8 mart: kimning savdosi yurishdi?
Bugun iqtisodchilar tilida “bayram effekti” deb ataladigan kunlardan biri. Shunki 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayrim sohalarda savdo-sotiq keskin faollashadi va bu kun ko'plab tadbirkorlar uchun eng daromadli kunlardan biriga aylanadi.
Ayniqsa, quyidagi yo'nalishlarda bu holat yaqqol seziladi:
1. Gul sotuvchilar
Bayram arafasida gul bozori ancha jonlanadi. Ayniqsa atirgul, lola va boshqa bahoriy gullarga talab keskin ortib ketadi. Natijada ba'zan gullar narxi 2–3 baravargacha qimmatlashdi. Masalan, Andijonda Lolaning narxi bayram arafasi va bayram kuni 20 ming so'mdan oshib ketdi. Shu sababli floristlar va gul do'konlari egalari uchun 8 mart yilning eng serdaromad kunlaridan biri hisoblanadi.
2. Sovg'a va shirinlik do'konlari
Bu kunda shokolad, parfyumeriya, kosmetika, suvenir va turli xil sovg'alar savdosi ham ancha faollashadi. Ko'plab do'konlar bayram munosabati bilan maxsus aktsiyalar va chegirmalar e'lon qilib, xaridorlarni jalb etishga harakat qiladi.
3. Restoran va kafelar
8 mart kuni ko'pchilik o'z yaqinlarini, onasi yoki turmush o'rtog'ini restoran yoki kafega taklif qilishni afzal ko'radi. Shu bois umumiy ovqatlanish muassasalarida ham mijozlar soni odatdagidan ancha ko'p bo'ladi.
Bir so'z bilan aytganda, 8 mart nafaqat bayram, balki iqtisodiyotda pul aylanmasini jadallashtiruvchi va ayrim sohalar faoliyatini “uyg'otuvchi” kuchli iqtisodiy katalizator sifatida ham namoyon bo'ladi. Bu esa tadbirkorlar uchun qo'shimcha imkoniyat va daromad manbaini yaratadi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0