Сайт тест режимида ишламокда
    Валюта UZS
  • USD

    12 968.34-6.64

  • EUR

    13 492.26-48.43

  • RUB

    132.32-0.74

+0C

+0C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Янги Ўзбекистон суратлари
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+0c

  • Hozir

    +0 C

  • 06:00

    0 C

  • 07:00

    -0 C

  • 08:00

    -0 C

  • 09:00

    +0 C

  • 10:00

    +0 C

  • 11:00

    +1 C

  • 12:00

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +3 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +3 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 30-January

+0C

  • Hozir

    +0 C

  • 06:00

    0 C

  • 07:00

    -0 C

  • 08:00

    -0 C

  • 09:00

    +0 C

  • 10:00

    +0 C

  • 11:00

    +1 C

  • 12:00

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +3 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +3 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    0 C

  • Payshanba, 30

    +0 +20

  • Juma, 31

    -0 +20

  • Shanba, 01

    -0 +20

  • Yakshanba, 02

    -0 +20

  • Dushanba, 03

    1 +20

  • Seshanba, 04

    0 +20

  • Chorshanba, 05

    1 +20

  • Payshanba, 06

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Menga har bir buyum qadrli. Shuning uchun ularni ko'z qorachig'imdek asrayman”, – deydi buvaydalik Rasuljon Kamolov

Har bir insonning sevimli kasbidan tashqari bo'sh vaqtlarida shug'ullanadigan mashg'uloti – xobbisi ham bo'ladi.
Madaniyat va ma'rifat
942 13:09 | 30.12.2023 13:09

Farg'ona viloyati Buvayda tumanida Rasuljon Kamolov tashkil etgan uy-muzeydan nafaqat tuman tarixi, shu bilan birga, uzoq moziydan hikoya qiluvchi eksponatlar o'rin olgan. Ular orasida turli davrlarga oid xumlardan tortib, musiqa asboblari, plastinkalarni ham ko'rish mumkin.

Rasuljon ota xonadoniga tashrif buyurgan kishi o'zini o'tmishga qaytgandek his qiladi.
– 8-sinfda o'qir edim. O'shanda maktabimizda 6 oylik tele-radio ustalari tayyorlovchi kurs ochilgan edi. O'sha yerda o'qib, magnit lentalariga ovoz yozishga ishqiboz bo'lganman. Eksponatlarni yig'ishga havas o'sha paytdan boshlangan, – deydi 72 yoshli Rasuljon ota Kamolov. – Mana hozirgacha qaerda qanday tarixiy buyum ko'rsam yig'ib yuraman. Sanog'ini aniq bilmaymanu, uy-muzeyimda mingga yaqin buyumlar bor. Menga ularning har biri qadrli. Shuning uchun bu ashyolarni ko'z qorachig'imdek asrayman.

Bolalikdan boshlangan noyob buyumlar yig'ish xobbisi qadimiy ro'zg'or anjomlari, kulolchilik mahsulotlari, musiqa asboblaridan tortib qo'lyozma asarlar bilan boyitildi. Uchta xonani egallagan osori-atiqalarning har biri tarixdan so'zlaydi.

Katta ishtiyoq bilan yig'ilgan kollektsiya Rasul aka Kamolov uchun juda qadrli. Uning uy-muzeyida musiqa asboblari ham talaygina. Garchi san'at oliygohida tahsil olmagan bo'lsa-da, musiqiy asboblariga qiziqishi tufayli tanbur, dutor chalishni o'rgandi.

Uning uy-muzeyida Halima Nosirova, Saodat Qobulova kabi xonandalarning jonli ovozlari yozilgan 400 ga yaqin noyob plastinkalar saqlanmoqda. Kollektsiyalarning asosiy qismini musiqa asboblari tashkil etadi. Jumladan, 200 yillik tarixga ega asl dutor va tanburlar, naqshlar bilan bezatilgan uyg'ur tanburi, surnay, nay, kumush naqshli baxshilar do'mbirasi, magnit tasmalari, eski rusumdagi magnitofonlar bor.

– Mana bu tanbur men uchun juda aziz. Buning qadrliligi shundaki, aynan shu tanburni xalqimizning suyukli va ardoqli san'atkorlari mahorat bilan chalgan, – deydi Rasul aka Kamolov. – Ushbu tanburni toshkentlik taniqli usta Zufarovlarning bobosi 1950-60 yillarda Jo'raxon Sultonov uchun maxsus yasab bergan. Bu tanbur Jo'raxon Sultonovdan Orifxon Hotamov o'tgan. Keyin Rasulqori Mamadaliev chalgan. Undan keyin “Farg'ona tong otguncha” qo'shig'ining muallifi Abdulatif Xoldorov olgan. Keyin esa mening qo'limga tushdi.

Shuningdek, uy - muzeydan so'zana, ayollar qo'li bilan tikilgan qadimgi gul sochiqlar, choponlar, zarbof liboslar, arab harflaridan naqshlar ishlangan kumush taqinchoqlar, paranjilar, arab alifbosidagi juda ko'p noyob kitoblar joy olgan.

Xo'sh, bu tarixiy xazinalar qanday qilib Rasuljon akaning uyidan joy oldi? Tuman tarixi va noyob buyumlarni o'zida mujassam etgan muzey tuman yoki viloyat markazida tashkil etilsa bo'lmasmidi, degan savollar tug'ilishi tabiiy, albatta.

Rasuljon Kamolovning aytishicha, 1997 yil tuman hokimligi binosi yonida hashar yo'li bilan muzey uchun alohida bino qurilgan. Lekin bu bino boshqa tashkilotga berib yuboriladi. Oradan yillar o'tib, 2007-2008 yillar Rasuljon ota ko'nglida tuman muzeyini qayta tiklash fikri tug'iladi va qimmatli tarixiy yodgorliklar “Madaniyat uyi” ga joylanadi. Ammo oradan ko'p o'tmay, qaysidir sabablarga ko'ra muzey yana yopilib, o'rniga “Fitnes klub” ochiladi. Shu tariqa noyob buyumlar ko'chada qoladi.

Noyob eksponatlar egasiz qolgach, Rasuljon ota ularni o'z xonadoniga ko'chirdi. Hozirgi kunda moziydan sado beruvchi ko'plab qadimiy buyumlar, osori-atiqalar, qo'lyozmalar, videotasmalar, qo'ying-ki, o'tmishdan so'zlovchi eksponatlarni Rasuljon ota o'z xonadonida saqlab kelmoqda.


Jamshid ERGAShEV


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat