Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 926.51-9.17

  • EUR

    14 092.48-72.09

  • RUB

    156.00-2.8

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 01:00

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 23-March

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 01:00

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Yakshanba, 23

    +15 +20

  • Dushanba, 24

    +16 +20

  • Seshanba, 25

    +12 +20

  • Chorshanba, 26

    +8 +20

  • Payshanba, 27

    +8 +20

  • Juma, 28

    +4 +20

  • Shanba, 29

    +6 +20

  • Yakshanba, 30

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Janubiy Koreya prezidentlarining ayanchli taqdiri: 60 yilda faqat bir prezident qamoqdan omon qoldi

Janubiy Koreyadagi siyosiy janjal fonida tarmoq foydalanuvchilari respublikaning o'tmishdagi rahbarlarini yodga olmoqda. Xabaringiz bor, ayni damda Janubiy Koreyaning amaldagi prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan tergov ishlari ketyapti. Tahlilchilarga ko'ra, uni muqarrar qamoq kutayotgan bo'lishi mumkin. Ammo Yun Sok-Yol bu mamlakatda yirik siyosiy janjallarga aralashgan yagona prezident emas. Janubiy Koreyada so'nggi 60 yil ichida qator rahbarlarning faoliyati ayanchli yakun topgan.
Siyosat
811 15:32 | 06.12.2024 15:32

Li Sin Man (1948–1960) – Koreya Respublikasining quvg'indagi Muvaqqat hukumatining birinchi rahbari va Janubiy Koreyaning birinchi prezidenti. Uni davrida Koreya janubiy va shimoliy qismga bo'lingan. 1960 yilda Sin Man to'rtinchi marta prezidentlikka nomzodini ko'rsatdi va yagona nomzod sifatida saylandi (raqibi bir kun oldin vafot etgan edi). Aprel oyida tartibsizliklar boshlanib, odamlar Sin Manning iste'fosini talab qilishdi. Aprel inqilobida prezident ag'darildi, birinchi respublika rejimi qulab, ikkinchi respublika tuzildi.


Yun Bo Son (1960–1962) – Janubiy Koreyaning ikkinchi prezidenti bo'lgan Yun Bo Son atigi ikki yil hukmronlik qildi. Bu davrda u parlament rolini kuchaytiruvchi qator liberal islohotlarni amalga oshirdi. Yun Bo Son davlat to'ntarishidan so'ng taxtdan ag'darildi. Shundan so'ng u muxolifat tomonda siyosiy faoliyatini davom ettirdi va yana ikki marta prezidentlik uchun kurashdi.


Pak Сhung Xi (1963–1979) harbiy xizmatchi va Janubiy Koreyaning uchinchi prezidentidir. Pak Сhung Xi iqtisodiy islohotlari, kuchli sanoat bazasini yaratgani, shuningdek, diktatura va siyosiy repressiyalari bilan mashhur. Prezidentning hayotiga bir necha bor suiqasd urinishlari bo'lgan va oxir-oqibat u Respublika Markaziy razvedka boshqarmasi direktori tomonidan o'ldirilgan.


To'rtinchi prezident Сhoy Gyu Xa (1979–1980) hokimiyatda bir yil ham qolmadi: u harbiy to'ntarish natijasida chetlatiladi. Uning qo'l ostidagi general-mayor Сhun Du Xvan prezidentga qarshi qo'zg'olon uyushtirdi va mamlakat harbiy qo'mondonligi va hukumati ustidan hokimiyatni o'z qo'liga oldi. Bu vaqtda Gvanjuda talabalar tartibsizliklari va qo'zg'olon bo'lib, Сhun Du Xvan uni qattiq bostirdi, shundan so'ng Сhoy Gyu Xa iste'foga chiqdi.Сhun Du Xvan uning o'rnini egalladi.


Сhun Du Xvan (1981–1988) garchi o'zidan oldingi hukmdorlarga qaraganda unchalik qattiqqo'l bo'lmasada, u avtoritar hukmdor sanaladi. Janubiy Koreyada norozilik namoyishlari fonida 1988 yil Сhun Du Xvan iste'foga chiqqan. 1996 yil korruptsiyada va 1979 yil davlat to'ntarishini uyushtirganlikda ayblanib sudlangan. Avvaliga u o'limga hukm qilindi, keyinchalik jazo umrbod qamoq jazosiga almashtirildi, biroq bir-ikki yildan so'ng u afv etildi.


Ro De U (1988–1993) Сhung Du Xvanning bevosita vorisi bo'ldi. U o'z davrida siyosiy tizimni demokratlashtirishga e'tibor qaratdi. 1996 yilda u o'zidan oldingi prezident Сhun Du Xvan bilan birga sudlangan. Ma'lum bo'lishicha, u amaldagi davrida siyosiy fondlarga xayriya qilish niqobi ostida katta miqdorda pora olgan. Ro De Vu 22 yilga qamaladi, jazo keyinchalik 17 yilga qisqartirilgan va 1998 yilda u avf etilgan.


Kim Yon Sem (1993–1998) Janubiy Koreyaning yettinchi prezidenti.U o'zidan oldingilaridan farqli, prezidentlik muddatidan ancha oldin, Pak Сhung Xi hukmronligi davrida hibsga olingan.


Kim De Jung (1998–2003) Koreya Respublikasining sakkizinchi prezidenti Pak Сhung Xi davrida qamalgan. Сhun Du Xvan davrida esa hukumatga qarshi va qo'poruvchilik faoliyatini tashkil etishda ayblanib, hatto o'limga hukm qilingan. Keyinchalik jazo umrbod jazoga almashtirildi, keyin esa avf etildi va AQShga ketishga ruxsat berildi. 1985 yilda Kim De Jung qaytib keldi va siyosiy faoliyatini davom ettirdi. 2000 yilda u hatto tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.


No Moo Xyun (2003–2008) Janubiy Koreyaning to'qqizinchi prezidenti juda ayanchli taqdirga ega. 2004 yilda unga impichment e'lon qilingan, ammo Konstitutsiyaviy sud bu qarorni bekor qilgan. 2009 yilda u poraxo'rlikda ayblanib, o'z joniga qasd qildi.


Li Myon Bak (2008–2013) Prezidentlik muddatidan keyin muammolar girdobida qoldi. U qarindosh-urug'chilikni avj oldirish, poraxo'rlik, davlat mablag'larini o'zlashtirish va mansab vakolatini suiiste'mol qilishda ayblanib, 17 yilga qamalgan.


Pak Kin Xe (2013–2016) Janubiy Koreya tarixidagi birinchi ayol prezident bo'ldi. 2016 yilda Pak Kin Xe maxfiy hujjatlarga ega bo'lgan do'stlari ta'sirida ko'plab siyosiy qarorlar qabul qilganlikda ayblangan; Janubiy Koreyada Pak Kin Xening iste'fosi uchun mitinglar bo'lib o'tdi va tez orada unga impichment e'lon qilindi. Prezident poraxo'rlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq 2021 yilda afv etilgan.


Mun Сhje In (2017–2022) hozircha Janubiy Koreyaning yirik siyosiy mojarolar, hibslar va qamoqlardan qochishga muvaffaq bo'lgan yagona prezidentidir. Uning davrida Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o'rtasidagi munosabatlar iliqlashdi.


Amaldagi prezident Yun Sok Yolning taqdiri kelajakda qanday kechishi hozircha noma'lum. Biroq o'tgan 24 soat ichida sodir bo'lgan voqealarni hisobga olsak, uning hokimiyatda qolish ehtimoli unchalik katta emas.


Maftuna tayorladi.




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat