy ko'rinishlari: quyosh chiqmaydigan va quyosh botmaydigan hududlar
Quyosh sharqdan chiqib, g'arbga botishi bolaligimizdanoq qulog'imizga quyilgan. Mabodo bu haqiqat bo'lmasa-chi? Yer kutilmagan hodisalarga boy va unda g'alati hodisalar sodir bo'lib turadi. Bugun dunyodagi boshqa qiziqarli faktlar orasida Yerdagi quyosh deyarli botmaydigan joylar mavjudligi haqida bilib olasiz.
Hammerfest va Shpitsbergen. Norvegiya
Norvegiya yarim tungi quyosh mamlakatidir. Shimoliy qutb doirasida joylashgan mamlakat go'zal manzarasi va yorqin quyoshi bilan mashhur. Norvegiyaning eng shimoliy shahri bo'lgan Hammerfest Struvegeodeziya yoyi ahamiyati tufayli YuNESKOning Butunjahon merosi ob'ekti, deb e'lon qilingan. Hammerfestda quyosh 12:43 da botadi va 40 daqiqadan keyin yana chiqadi.
Quyosh Norvegiyaning yana bir mintaqasi - Shpitsbergen orolida uzluksiz 10 apreldan 23 avgustgacha porlab turadi.
Islandiya
Shimoliy yog'dulari bilan mashhur bu mamlakat – Yevropadagi Buyuk Britaniyadan keyingi eng katta orol. Va bu yerda chivinlar yo'q! Сhivinsiz tunlardan bahramand bo'lishni istaganlar uchun bu yer haqiqiy jannatdir. Iyun' oyida bu yerda quyosh botmagani bois orolda tun bo'lmaydi. Qutb doirasidagi Grimsi oroli va Akyureyri shahri yarim tun quyoshi ostida yurish uchun eng yaxshi joylar hisoblanadi.
Yukon. Kanada
Davlatning ikkinchi yirik mintaqasi yilning ko'p qismida qor bilan qoplangan. Biroq yozda mamlakat shimoli-g'arbiy qismidagi Yukonda quyosh ketma-ket 50 kun davomida porlaydi. Yovvoyi gullar va turli xil ko'chmanchi qush turlari orqali toza muhit yaratilgan shahar o'zining go'zal osmoni va cheksiz yoz yorug'ligi tufayli yarim tungi quyosh makoni sifatida tanilgan.
Kaanaak. Grenlandiya
Grenlandiyaning eng shimolida joylashgan bu shaharning 650 nafarga yaqin aholisi bor. Shahar Arktika doirasining shimoliy qutbida joylashgan, shuning uchun u yerdagi qish qorong'u va juda sovuq. Ammo apreldan avgustgacha yarim tunda ko'tarilgan quyosh ikki yarim oy davomida uzluksiz porlaydi.
Bu aholidan uxlash uchun qora pardalardan foydalanishni talab qiladi. Kechalar shunchalik go'zalki, hech bir inson uni so'z bilan ta'riflab berolmaydi.
Kiruna. Shvetsiya
Shvetsiyaning 19 000 kishilik eng shimoliy shahrida quyosh yiliga 100 kundan ortiq botmaydi. Quyoshsiz davr esa yilning may oyidan avgustgacha davom etadi.
Torsxavn. Daniya
Farer orollaridagi Torsxavn shahrida odamlar yanada bulutli va noqulay sharoitlarda yashashadi. Bu yerdagi iqlim xayrixoh emas: yomg'ir, tuman va bo'ronli shamollar odatiy holdir. Quyosh esa bu joylarda juda kam uchraydigan mehmon, uni yiliga faqat 35 kun ko'rish mumkin.
Internet ma'lumotlari asosida
Madina Po'lat qizi tayyorladi



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0