Jizzaxda sifatsiz dorilarning savdosi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zomin tumani bo'limi va IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.N. fuqaro M.X.ga 12 quti kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini 7,6 million so'mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Sharof Rashidov tumani bo'limi va IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.S. 55 quti kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini 13 million so'mga sotishga kelishib, 3 mln so'mini olgan vaqtida qo'lga olindi.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0