Irimlarda nechog'li haqiqat bor?
Yurgan yo'limiz, qilayotgan ishlarimiz davomida ba'zan irim-sirimlarga duch kelamiz. Aksariyat holatlarda qog'ozga yozilmagan bu kabi «qoida»lar dam ishimizga, dam kayfiyatimizga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Aslida irim-sirimlar to'g'rimi?
Bu irimlar to'g'rimi?
Juma kuni tirnoq olib bo'lmaydi. Shariatda tirnoq olish uchun maxsus belgilab qo'yilgan kun va vaqt yo'q. Tirnoq o'sgan ekan, qaysi kun va qaysi vaqtdan qat'iy nazar olinaveradi. Qo'l va oyoq tirnog'ini bir vaqtda olib bo'lmaydi, degan irim ham asossiz. Shunchaki, gigienik jihatdan avval qo'l, so'ngra oyoq tirnog'ini olish to'g'ri bo'ladi.
Mushuk kesib o'tsa orqaga yetti marta qadam tashlang. Qadimda xalqimiz orasida bunday irim bo'lmagan. Ajnabiylar orqali kirib kelgan bo'lishi kerak. Qadimda qarg'aning qag'illashini eshitib yo'lidan qaytgan kimsa, tovushqon (quyon) yo'lidan kesib o'tganda yo'lidan qolgan kishi ham kufrga ketgan, deb hisoblanadi.
13 raqami baxtsizlik keltiradi. Huddi shuningdek, sana va kunlarning ham baxtsiz yoki baxtlisi bo'lmaydi. Yaratganning barcha kunlari bir xil. O'sha kunni irim qilib biror foydali ishga qo'l urmaslik joiz emas.
Qo'l yuvgandan keyin silkitmaslik kerak. Shindan ham Hadisi sharifda "Kishi tahorat olganda uning gunohlari suv bilan to'kiladi" deyilgan. Demak, gunohlarni atrofga “silkitib” yuborish makruh sanaladi. Madaniyat jihatdan ham qo'llarni silkitish xunuk ko'rinadi. Qo'llarni albatta, sochiqqa artish lozim.
To'y marosimiga oid irimlar
*Ba'zilarning aytishicha, agar to'y kuni kelinning oyoq kiyimi poshnasi tushib qolsa, kelgusidagi turmushi ham «oqsoq» bo'larkan.
*Ko'zguga qarayotgan kelin-kuyovning oldini birov to'sib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak, aks holda keyinchalik ham oraga kimdir suqilishi mumkin.
*To'y kuni kelinni olib ketishga kelgan kuyov bo'sag'ada qoqilib ketsa, bu — tanlagani borasida ikkilanish alomati ekan.
*Kelin va kuyovning nikoh uzugiga bo'yi yetgan qiz qo'lini tekkizgan bo'lsa, tez orada o'sha qizning ham to'yi bo'ladi.
*To'y kuni kelin libosi biror narsaga ilinib qolib yirtilsa, qaynonasi serjahl bo'larmish.
Bu kabi holatlarning biri yuz bersa, biror salbiy bashorat qilish dinimizda ham mumkin emas. Yoshlarning baxtini faqat Yaratgandan so'rang. To'y kuni bo'lajak noqulay holatlarni irimlarga tayanmay, “bari yaxshilikka bo'lsin”, deb tilanish lozim.
Boshqa xalqlarda ham irimlar bormi?
Dunyoning deyarli barcha mamlakatida o'ziga yarasha irim sirimlar mavjud. Hozirga kelib rivojlangan davlatlarda irimlarga deyarli amal qilinmaydi.
*Angliyada agar oyoqdagi qadoqlardan qutilishni istashsa, bir bo'lak go'shtni yerga ko'mishadi, u chirib, yo'q bo'lib ketgach, qadoqlar ham o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketarkan.
Frantsiyada agar biror kishi ovqatlanayotganida tilini tishlab olsa, demak, u kimnidir aldagan yoki yolg'on gapirgan.
*Rossiyaliklarning irimiga ko'ra, ish baroridan kelishi uchun yo'lga seshanba yoki shanba kuni chiqqan ma'qul.
*Agar, birovning uyidan chiqayotib, qoqilib ketilsa, oradan bir yil o'tgach, yana o'sha uyda mehmon bo'linadi.
*Mushuk qashlanaversa, mehmon kelarmish.
*Agar ikki kishi bir paytda bir so'zni aytib yuborishsa, uyiga mehmon keladi.
*Agar uyning tomiga kaptarlar, qarg'alar to'plansa, o'sha uyda to'y bo'ladi.
*Uylanmagan yigit ostonada o'tirsa, yuborgan sovchisi quruq qaytarkan.
*Agar odamni kim bilandir adashtirib yuborsalar yoki tanimasalar tez orada katta daromadga ega bo'lishiga ishoniladi.
*Agar qiz bola tikayotib, barmog'iga igna tiqib olsa, u birovni sevib qolgan.
*Ertalab birovga pul berib bo'lmaydi — qaytishi qiyin.
*Agarda quloq qichishsa, yangi xabar yoki yomg'irdan darak.
*Tovonlar qichishsa, uzoq yo'l yurasiz.
*Qoshlar qichishsa, uchrashuv yoki ko'z yoshi to'kishi mumkin.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0