+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Jahonda xantavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday?

Hodisa
39 15:15 | 17.05.2026 15:15

So‘nggi kunlarda xalqaro ommaviy axborot vositalarining diqqat markazi yana bir yuqumli infektsiya — xantavirusga qaratilgan. Janubiy Atlantika okeanida suzib yurgan "MV Hondius" xalqaro kruiz kemasida og‘ir pnevmoniya oqibatida uch nafar yo‘lovchining vafot etgani dunyo ahlida "Yangi global pandemiya boshlanyaptimi?" degan xavotirlarni uyg‘otdi.


Vaholanki, tibbiyotga o‘tgan asrning o‘rtalaridan buyon maʼlum bo‘lgan bu virus yangilik emas.


U yillar davomida muayyan yovvoyi kemiruvchilar (sichqon va kalamushlar) orasida yashab kelmoqda va maʼlum sharoitlardagina insonga yuqishi mumkin.


Dunyodagi vaziyat qanday?


Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti (PAHO) va AQShning Nazorat va profilaktika markazi (CDC) hisobotlariga ko‘ra, ayni paytda eng xavfli vaziyat Amerika qitʼasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqada virusning o‘pka tizimini shikastlovchi og‘ir shtammi tarqalgan bo‘lib, so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, qitʼadagi 8 ta davlatda jami 229 ta holat ro‘yxatga olingan va ulardan 59 nafari vafot etgan.


Bu erda o‘lim ko‘rsatkichi ancha yuqori — qariyb 25 foizdan 40 foizgachani tashkil etadi.


Evropa davlatlari, Rossiya va Xitoyda esa vaziyat ancha engilroq. Bu hududlarda virusning asosan buyrakni zararlovchi shakli uchraydi. Evropa Ittifoqi hududida yiliga o‘rtacha 1800 dan 3000 gacha holat qayd etilsa-da, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida o‘lim ko‘rsatkichi bor-yo‘g‘i 1 foiz atrofida bo‘ladi.


O‘zbekistondagi holatga kelsak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli vahimali xabarlar fonida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham tezkor munosabat bildirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, professor Nurmat Otabekovning maʼlum qilishicha, yurtimizda xantavirus bilan kasallanishning birorta ham holati qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat to‘liq barqaror va qatʼiy nazorat ostida.


Mamlakatimizga kirib kelish mumkin bo‘lgan 53 ta chegara-o‘tkazish punktlarida kuchaytirilgan tibbiy-sanitariya nazorati yo‘lga qo‘yilgan.


Kasallikdan himoyalanish choralari qanday?


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xantavirus COVID-19 kabi havo-tomchi yo‘li bilan odamdan odamga oson tarqalmasligini taʼkidlaydi. Inson bu virusni faqatgina kemirvuchilar ko‘p bo‘lgan va uzoq vaqt davomida tozalanmagan yopiq joylarda (erto‘la, omborxonalar, arxiv xonalari, qurilish obʼektlarining yopiq qismlarida) ularning qoldiqlari aralashgan chang bilan nafas olgandagina yuqtirishi mumkin. Ko‘cha-ko‘yda yoki oddiy hayot maromida yuqish xavfi yo‘q. Qolaversa, virus tashqi muhitga o‘ta chidamsiz bo‘lib, oddiy quyosh nuri, issiq harorat va uy sharoitida ishlatiladigan oddiy xlorli vositalar taʼsirida bir necha soniyada halok bo‘ladi.


Xulosa o‘rnida aytganda, xantavirus global xavf tug‘dirmaydi va vahimaga hech qanday asos yo‘q. Mehnat muhofazasi va oddiy gigiena qoidalariga rioya qilish — nafaqat bu virusdan, balki barcha yuqumli kasalliklardan himoyalanishning eng ishonchli chorasidir.



O‘zJOKU talabasi Dilshoda Zukurova tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4027 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3800 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5500 11:13 | 21.11.2023
Hodisa