Валюта UZS
  • USD

    12 210.7115.21

  • EUR

    14 036.21-13.01

  • RUB

    150.360.65

+27C

+27C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Суратлар сўзлаганда...
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+27c

  • Hozir

    +27 C

  • 17:00

    +26 C

  • 18:00

    +25 C

  • 19:00

    +23 C

  • 20:00

    +21 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 31-March

+27C

  • Hozir

    +27 C

  • 17:00

    +26 C

  • 18:00

    +25 C

  • 19:00

    +23 C

  • 20:00

    +21 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Seshanba, 31

    +27 +20

  • Chorshanba, 01

    +28 +20

  • Payshanba, 02

    +27 +20

  • Juma, 03

    +23 +20

  • Shanba, 04

    +18 +20

  • Yakshanba, 05

    +23 +20

  • Dushanba, 06

    +22 +20

  • Seshanba, 07

    +16 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Oilaga tegishlilik hissi yoxud ish, ota-ona va farzand uchburchagi

Germaniyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, eng yaxshi tarbiya bu zukko va komil ota-ona tomonidan o'z farzandiga berilgan tarbiyadir. Сhunki ota-ona oldida farzandiga ta'sir etish imkoniyatlari boshqalardan ko'ra eng ko'p hisoblanib, bu vazifani ado etishda ham ular o'zlaridagi bor mehrni ishga soladi.
Jamiyat
1632 10:53 | 05.09.2024 10:53


Qolaversa, barkamol ota-onaning bosh maqsadi farzandlarining ilmli bo'lishi uchun muhit hamda sharoit yaratib berishga qaratiladi va ular har qanday sharoitda ham vaqt ajratib, bolalarining ta'lim-tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanadi. Shu nuqtayi nazardan “Barkamol ota-ona – sifatli ta'lim, mustahkam oila” mutanosibligiga erishish har qanday sog'lom jamiyatning maqsadidir.


Ammo bugun oliy ma'lumotli, komil ota-onalar soni har qancha ko'payib borayotgan bo'lishiga qaramay, dunyo pedagoglarining xavotiri ham shunchalik kuchayib bormoqda. Сhunki keyingi 10 yil ichida ota-onalarning o'z farzandlari tarbiyasi uchun ajratayotgan vaqtlari tobora qisqarib bormoqda. Bunga nikohsiz tug'ilish holatlarining ortib borishi va ajrashishlarning ko'payayotgani qanchalik tashvishli holat sifatida e'tirof etilayotgan bo'lsa, ota-onalarning ishga haddan ortiq berilib ketishi natijasida farzandlari bilan birga bo'lishga vaqt topa olmayotgani ham eng jiddiy sabab qilib ko'rsatilmoqda.


Muammo nimada?


Ishdan horib kelgan ota yoki onani hamda horish nimaligini bilmay, ota-onasining ishdan kelishini intizorlik bilan kutib o'tirgan kichkintoylarni bir ko'z oldingizga keltiring-a. Bunday paytda oshxona yumushlariga kirishib ketgan ona va televizor kanalidan biror dam olish dasturini qidirayotgan ota bolalarining ularga xalaqit bermasligini qanchalik istasa, jajjilar esa eng yaqin do'stlari – ota-onalari bilan birgalikda dars tayyorlashni, biror qiziqarli mavzuda muloqot qilishni va o'yinlar o'ynashni shunchalik xohlaydi. Bola ko'nglidagi ana shu ma'naviy istaklar amalga oshmay qolgan kundan e'tiboran esa eng yaqin hamkori ota-ona emas, komp'yuter bo'lib qolayotgan va unga mukkasidan ketib, ipsiz bog'lanib qolayotgan va his-tuyg'ulari o'tmaslashayotgan bolakaylar ko'payishining yana bir sababi yuzaga keladi.


Shu o'rinda esa ingliz olimi Timoti Uinterning mavzumiz davomi bo'la oladigan mana bu fikrlari bilan ham tanishing: “…Ota-onalarning ishi shunchalik ko'payib ketayotganidan ovqatlanish vaqti ham o'z qat'iyligini yo'qotib, konserva ochib yeyish ishiga aylanib bormoqda. Aslida u butun oila a'zolarini mehr rishtalari bilan bir-biriga bog'laydigan va orziqib kutiladigan fursat bo'lishi kerak. Afsuski, buning iloji bo'lmayapti. Сhunki ota-onalar ertalab farzandlari uyg'onmasidan turib, ishga otlanadi va ularni kutib-kutib uxlab qolganlarida kirib keladi. Natijada oila a'zolarining uyga va bir-biriga tegishlilik hissi yo'qolib bormoqda. Ayni chog'da bolalar uyni tark etadi. Сhunki ular o'zlarini uyda hech narsa ushlab turmayotgandek his etadi”…


Ahvol shu tarzda davom etar ekan, o'rinli savol tug'iladi:


Qanday yo'l tutish kerak?


Ota-onalarning ish bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga vaqt ajrata olmayotgani bizning jamiyatimizda ham kuchayib borayotgpnidan ko'z yuma olmaymiz. Talaygina qorako'zlar otalarining dam olish kuni qachon kelishini hisoblab yurishi ham bu fikrimizning eng oddiy dalili bo'la oladi. Yaponiyada esa jurnalistlar bunday dalillarning turli-tumanini keltirishga tayyor. Сhunki ularda mazkur muammo ko'lami bizga nisbatan bir necha marotaba keng bo'lib, ancha tashvishli ahvolga kelib qolgan. Hattoki ma'lumotlar ta'tilsiz ishlash natijasida kasb kasalligiga uchrab, umriga zomin bo'layotgan yapon fuqarolari soni ortib borayotganini ham ko'rsatmoqda. Ammo ular mazkur muammoni bartaraf etish uchun “Ish tarzimizni shunday tartibga solaylikki, toki farzandlarimiz tarbiyasi bilan shug'ullanishga ham imkonimiz bo'lsin. Aks holda, 20-30 yil o'tib, ota-ona tarbiyasida kemtikligi bo'lgan bu farzandlarimiz topgan-tutganimizni yo'q qilib, bugungi mehnatlarimizni ham chippakka chiqarishi mumkin”, deya qaramoqda.


Tarbiyaning qanchalik muhimligini yana bir bor anglatuvchi bu qarash albatta, har qanday ishbilarmon ota-onani ham tegishli xulosa chiqarishga undaydi. Suhbatdoshimiz pedagogika fanlari doktori, professor Qumri Abdullaevaning e'tiroficha, biz ham o'zimizga xos sharoitdan kelib chiqib, shu va shunga o'xshash bir qator xulosalarni amaliy ishlarimiz qatoriga qo'shishimiz lozim.


Mahalliy sharoitimizga e'tibor beradigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qatnaydigan farzandlarimiz ma'lum ma'noda ta'limning ilk va sodda ko'rinishlaridan bahramand bo'lmoqda. Ammo MTTga qatnamayotgan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarimiz-chi? Ularga uy sharoitida berilayotgan oilaviy ta'lim-tarbiya qoniqarli ahvoldami? Kuzatishlarimga tayanib aytadigan bo'lsam, bu masala qoniqarli ahvolda emas. Jumladan, aksar hollarda vaqti yetarli bo'lgan uy bekalari ham bola tarbiyasiga jiddiy munosabatda emas. Negadir ular bolalarining usti butligi, qorni och yoki to'qligi haqida ko'proq o'ylaydi-yu, ammo ta'lim-tarbiyasi borasida qayg'urayotgani sezilmaydi.


– Yaqinda uzoq qishloqlardan birida yashayotgan xonadonda bo'ldim, – deydi yana bir pedagog suhbatdoshimiz. – Avvaliga yoshgina bolakay salom-aliksiz u yoqdan bu yoqqa o'taverdi. So'ngra bizning oldimizga kelib, onasiga talpindi. E'tiborimni tortgan murg'akkina go'dakka qarab, yoshini so'radim. U uyaldimi, gapirmagach, onasi javob berdi:


– 6 yoshda.


– Voy, maktabga borar ekansan-da? Sanashni o'rganyapsanmi?


Savolimga bolakay indamadi, ammo uning o'rniga yosh ona xotirjam javob berdi:


– Mening ortimdan takrorla, deb sanashni o'rgatmoqchi bo'lsam, hech aytganimni qilmaydi. Bu turishda maktabda ikkichi bo'lib qoladi-da.


Pedagog bo'lganim, doimo shu haqda o'ylaganim uchunmi yoki bo'lmasa, dilimdagi og'rig'im qo'zg'agandek bo'ldimi, ichimda bir narsa “chirt” etib uzilgandek bo'ldi. To'g'rirog'i, farzandida boshlanayotgan ilmsizlikdan qayg'urmayotgan va bunga xotirjam qarayotgan onadan xafa bo'ldim. Bolaga munosabat shu tarzda davom etsa, uning kelajagi nima bo'ladi? Axloqi, tarbiyasi-chi? Qaerdadir ishlab, vaqt topolmaganida-ku, boshqa gap derdik. Ammo bolasining ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishi uchun vaqti yetarli-ku. Bunday onalarga guldek bolalarining axloqi va tarbiyasidan-da muhim yana qanday yumush bo'lishi mumkin? Shundan so'ng bu haqda uzoq o'ylanib yurdim. Nazarimda, boshqalar tarbiyaga vaqt topolmay chora qidirayotgan bo'lsa, biz ma'lum bir toifadagi vaqti bor onalarimizning va albatta, otalarimizning fursat bo'lganida yuzaga keladigan vaqtlarini farzandlari bilan mazmunli va foydali o'tkazishlari haqida o'ylashimiz kerak.


Xulosa


Ayrim ota-onalar har qanday ish sharoitida ham farzandlariga vaqt ajratishning uddasidan chiqadi. Ishxonadan turib, uyga qilingan bir zumlik qo'ng'iroq ham ko'proq hol-ahvol so'rashga o'xshab ketsa-da, ammo bu ota-onaning farzand tarbiyasi bilan bog'liq munosabatida muhim o'rin tutadi. Eng muhimi esa bu holatlar ota-onada ham, farzandda ham oilaga tegishlilik hissini kuchaytiradi va mehr rishtalari mustahkamlanishiga ko'maklashadi.


Biz suhbatda bo'lgan ota-onalarning aksariyati ular tashkil etgan ish tartibi farzandlari tarbiyasi bilan shug'ullanish uchun xalaqit bermasligini aytgan bo'lsa, bunday emasligidan noliganlar ham kamchilikni tashkil etmadi. Shunday ekan, ota-onalarning farzandlari ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanish uchun ajratayotgan vaqtlari haqida o'ylab ko'rishiga zarurat bor. Qolaversa, bu hozircha ish tartibi bilangina bog'liq bo'lib ko'rinsa-da, aslida ota-ona, farzand, oila va jamiyat kelajagi bilan bog'liqdir.


Zebo NAMOZOVA,


Ishonch.uz


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2133 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1809 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2327 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2101 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat