Valyuta UZS
  • USD

    12 275.58-11.73

  • EUR

    14 591.98-52.04

  • RUB

    159.090.26

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +16 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 15-February

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +16 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 15

    +17 +20

  • Dushanba, 16

    +16 +20

  • Seshanba, 17

    +15 +20

  • Chorshanba, 18

    +17 +20

  • Payshanba, 19

    +23 +20

  • Juma, 20

    +16 +20

  • Shanba, 21

    +11 +20

  • Yakshanba, 22

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Maktabga borma(ydi)gan o'quvchi

Globallashuv, axborotlashuv va texnologik taraqqiyot zamonida ta'lim masalasi har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ammo muvaffaqiyatga faqat vazirlik, maktab, o'qituvchining sa'y-harakatlari bilan erishib bo'lmaydi. Jarayonning eng muhim, ammo ko'pincha e'tibordan chetda qolayotgan sub'ekti ota-onadir.
Jamiyat
237 10:09 | 14.02.2026 10:09

Bizda davlat majburiy ta'limni qonun bilan qat'iy belgilab qo'ygan. Xususan, «Ta'lim to'g'risida»gi qonunning 51-moddasida ota-onalar va bolaning qonuniy vakillari zimmasiga aniq majburiyatlar yuklangan. Unga ko'ra, ular farzandlari umumiy o'rta, o'rta maxsus yoki boshlang'ich professional ta'lim olishini ta'minlashi, darslarni o'zlashtirishi ustidan doimiy nazorat olib borishi shart. Afsuski, bu talablar ba'zilarga kor qilmayapti. Ayrim ota-onalar farzandini darsga ataylab yubormaydi. Buni oddiy holdek qabul qiladi. Oqibatda bolada ta'limga nisbatan befarqlik, mas'uliyatsizlik va ijtimoiy passivlik shakllanadi. Bu nafaqat bolaning kelajagiga, balki jamiyatning intellektual salohiyatiga ham jiddiy putur yetkazadi.


Jazo – yechim emas


Majburiy ta'lim talablariga rioya etishni ta'minlash maqsadida «Ma'muriy javobgarlik to'g'risida»gi kodeksning 47-moddasida aniq jazolar belgilangan. Unga ko'ra, ota-onalar tomonidan bolani tarbiyalash va ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 412 ming so'mdan 2 million 60 ming so'mgacha jarima solinishiga sabab bo'ladi. Agar bu bir yil davomida qayta takrorlansa, jarima miqdori 4 million so'mdan oshadi. Bundan tashqari, majburiy ta'limga to'sqinlik qilish yanada og'ir huquqbuzarlik sifatida baholanib, 10 million so'mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoq bilan jazolanadi. Bu choralar, albatta, ota-onalarni ogohlikka chaqiradi. Shu bilan bir qatorda, «Jarima muammoni hal qiladimi yoki uni yanada chuqurlashtiradimi?» degan haqli savolni ham yuzaga keltiradi. Masalan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar uchun bu bolaning ta'limga qaytishiga emas, balki oilaviy muammolarning ortishiga olib kelishi mumkin. Shu bois jazolashdan ko'ra, tushuntirish, profilaktika va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish lozim.


Muammoning ildizlari qaerda?


To'g'ri, bolalarning maktabga kelmasligi faqat ota-onalar xohishi bilan bog'liq emas. Ayrim hollarda buning ortida chuqur ijtimoiy sabablar ham bo'lishi mumkin. Kambag'allik, mehnat migratsiyasi, ota-onaning uzoqda ishlashi, oilaviy nizolar, farzand mehnatidan foydalanish kabi omillar shular jumlasidan. Eng achinarlisi, ba'zi ota-onalar bolalarini maktabga yubormaslikni ongli ravishda tanlaydi. Zero, qizini erta turmushga berishni istaydigan, o'g'lini pul topishga undaydiganlar ko'p. Bu qonun talablarini ochiqdan-ochiq buzish hamda bola huquqlarini poymol etishdir.


Hamkorlik o'rniga bosim


Ta'lim jarayonida yana bir muhim muammo ayrim ota-onalarning pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashuvidir. O'qituvchini haqoratlash, unga bosim o'tkazish, dars jarayoniga aralashish jamiyatda bu kasbning nufuzi pasayishiga olib kelmoqda. «O'qituvchiga qo'l ko'targan ayol uzr so'rab chiqdi», «O'quvchilar o'qituvchiga kuch ishlatishdi» kabi xabarlar matbuotda ko'p chiqib turibdi. Bu go'yo oddiy holga aylanib qolgandek, jamiyat ham befarq qabul qilayotgandek. Elimizda «Ustoz otangdan ulug'», deya hamisha qadrlanib kelingan insonlarning bu holga tushishi achinarli. Ustozlar shogirdi o'qib, elda e'zozli odam bo'lib yetishishini istaydi. Bor ilmi, mahorati bilan saboq beradi. Qattiqqo'llik o'z foydasiga ekanini anglamagan bola esa o'z nomi bilan bola. Ammo ota-onalar-chi?! Farzandining arzimagan shikoyati sabab maktabga kelib, muallimga bosim o'tkazishi yaxshilikka xizmat qilmaydi. Shuning uchun ota-ona va maktab o'rtasida sog'lom hamkorlikni shakllantirish zarur.


Xalqaro tajriba va milliy ehtiyoj


Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, majburiy ta'lim masalasida eng samarali usul ota-onani jazolash emas, balki uni jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirishdir. Masalan, ayrim mamlakatlarda ota-onalar uchun majburiy treninglar, psixologik maslahatlar, ijtimoiy yordam dasturlari mavjud. Biz ham shu yo'ldan borsak, albatta, ijobiy samaraga erishamiz.


Majburiyatdan ongli mas'uliyat sari


Farzandning maktabga borishi ota-onaning shaxsiy ishi emas, balki jamiyat oldidagi burchidir. Qonun bo'yicha shunday. Demak, unga amal qilish har bir otaonaning ongli ravishdagi vazifasiga aylanmog'i darkor. Zero, ta'lim – jarima bilan emas, mas'uliyat bilan ta'minlanadi. Demak, ota-ona, maktab va jamiyat bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, majburiy ta'lim majburiyatdan tabiiy ehtiyojga aylanadi. Aksincha bo'lsa, savodsizlik, befarqlik va ma'naviy tanazzul bilan yuzma-yuz kelishimiz hech gap emas. Xo'sh, bu borada sizning fikringiz qanday?


Salim ABDURAHMONOv
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5886 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat