Bugun Qozog'istonda umummilliy motam kuni
Joriy yilning 28 oktyabrga o'tar kechasi Qozog'istonning Qarag'anda viloyatidagi Kostenko ko'mir konida sodir bo'lgan portlashda halok bo'lganlar xotirasi uchun butun mamlakat o'ylab umummilliy motam e'lon qilindi.
Kecha prezident To'qaev falokat qurbonlari oila a'zolari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda bu haqda ma'lum qilgan va ularga hamdardlik bildirgan edi.
“O'z nomimdan hamda hukumat nomidan sizlarga hamdardlik bildiraman. Bu – fojia. Hammasini tushunaman va shuning uchun ham bu yerga yetib keldim. Kerakli barcha choralarni ko'ramiz, shu jumladan, falokatda halok bo'lgan va jabrlanganlarning oilalariga kerakli barcha yordam ko'rsatamiz” – degan u.
Hozirga kelib, halokat qurbonlari soni 36 nafarga yetgan. Yana 10 kishi qidirilyapti.
Portlash sodir bo'lgan kuni konda 252 nafar ishchi bo'lgan. Ularning 205 nafari yuqoriga olib chiqilgan.
Konda ko'mir qazib olish ishlari bir kunga to'xtatildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, kondagi portlashga shaxtalarda to'planib qolgan metan gazi sabab bo'lgan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0