XXI asr “Titanigi”: noshud kapitan sabab halokatga uchragan kema
Bu insoniyat tarixida cho'kkan eng katta hajmli yo'lovchi kemasi edi. Halokat sababli kruizni undan roppa-rosa yuz yil avval cho'kkan “Titanik”ka qiyoslashadi. Ammo xayriyatki,“Kosta Konkordiya” o'tmishdoshi kabi ko'p qurbon bermadi. 2012 yil 13 yanvar' kuni “Konkordiya” kruiz layneri Italiyaning Сhivitavekkya shaharchasi portidan qo'zg'aldi. 2,5 soatdan so'ng u qoyalar bilan to'qnashib ketdi va bir necha muddatdan keyin muzli dengiz o'rtasida cho'ka boshladi. Hayhotdek inshoot shu tariqa dengiz qa'riga g'arq bo'ldi.
Bugungi kunga kelib, “Kosta Konkordiya” tarixdagi eng katta cho'kib ketgan yo'lovchi kemasi hisoblanadi. Ushbu qayg'uli reyting tepasidan u hatto “Titanik”ni siqib chiqardi. “Titanik”ning 2224 yo'lovchisi va ekipaj a'zolarining uchdan biridan kamrog'i qutqarilgan, “Kosta Konkordiya”da esa 32 kishi halok bo'ldi. U 2012 yilda eng so'nggi texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lsada, Atlantika okeanining o'rtasida emas, qirg'oqdan atigi bir necha o'n metr narida cho'kib ketgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, o'limlarga kapitanning chuqur o'ylamagan qarorlari, yordamchilarining beparvoligi va yomon tashkil etilgan evakuatsiya sabab bo'lgan.
Ushbu kruiz 2006 yilda qurib bitkazilib, suvga tushirilgandi. Olti yil davomida layner Italiya, Frantsiya va Ispaniya qirg'oqlari bo'ylab yuzlab sayohatlarni amalga oshirdi, minglab yo'lovchilarni tashidi va o'z egasi — Italiyaning Costa Crociere kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi. Bu vaqt davomida u tajribali, ammo qaysar va shoshqaloq dengizchi sifatida obro'ga ega bo'lgan kapitan Franchesko Skettino qo'mondonligi ostida edi. Aynan shu qaysarlik va e'tiborsizlik halokatga asosiy sabab bo'ldi.
Halokatli to'qnashuv arafasida kapitan kichik Jilio oroli qirg'og'i yaqinidan o'tish uchun yo'nalishni o'zgartirdi. Bunday manevrlar (dengizchilar tilida “burilishlar” deb ataladi) kruiz sanoatida keng tarqalgan amaliyot bo'lib, kema uchun yaxshi reklama vazifasini bajaradi. Biroq, bundan oldin mahalliy aholi va yo'lovchilar odatda laynerning o'tishini kuzatishlari uchun ogohlantiriladi va kunduzi va past tezlikda amalga oshiriladi. Va, albatta, ular vakolatli organlarni xabardor qiladilar. Afsuski, Skettino bu qoidalarning barchasini buzdi.
Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Antonello Tievolli, Jiliodan bo'lgan ekipajning yagona a'zosi, o'z yaqin qarindoshlariga kruizdan salom yo'llashni ham maqsad qilgan.
Bundan tashqari, yana bir kema xodimi Franchesko Shettino o'zining birinchi ustozi, iste'fodagi sardor Mario Palomboni ham xursand qilishni xohlagan, u ham orolda yashardi. Bu qarorlar fojiaga olib kelgan voqealar zanjirini tashkil etdi.
Xavfli manevr oldidan Skettino restoranda o'z ma'shuqasi, avvalroq laynerda styuardessa bo'lib ishlagan, endi esa yo'lovchi sifatida bortda bo'lgan 25 yoshli moldovalik Dominika Cemortan bilan birga ovqatlandi. So'ng uni, shuningdek, kema boshqaruviga hech qanday aloqasi bo'lmagan yana uchta ekipaj a'zosini kapitan ko'prigiga olib bordi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, keyingi voqealarda chalg'ituvchi uchinchi shaxslarning borligi ham muhim rol o'ynagan. Shunday qilib, Tievoli sardor Palomboga qo'ng'iroq qildi va telefonni Skettinoga uzatdi.
Bu vaqtda layner Jilioga yaqinlashayotgan edi. Keyinchalik Palombo kema ekipajiga imkon qadar tezroq salomlashishni va qirg'oqdan uzoqroq turishni maslahat berganini esladi. Biroq, juda kech edi.
Oxirgi lahzada laynerning qarshisida to'g'ridan-to'g'ri qoya ko'zga tashlandi. Skettino zudlik bilan burilishni buyurdi, biroq kema juda tez harakatlanayotgan edi va rul boshqaruvchisi bo'lgan indoneziyalik Jeykob Rusli kapitanning tezkor va hissiyotli buyrug'ini noto'g'ri tushundi, oqibatda kema dastlab yanada noto'g'ri tomonga burilib ketdi. Oxir-oqibat qoya bilan to'qnashuvning oldi olindi, biroq uning suv osti qismi kemaning yon tomonini teshib yubordi.
Tezligi sekundiga 22 tonna suv bir zumda bosib ketdi. Laynerda chiroqlar o'chdi va ular bilan birga dvigatellar ham ishdan chiqdi. Boshqarib bo'lmaydigan kema dengizga chiqib ketishi, bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin edi, ammo yo'lovchilar baxtiga oqim va kuchli shamol uni quruqlik tomonga surdi.
To'qnashuvdan so'ng darhol yo'lovchilarni vahima bosdi. Ulardan ba'zilari yordam so'rab politsiyaga qo'ng'iroq qila boshladi. Biroq kapitanning buyrug'iga ko'ra, ularga faqat elektr bilan bog'liq kichik muammolar haqida aytib, kabinalariga qaytishni so'rashgan. Xuddi shu ma'lumot dastlab qirg'oq qo'riqlash xizmatiga ham berilgan.
To'qnashuvdan yarim soat o'tgach, Skettino nihoyat kemaning teshilgani haqida xabar berdi, ammo yordam uchun faqat bir-ikkita qayiqni chaqirdi. U evakuatsiya haqida faqat soat 22:33 da, to'qnashuvdan deyarli bir soat o'tgach xabar berdi.
Bu vaqtga kelib qutqaruv qayiqlari joylashgan palubada ko'p sonli olomon to'plangan edi va ekipaj evakuatsiyani to'g'ri tashkil eta olmadi. Kemaga bor-yo'g'i uch soat oldin chiqqan 700 ga yaqin yo'lovchi hatto favqulodda tayyorgarlikdan o'tishga ham ulgurmagandi. Kruiz bortida butun dunyodan jami 3206 nafar sayyoh bo'lgan. Ekipaj 1023 kishidan iborat bo'lib, ularning aksariyati hindlar, indoneziyaliklar va filippinliklar bo'lib, ular faqat ingliz tilini bilgan va favqulodda vaziyatlarda ko'p millatli yo'lovchilarga tartibni tushuntira olmagan. Bir yarim soat ichida ular odamlarning uchdan ikki qismini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo'lishdi.
Kema qiyshayganligi sababli undan qayiqlarni surishning iloji bo'lmay qoldi va narigi tomonga o'tish nihoyatda qiyin edi. Shiftlar polga, yo'laklar esa muzli suv bilan to'lib-toshgan chuqur shaxtalarga aylandi. Yarim tunda kema shu qadar qiyshayib ketdiki, qochishning yagona yo'li arqonli zinapoya bo'lib, u yerdan odamlar suv yuzasiga tushar edi, u yerda ularni qutqaruvchi qayiqlar kutib turardi.
Ba'zilar darhol dengizga sakrab, suzish orqali qirg'oqqa chiqishga harakat qilishdi: port 500 metr uzoqlikda, juda tik bo'lgan qirg'oq qoyalari esa atigi 55 metr uzoqlikda edi. Yo'lda ularni qirg'oq qo'riqlash qayiqlari va mahalliy aholi o'zlarining kemalarida yordam berish uchun olib ketishdi. Kemaning cho'kishi oqibatida yuzaga kelgan kuchli oqim va to'lqinlar tufayli bu masofani hamma ham bosib o'ta olmadi.
Oqshomning asosiy antiqahramoni kapitanning o'zi edi. U nafaqat falokat sodir bo'lishiga yo'l qo'ydi, balki bortida hali bir necha yuz yo'lovchi bo'lganida u kemadan qochib ketdi. Taxminan 23:30 larda Skettino oxirgi qayiqqa chiqdi va bir necha daqiqadan so'ng qirg'oq qoyalariga qo'ndi. Mahalliy qirg'oq qo'riqlash boshlig'i Gregorio de Falko unga qo'ng'iroq qilganida, u qayiqdan qutqaruv operatsiyasini olib borayotganini ochiqchasiga yolg'on gapirdi. Oxir-oqibat, de Falko kapitandan kemaga qaytishni va evakuatsiyani davom ettirishni talab qildi. Skettino va'da berdi, lekin hech qachon hech narsa qilmadi. Keyinroq ularning suhbati internetda e'lon qilindi va Skettino “Qo'rqoq kapitan” laqabini oldi.
Biroq, bortda haqiqiy qahramonlar ham bor edi. Masalan, bosh muhandis Petar Petrov qutqaruv qayig'ida olti bor evakuatsiya amalga oshirdi va laynerdan 500 kishini qutqardi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi 31 yanvargacha davom etdi, biroq boshqa tirik qolganlar topilmadi. Halokatda jami 32 kishi: 27 yo'lovchi va 5 ekipaj a'zosi qurbon bo'ldi. Qurbonlarning eng yoshi atigi 6 yoshda, eng keksasi 86 yashar edi.
2012 yil 3 mart kuni Grosseto shahrida sud jarayoni boshlandi. Mahalliy sud binosi barcha ishtirokchilarni sig'dira olmadi, shuning uchun sud majlislari shahar teatrida o'tkazildi. Kapitan Skettino qurbonlar va o'lganlarning oilalaridan kechirim so'ragan bo'lsa-da, o'zining aybsizligi haqida gapirishda davom etdi. U aybni nosoz jihozlar, noto'g'ri chizmalar va o'z qo'l ostidagilar zimmasiga yuklagan, aksincha, o'zining harakatlari katta talofatlardan qochish imkonini berganini ta'kidladi. Sud Skettinoning vajlarini inobatga olmadi va 2015 yilda uni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U 32 kishining umriga zomin bo'lishda, ehtiyotsizlik va evakuatsiya tugaguniga qadar kemani tashlab ketganlikda aybdor deb topildi. Bundan tashqari, kapitan 150 nafar jabrlanuvchiga, jumladan sobiq rafiqasi Сhemortanga tovon puli to'lashi kerak edi. Kapitan hukm ustidan shikoyat qilishga urinib ko'rdi, ammo oxir-oqibat 2017 yilda qamoqqa jo'natildi. Endi sobiq kapitan 2033 yilgacha ozodlikka chiqmaydi.
Abror ZOHIDOV
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0