Angrenda daydi itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo'ldi
Toshkent viloyatining Angren shahrida daydi itlar galasi hujumi oqibatida 8 yoshli bola hayotdan ko'z yumdi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida daydi itlar galasi hujumi oqibatida 8 yoshli bola hayotdan ko'z yumdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, marhum bola Angren shahridagi “Istiqlol” mahallasida onasi bilan vaqtincha ijara uyida yashab kelgan. Uning otasi esa Rossiyada mehnat qilib yurgani aytilmoqda.
Qo'shnilarning so'zlariga ko'ra, bola maktabdan uyiga qaytib kelayotgan vaqtda daydi itlar galasi hujumiga uchragan. Og'ir jarohatlar tufayli u voqea joyidayoq vafot etgan.
Farzandi maktabdan kechikib kelayotganidan xavotirga tushgan onasi uni izlab ko'chaga chiqqan. Biroq ayol o'g'lini jonsiz holda topgan.
Mahalla aholisi ta'kidlashicha, ushbu hududda daydi itlar muammosi bir necha yildan beri dolzarb bo'lib kelmoqda. Ular bu hayvonlar odamlarga ham hujum qilib turayotganini aytmoqda.
“Bir necha yildan beri shu muammo bilan yashayapmiz. Daydi itlar bizga ham tashlanadi. Afsuski, fojia yuz berdi”, — deydi mahalladoshlardan biri.
“Istiqlol” mahallasi fuqarolar yig'ini raisi Hilola Umarovaning ma'lum qilishicha, ushbu holat tuman hokimligi hamda ichki ishlar organlari tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Yangiyo'l tumani va Shirchiq shahrida ham daydi itlarning bolalarga hujumi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0