Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 985.019.96

  • EUR

    13 284.96-188.33

  • RUB

    129.84-2.54

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 04-February

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 04

    +7 +20

  • Chorshanba, 05

    +8 +20

  • Payshanba, 06

    +11 +20

  • Juma, 07

    +11 +20

  • Shanba, 08

    +7 +20

  • Yakshanba, 09

    +0 +20

  • Dushanba, 10

    +3 +20

  • Seshanba, 11

    +3 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

BMT dunyoda tinchlikni ta'minlay olmayaptimi? Tashkilotning vazifasi va tarixiga nazar

Mana, bir necha haftadirki, dunyoda notinchlik. Isroil-Falastin, Rossiya-Ukraina mojarolari fonida ba'zi siyosatdonlar hatto uchinchi jahon urushi kutilayotganini ham bashorat qilmoqdalar.
Siyosat
1337 16:32 | 15.11.2023 16:32

Er yuzida ana shunday global notinchlik hukm surayotgan ayni pallada vazifasi tinchlikni ta'minlash bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotini eslamaslikning iloji yo'q. Xavfsizlikni ta'minlash, Millatlar o'rtasidagi o'zaro do'stlik munosabatlarini uyg'unlashtirish, tinchlikni kafolatlash kabi muhim ishlarni zimmasiga olgan ushbu Xalqaro tashkilotning tarixi va mas'uliyatlari qanday? Bu maqolada shu savollarga javob izladik.


Birlashgan millatlar tashkilotining tashkil topishi


BMT tuzilmasdan bir muddat avval, birinchi jahon urushidan keyin davlatlar orasidagi mojarolarni bartaraf etish maqsadida Millatlar Ligasi ta'sis etilgandi. Ammo u o'z faoliyatini qoniqarli ado eta olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Liga o'z o'rnini boshqa xalqaro tashkilotlarga bo'shatib berishga majbur bo'ldi. Shu zaylda 1945 yilga kelib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta'minlash, davlatning o'zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tashkilotga dastlab 51 kishi imzo chekkan, 2000 yilda esa ularning soni 189 ga yetgan. Ya'ni dunyoning deyarli barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zolaridir. BMTni tashkil etish haqidagi qaror SSSR, AQSh, Angliya, Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa San-Frantsisko konferentsiyasida 1945 yilda qabul qilingan.


BMT amalga oshirgan ishlar


Eslatib o'tish kerakki, BMTning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish. BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a'zo bo'lgan barcha davlatlarning a'zolari ishtirok etadilar. Agar Assambleya ishtirokchilarining ko'pchilik qismi biror bir mamlakatning tutgan yo'liga norozilik bildirsa, BMT unga u yoki bu tarzda ta'sir qilish huquqiga ega. Masalan, ma'lumotlarga ko'ra, 1956 yilda BMT Frantsiya va Buyuk Britaniyaning Suvaysh tanazzuli davrida Misrga bostirib kirishini qattiq qoraladi va uning talablari asosida bu urushga barham berilgan.

1988 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinch yo'l orqali hal etish borasidagi sa'yi-harakati bilan Eron-Iroq urushi bartaraf etildi, undan keyingi yil BMT tashabbusi bilan SSSR qo'shinlari Afg'onistondan olib chiqildi. Bu tashkilot 1990 yilda Quvayt mustaqilligini tiklashga yordam berdi.

Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi. U odatda Buyuk davlatlar manfaatlariga dahldor mojarolarni tartibga solishga ojizdir. Boisi Xavfsizlik Kengashining qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak. A'zo davlatlar u yoki bu masalani hal etishda betaraf qolish huquqiga ham ega. Biroq tarixda AQSh va SSSR doimiy a'zolari sifatida o'z manfaatlarini ko'zlab, bu huquqdan juda ko'p foydalangan. Dunyoda so'nggi oylarda kuzatilayotgan qurolli to'qnashuvlar ham BMTning tinchlikni ta'minlashga doir vazifalari to'liq ado etilmayotganini ko'rsatayotganday. Shuningdek, tashkilot keskin choralarni qo'llamayotganiga qaraganda, u quruq gapdan nariga o'tolmayotganday tassurot uyg'otmoqda.


Birlashgan Millatlar Tashkilotida 6 ta bosh organ mavjud, bular:

– Bosh Assambleya;
– Xavfsizlik kengashi;
– Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash;
– Vasiylik kengashi va Kotibiyat;
– Xalqaro sud.


BMT nizomiga muvofiq, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida u chaqirilishi mumkin. Ushbu Kengashga 15 davlat a'zodir. Shulardan 5 tasi, ya'ni — AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Xitoy — doimiy a'zo davlatlardir. BMTning rasmiy tillari —ingliz, frantsuz, rus, ispan va xitoy tillari bo'lib, ingliz, frantsuz, ispan tillarida ish yuritiladi.


Qurolsizlantirish


Qurol-yarog'lar tarqalishiga chek qo'yish, shuningdek, yalpi qirg'in qurollarining qisqartirilishi va ularning barcha zahiralarini yo'qotishga erishish BMTning yana bir eng muhim vazifasi etib belgilangan.




BMT tarixidagi muhim sanalar


1947 yil 24 oktyabr' - Bosh Assambleya o'zining rezolyutsiyasi bilan «Birlashgan Millatlar kuni»ni rasmiy ravishda e'lon qildi. 1948 yil 10 dekabr' - Bosh Assambleya Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qildi.
1949 yil 24 oktyabr' - N'yu- Yorkda BMT Markaziy muassasalari binosiga birinchi g'isht qo'yildi. 1965 yil - BMT Bolalar Fondi - UNICEFga tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi. 1969 yil 4 yanvar' - Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to'g'risida xalqaro konventssiya kuchga kirdi. 1990 yil 2 sentyabr' - Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya kuchga kirdi.


BMT va O'zbekiston


O'zbekiston BMTga O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng ko'p o'tmay – 1992 yilning 2 martida BMTga a'zo bo'ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ko'tarildi. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.


Maftuna Karimova tayyorladi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat