BMT bosh kotibining o'rinbosari Qoraqalpog'istonga keldi
Bugun, 18 noyabr kuni BMT bosh kotibi o'rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Mo'ynoq tumaniga yetib keldi.
Delegatsiya a'zolarini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov va tuman hokimi B.Menglibekovlar Mo'ynoq aeroportida tantanali kutib olgan. Bu haqda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashining rasmiy portali xabar qildi.
Ular Orol dengizi tubini yashillantirish, mazkur hududda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bilan tanishishni maqsadida hududni ko'zdan kechirmoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0