Valyuta UZS
  • USD

    12 790.4322.17

  • EUR

    14 486.4486.4

  • RUB

    162.60-0.03

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 02-June

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Dushanba, 02

    +16 +20

  • Seshanba, 03

    +15 +20

  • Chorshanba, 04

    +18 +20

  • Payshanba, 05

    +20 +20

  • Juma, 06

    +24 +20

  • Shanba, 07

    +19 +20

  • Yakshanba, 08

    +19 +20

  • Dushanba, 09

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Qinidan chiqmagan shamshir”

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “tirik kitob” deya ta'riflanayotgan kitobxon va bloger Xayrulla Asadov nomi ko'pchilikning tilida. U qatnashgan podkast va videolar, o'qigan kitoblari ro'yxati, bilimi va nutq madaniyati bilan internet foydalanuvchilarini lol qoldirmoqda. Ammo uning jamoatchilikka faqatgina ijtimoiy tarmoqlar orqali tanilishi, hayotda esa uncha ko'zga tashlanmasligi ko'plab savollarni tug'diradi.
Jamiyat
720 12:24 | 26.05.2025 12:24

Aslida shuncha bilimga ega, yuzlab kitoblarni mutolaa qilgan inson nega o'zining shaxsiy bilim maktabini yoki kutubxonasini ochmagan? Nega shogirdlari ko'rinmaydi? Balki u o'z yo'lini hali topa olmagandir, balki shuncha bilimni hayotga tatbiq etishga imkoniyat topolmagan yoki shubha va ikkilanishlar tufayli haligacha “qinidan chiqmagan shamshir” holatida qolib ketgandir.


Tarix va tajriba ko'rsatadiki, haqiqiy yuksalish faqatgina nazariyaga suyanib emas, balki uni amaliyot bilan uyg'unlashtirish orqali amalga oshadi. Nazariya – bu inson tafakkurining mahsuli, o'rgangan bilimi va o'ziga xos falsafasi. Ammo nazariya amaliyot bilan bog'lanmasa, u holda u sinovdan o'tmagan, “quruq gap”dan boshqa narsa emas.


Bu borada jahon sporti afsonasi Brus Lining gapi juda o'rinli:
“Men yuzlab usullarni bilgan jangchidan emas, bitta usulni mukammal o'zlashtirib, uni amalda qo'llay oladiganidan qo'rqaman.”


Bundan xulosa shuki, nazariy bilimni hayotda qo'llash – eng asosiy qadriyat. Zero, amalsiz bilim – ishlatilmagan quroldek gap.


Asadov kabi shaxslar, avvalo, ijtimoiy tarmoqlardagi nutqlari bilan nafaqat kitobxonlar, balki yoshlar orasida ham yaxshi ta'sir qoldirmoqda. Ammo bu yetarli emas. Agar u o'z bilimlarini amalga joriy etganida, metodik uslublar yaratganida, ta'limga hissa qo'shganida, ehtimol, uning ta'sir doirasi bugungidan ham keng bo'lardi.


Agar u vaqtni o'zi bilan kurashishga emas, atrofidagilarga bilim ulashishga sarflaganida, ehtimol, o'nlab shogirdlari, kitobxonlar klublari, ijtimoiy loyihalari orqali keng jamoatchilikda bilimga bo'lgan muhabbatni kuchaytirar edi.


Bugungi kunda yoshlar orasida katta so'zni ayta oladigan, “men shu insondan o'rnak oldim” deydigan namunaviy shaxslarga ehtiyoj juda katta. Asadov shunday inson bo'la olish imkoniyatiga ega. Ammo buning uchun u nazariya bilan cheklanib qolmasdan, bilimlarini hayotga tatbiq etishi, uning amalda qanday ish berishi, qanday o'zgarishlar olib kelishini ko'rsata olishi kerak.
Boshqacha aytganda, nazariy boylikni amaliy natija bilan isbotlash – nafaqat o'zi, balki jamiyat uchun ham foydali yo'l hisoblanadi.


Qancha satrlarni o'qimang, yuzlab kitoblarni mutolaa qilmang – agar o'sha bilimlar hayotingizda, atrofingizda, jamiyatda o'z ifodasini topmasa, sizning ilmiy boyligingiz ichki dunyodan uzoqqa chiqa olmaydi. Bu holatda inson tom ma'noda “qinidan chiqmagan shamshir”ga aylanadi.
Haqiqiy ziyolilik – bilishda emas, bilib, amal qilishdadir. Haqiqiy yetakchilik – gapirishda emas, ko'rsatishdadir. Bugun bizga aynan shu kabi namunaviy insonlar kerak – nazariyani amaliyotga, bilimni hayotga aylantira oladiganlar.


Said Amirxon Burxon,
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Жамолиддин

16:34 | 28.05.2025

Авсуски сиз хаксиз

Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4127 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat