+19C

+19C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

1211 eshitadi: Tikuvchiga ish haqi undirildi, Gulandomga esa imtiyozli kredit

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining xotin-qizlar va aholi muammolarini o‘rganish hamda hal etishga qaratilgan “1211” qisqa raqamli “Ishonch telefoni” o‘z vazifasida sodiq. Ushbu xizmat orqali ijtimoiy-iqtisodiy yordam, moddiy ko‘mak va huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlar tunu-kun qabul qilinib, tezkor nazoratga olinmoqda.
Jamiyat
471 12:06 | 20.04.2026 12:06

Jumladan, oqqo‘rg‘onlik I.Usmonova ham “Ishonch telefoni” orqali ishini bitirganlardan.


U tumandagi “ECE TEXTILE” MChJ korxonasida tikuvchi bo‘lib ishlardi. Ilgari oylik maoshini o‘z vaqtida olib yurgan tikuvchiga birdaniga salkam ikki davomida maosh berilmadi.


Shundan so‘ng, I.Usmonova O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xotin-qizlar muammolari bilan ishlaydigan – 1211-Ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qildi.


– Bu masalada korxona rahbariyatiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsam ham, natija bo‘lmadi, – deydi u. – Lekin maoshini ololmagan boshqa ishchilarga ish haqqilari berilayotganligini eshitdim. Shu sababli ham, Ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan edim. Hech qancha vaqt o‘tmay, pulimni undirib berishdi, kasaba uyushmalariga katta rahmat!


Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, murojaat darhol o‘rganib chiqilgan va Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan “ECE TEXTILE” MChJdan I.Usmonovaning joriy yilda ishlagan – jami 3 mln. so‘mdan ziyod mablag‘i to‘liq undirib berilgan. Endilikda unga ish haqi oyma-oy to‘lab borilishi maʼlum qilindi.


* * *


Shuningdek, Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi Gulandom To‘raeva ham imtiyozli chorva krediti olish uchun bir necha eshikni taqillatishiga to‘g‘ri kelgan.


Tanishlari chorva krediti olib, sharoitlarini ancha tiklab olganini ko‘rib, u ham turmush o‘rtog‘i bilan maslahatni bir joyga qo‘ygan va imtiyozli kredit olsak, qo‘ymi, qoramolmi boqsaq, bolalarga sut-qatiq bo‘lardi harna, deyishgandi.


Shu ilinjda so‘rab-surishtirib zarur hujjatlarni to‘pladi. Biroq, “Qoratepa” MFY hokim yordamchisi hali limit ochilmaganini aytib, tavsiyanoma bermadi. Bank esa kafil talab qildi.


“Prezidentimiz shuncha sharoit yaratib qo‘ygan bo‘lsa, nimaga men foydalanmasligim kerak”, - derdi o‘ziga o‘zi Gulandom.


O‘ylab-o‘ylab, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi “1211” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildi.


Gulandomning ishlari tezda yurishib ketdi. Hokim yordamchisi xonadoniga kelib, chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun mavjud shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ayolning homilador ekanligi inobatga olinib, uning roziligi va tavsiyasi asosida loyihani turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirish maqsadga muvofiq deb topildi.


Shu asosda, Mansurbek Zaripov nomiga 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratish haqida tavsiyanoma berildi. Qisqa fursatda tijorat banki tomonidan chorvachilik yo‘nalishida kredit mablag‘lari ajratilishi taʼminlandi.


Shu tariqa, muammo o‘z echimini topdi. Yana bir oila o‘z ro‘zg‘orini butlab oladigan bo‘ldi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6374 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat