Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +6 +20

  • Juma, 14

    +6 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +11 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Azamat Otajonov: “Nobel' mukofoti olishni istasangiz, musiqa bilan shug'ullaning”

Hukumatning 2019 yil 21 noyabrdagi tegishli qarori asosida 2020/2021 o'quv yilidan Toshkent shahrida, Buxoro, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida maqom san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tashkil qilindi. O'sha yili taniqli xonanda, maqom bilimdoni, Xorazm suvoralarining mohir ijrochisi Azamat Otajonov Xorazmdagi maqom maktab-internatiga direktor qilib tayinlandi.
Jamiyat
1602 16:42 | 14.11.2024 16:42

Xo'sh, ushbu maqom maktabi o'tgan davrda qanday yutuqlarga erishdi? Qanday muammolarni yengib o'tishga to'g'ri kelyapti? Umuman, yosh avlod qalbida maqomga mehr uyg'otish uchun yana nimalar qilish kerak?


Azamat Otajonov bilan suhbatimiz shular xususida bo'ldi.


Azamat og'a, siz bilan besh yil avval suhbatlashganimizda, orzuim Maqom akademiyasi tashkil qilish degan edingiz. Maktab internatiga rahbar qilib tayinlanishingiz orzuingiz ushalishiga zamin yaratdi, ya'ni siz yosh iste'dodlarni kashf qilib, maqom san'ati rivojiga yanada ko'proq hissa qo'shish imkoniga ega bo'ldingiz.


Bu yil ilk o'quvchilarimiz maktabni tamomlashadi. Ya'ni, bog'imiz hosilga kirdi. Meva yetilgach, albatta, bahosini va xaridorini topishi kerak. Biz o'quvchilarimiz kelajakda oliy ta'limda tahsil olib, malakali mutaxassis sifatida san'at ravnaqiga hissa qo'shishlariga ishonamiz. O'tgan to'rt yil davomida o'qituvchilardan va o'quvchilardan iborat ansambllar faoliyatini yo'lga qo'ydik. Turli tadbirlarda ishtirok qilyapmiz, kontsertlar beryapmiz. Televidenie va radio orqali maqomlarimizni, milliy musiqamizni targ'ib qilyapmiz. Bundan tashqari, bir necha tanlovlarda ishtirok qilib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdik.


Umuman, keyingi yillarda maqom san'atini rivojlantirish borasida ko'p ishlar qilindi. O'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davr boshlandi. Shahrisabzda va Zominda o'tkazilgan xalqaro maqom san'ati anjumanlari ko'plab iste'dodlarni kashf qildi, milliy musiqalarimizning nodir go'zalligini, tarovatini dunyoga ko'z-ko'zladi. Xalqimizning, yoshlarning milliy san'atga munosabati ham o'zgarayotganini ko'ryapmiz. Joylarda tez-tez maqom kechalari o'tkazilyapti. Demak, endi maqomlarning qizil kitobga kirish xavfi ortda qoldi.


Albatta, bu jarayon oson kechmayayotganini ko'ryapmiz. Xalqimiz maqomlardan ancha uzoqlashganligi tufayli, hamma ham mumtoz navolarni tushunib, sevib tinglash, targ'ib qilish tugul, nomini eshitsa, uf tortadiganlar ham yo'q emas. Bolalarimizda maqomga qiziqishni kuchaytirish uchun yana nimalar qilish kerak deb hisoblaysiz?


Avvalo shuni aytish kerakki, maqomlarni azalda xonlar va ularning atrofidagi insonlar, ziyolilar tinglagan. Nafaqat maqom kuylash, balki tinglash uchun ham ma'lum bilim va ko'nikma zarur. Farobiy musiqani matematikaning bir bo'lagi sanagan. Darhaqiqat, musiqa, maqom ulkan ilmdir. Maqom muxlisi bo'lish uchun kishi bolaligidan quloqqondi bo'lib o'sishi kerak. Bog'chalarda maqomlardan parchalar qo'yib berilsa, bu “Segoh”, bu “Dugoh” deb o'rgatilsa, bolaning xotirasiga muhrlanib qoladi. Ulg'ayganida shu musiqani taniydi. Bundan tashqari, maktablarda musiqa to'garaklari faoliyatini jonlantirish kerak. Musiqa maktablariga umumta'lim maktabidan bir yo ikki o'quvchi kelishi mumkin. Musiqa maktablarining filiallarini umumta'lim maktablarida tashkil qilsak, 30-40 o'quvchini jalb qilish imkoni paydo bo'ladi.


Yaqinda “Vatan” jurnalida “Xorazm suvoralari san'atning betakror durdonasi” sarlavhali maqola o'qidim. Muallif Xorazm suvoralarini mutaxassislardan ham a'lo darajada tahlil qilgan. Diqqatimni tortgani, jurnal sahifalarida Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov va boshqa san'atkorlar ashulalarining QR-kodlari berilgan. Jurnal o'qish jarayonida ashula ham eshitish mumkin. Buning zavqi juda boshqacha bo'lar ekan. Mana shunday tahililiy maqolalar ham xalqning milliy san'atimizga bo'lgan mehrini oshiradi.


Maqom xos insonlar uchun deyapsiz. Demak, hamma maqom tinglashi shart emas. Biroq, maqomlardan uzoqlashish o'zligimizdan uzoqlashish emasmi? Bu millat inqiroziga sabab bo'lmaydimi?


Yodingizda bo'lsa, avvalgi suhbatda “Prezidentimiz maqomlarimizni qizil kitobga kirishdan asrab qoldi” degandim. Biz siz aytayotgan inqirozdan o'tdik deb o'ylayman. Lekin oldingidek buyuk millatga aylanishimiz, ajdodlarimizdek buyuk insonlarni voyaga yetkazishimiz uchun ko'p mehnat qilishimiz, mashaqqat chekishimiz kerak. Azalda musiqa komil inson bo'lish uchun o'rganilishi shart bo'lgan yetti fanning biri sanalgan. Beruniy, Ibn Sino yoki boshqa buyuk allomalarimiz musiqiy bilimga ega bo'lishgan. Nobel' mukofoti sovrindorlari hayotini o'rgansangiz, ularning 99 foizi musiqiy bilimga egaligini ko'rasiz. Musiqa shunchaki ko'ngil ochar vosita emas. Ayniqsa, mumtoz navolarimiz. Millatning millat bo'lib shakllanishida san'atning o'rni katta. Hali men tilga olgan “Vatan” jurnalida chop qilingan maqola Konfutsiyning “Dunyodagi har qanday xalqning aytayotgan qo'shig'ini keltiring, men uni eshitib, bu xalqni qanday idora etish mumkinligini aytib beraman” degan so'zlari bejiz iqtibos qilib keltirilmagan. Milliy san'atidan uzoqlashgan millatning o'zligi bo'lmaydi. Yaxshi musiqa, yaxshi suhbat, yaxshi kitob inson ruhini yuksaltiradi. Kishi yaxshi quruvchi, fizik, shifokor, hatto yaxshi dehqon bo'lish uchun ham milliy qo'shiq tinglashi kerak. Shunda unda milliy ruh shakllanadi. E'tiqodi yuksaladi. Ko'p udumlarimiz yo'qolib ketyapti. Qo'shnilar bir-birini tanimaydi. Vaqt yo'qligini bahona qilamiz. Aslida vaqt yetarli. Shunchaki biz undan yetarli foydalana olmayapmiz. Bo'lmag'ur xirgoyilarni (ularni ashula degim kelmaydi) eshitishyapti, aytishyapti-ku. Gapirib qo'ygan bilan ish bitmaydi, o'zini ziyoli sanagan barcha insonlar harakat qilishi kerak, mumtoz navolarimizni, she'riyatimizni quloqlarga, qalblarga singdirishimiz kerak. Nega bizdan Nobel' mukofoti sohiblari chiqmayapti?! Yuqorida aytganimday, balki bu musiqiy bilim yo'qligidandir. Musiqani anglamaguncha, inson komillik darajasiga erishmaydi. Musiqiy bilimi yuqori insonlarning IQ si ham yuqori bo'lishi ilmiy isbotlangan.


Maqomlar, suvoralarni tushunish qiyinligi sababini nima bilan izohlaysiz?


Musiqa mavhum fan bo'lganligi uchun o'rganish qiyin. Uni ko'rib bo'lmaydi, tutib bo'lmaydi. Bitta musiqachi tayyorlash uchun ketgan kuchga yetti hamshira tayyorlash mumkinligi isbotlangan. Boisi har bir bola bilan alohida shug'ullaniladi. Bizning maqom maktabimizda ham shunday. Avvalo iqtidorli bolani topish, unda nimaga qiziqish ustunligini aniqlash kerak. Bola bilan ishlay oladigan, uning iqtidorini ro'yobga chiqara oladigan ustoz zarur. Musiqada hali ham ilmiy oqsash bor. Ilmiy adabiyotlar kam. Maqom maktablari uchun ham kitoblar yetishmaydi. O'zimiz o'qituvchilarimiz bilan har bir sinf uchun qo'shiqlar ro'yxatini shakllantirib, ustozlardan o'rganganlarimiz asosida o'quvchilarga o'rgatyapmiz. Birgina “Dugoh” maqomida 9 ta ashula bor. Turkumlar bor. Bu o'qituvchidan ham, o'quvchidan ham katta mehnat talab qiladi.


Ilgari musiqa muolaja turi sanalgan. Demak, nafaqat matematikaning, meditsinaning ham bir bo'lagi hisoblangan. Musiqa yana ilm darajasiga yetishi uchun hali aytganimday, bolalikdan mehr uyg'otishimiz kerak. Musiqani hamroh, do'st sanab yutqizgan kishi yo'q. Bu borada Ozarbayjon tajribasidan o'rganishimiz kerak. Ozarbayjon xalqining maqomlarga munosabatiga doim havas qilaman. Ularda shofer ham, traktorchi ham, dehqon ham biron musiqiy asbob chalishni biladi, maqomlarni taniydi, hirgoyi qiladi.


Bir narsani aytishni istardim - musiqa bilan shug'ullangan odam bag'rikeng bo'ladi. Ustoz-shogird an'analari musiqa sohasida keng tarqalgan. Shogird yetti yil bir ustozdan ta'lim oladi. Bu davrda ota-boladek bo'lib qoladi. O'zbekiston san'atga boy yurt. Qoraqalpoq ohanglari, Buxoro-Samarqand, Qashqadaryo-Surxondaryo, Toshkent-Farg'ona yo'nalishlari har biri o'ziga xos. Xorazm san'atida ularning barchasi mujassamlangan desak xato bo'lmaydi. Lazgiday butun dunyo xalqlarini o'ynatadigan kuy qaerda bor?! Zo'r narsalarimiz ko'p, nihoyatda boy nomoddiy merosga egamiz. Faqat mehnat qilishimiz kerak. Ilm kerak. Oliy ma'lumotli musiqachilar, maqomchilar ko'paysa, avlodlar qalbiga asl musiqalarni singdirish imkoni kengayadi. Kishi milliy musiqa bilan qiziqsa, keyin umumiy milliy madaniyatimizga qiziqadi.


Hali bizning maktabning ham o'z laboratoriyalari bo'ladi. Сhuqur tahlil qilinmagan, notaga solinmagan maqomlarimiz notaga solinadi. Kelajakda bolalarimizdan ko'p narsa kutyapmiz.


  • Samimiy fikrlaringiz uchun rahmat!
  • Kayfiyatingiz hamisha maqom eshitadigan darajada bo'lsin!

Muhabbat To'raboeva suhbatlashdi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3179 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat