Valyuta UZS
  • USD

    12 858.15-58.95

  • EUR

    14 505.2844.59

  • RUB

    159.71-0.43

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +31 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 20-May

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +31 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +21 C

  • Seshanba, 20

    +17 +20

  • Chorshanba, 21

    +18 +20

  • Payshanba, 22

    +22 +20

  • Juma, 23

    +22 +20

  • Shanba, 24

    +21 +20

  • Yakshanba, 25

    +19 +20

  • Dushanba, 26

    +18 +20

  • Seshanba, 27

    +14 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bugun Rossiya va Ukraina urushi boshlanganiga 2 yil to'ldi

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi 2022 yil 24 fevral', payshanba kuni Kiev vaqti bilan ertalab soat beshlarda boshlandi. Rossiya qo'shinlari Ukraina hududiga Rossiya, Qrim va Belarusdan kirib kelgan, Donetsk va Lugansk qo'shinlari ham jangga qo'shilgan. Qo'shinlar to'rtta asosiy yo'nalishda hujum boshladi – shimoldan Kievga, shimoli-sharqdan Xar'kovga, janubi-sharqdan Donbassdan va janubdan Qrimdan.
Siyosat
907 11:09 | 25.02.2024 11:09


2021 yil oktyabr' oyidan boshlab ommaviy axborot vositalarida yaqinlashib kelayotgan bosqin haqida ko'plab ogohlantirishlar e'lon qilindi. Biroq, Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari Ukraina bilan urushga tayyorgarlik ko'rilayotganini doimo rad etib kelgan.


“Ajablanmang, biz bilardik”


NATO rahbari urush boshlanishidan xabardor bo'lgan.


NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning 2022 yil 24 fevralga o'tar kechasi Ukrainaga bostirib kirish rejalari haqida bilar edi. U bu haqda “France-Press” agentligiga ma'lum qilgan: “Men uxlashga yotdim. Lekin bu juda qisqa tun edi, chunki qachondir, yaqin bir necha soat ichida meni kimdir uyg'otishini bilardim. Shunday bo'ldi ham”, Stoltenbergning so'zlariga ko'ra, u bosqin boshlanishi haqida qisqacha soat 04:00 da telefon orqali xabardor qilingan. “Ajablanmang, chunki biz bilardik”, degan edi u.


NATO Bosh kotibi Ukrainadagi mojaro al'yans saflarini jamlashga turtki bo'lganini ta'kidladi, biroq ayni paytda NATO harbiy harakatlarni oldini olish uchun ko'proq harakat qilishi mumkin edi, degan taklifni rad etdi. Shuningdek, u mojaro 2022 yilda emas, balki 2014 yilda Qrim Rossiya bilan birlashganidan keyin boshlanganini ham ta'kidlab o'tgan edi.


Hammasi qanday boshlandi?


2022 yil 21 fevral' kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb e'lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta'kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.


Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.


Shu yili 24 fevral' kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e'lon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.


Undan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e'lon qildi.


25 fevral' kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e'lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga sabab bo'ldi.


Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayishi kuzatildi.


Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyaz'bank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.


Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a'zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Dildora Ibrohimova,


ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat