Valyuta UZS
  • USD

    12 275.58-11.73

  • EUR

    14 591.98-52.04

  • RUB

    159.090.26

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +16 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 15-February

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +16 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 15

    +17 +20

  • Dushanba, 16

    +16 +20

  • Seshanba, 17

    +15 +20

  • Chorshanba, 18

    +17 +20

  • Payshanba, 19

    +23 +20

  • Juma, 20

    +16 +20

  • Shanba, 21

    +11 +20

  • Yakshanba, 22

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

YuZ MING KIShI ORASIDAN TANLANGAN ODAM

yoxud qartaboz qaynota-qaynona va kelin-kuyovlar ko'payayotgani rostmi?
Jamiyat
500 12:45 | 12.02.2026 12:45

Qo'l telefonimga «+99855...» kodli turli raqamlardan tez-tez qo'ng'iroq bo'lib turadi. Uning tugmachasini bosishim bilanoq notanish kishi turli mahsulotlarini, ko'rsatadigan xizmatlari yoki allaqanday o'quv markazidagi til o'rgatish kurslarini reklama qila boshlaydi. Men taklif etilayotgan xizmatlarga ehtiyojim yo'qligini eslatib, aloqani uzaman. Aksariyati hurmatini bilib, qayta bezovta qilmaydi. Biroq to'rt-beshta kompaniyaning surbet vakillari borki, ish vaqtimi, kechasi yo dam olish kunimi – ularga farqi yo'q. O'zlari xohlagan paytda qayta-qayta telefon qilib, reklamasini tiqishtira boshlashadi.


Keling, avvalo, har gal aloqani «Toshkent shahar sog'lomlashtirish markazidanmiz» degan bir xil gapni aytib boshlaydigan «Lisali»(?!) kompaniyasi operatori bilan muloqot hamda shu bois o'tkazilgan kichik surishtiruv haqida to'xtalaylik. Ushbu muassasa vakillari qariyb bir yil mobaynida bot-bot qo'ng'iroq qilaverib, kaminani juda ko'p bezovta qilishdi. Keyin bilishimcha, birgina men emas, raqami qandaydir sabablarga ko'ra o'sha markazning komp'yuter bazasiga tushgan boshqa hamyurtlarimiz ham bunday holatlarga ko'p martalab duchor bo'lishgan ekan.


Xo'sh, kompaniyaning asl muddaosi nima?


Aytishlaricha, men telefon raqamim yuz mingta raqam ichidan tanlangan omadli mijoz ekanman. Natijada ularning malakali mutaxassislaridan o'ndan ortiq kasalliklar bo'yicha telefon orqali bepul maslahat olish huquqiga va sog'lomlashtiruvchi mahsulotlari xaridi uchun 50 foizlik chegirmaga ega bo'libman. Binobarin, menda ular sanab o'tgan biror xastalik bo'lsa, darhol dardimni aytib, imkoniyatdan foydalanib qolishim kerak emish. «Raqamimni qaerdan oldingiz?» degan savolimga esa, «Sog'liqni saqlash vazirligidan!» deya javob qilishdi.



Xullas, har safar turli raqamlar orqali bezovta qiladigan kompaniya o'z xizmatini taklif etishdan, men esa ularning raqamlarini «qora ro'yxat»ga tirkashdan charchamadim. vaqti-vaqti bilan internetdan ushbu kompaniya faoliyatiga oid ma'lumotlarni izlab ko'rdim. Youtube tarmog'ida «Lisali tabiiy mahsulotlari» nomli kanal ochilgan, bor-yo'g'i to'rt nafar obunachiga ega sahifaga ikki yil avval ikkitagina videomaterial joylashtirilgan ekan. Ularda sog'lomlashtirish markazi operatorlari uchun o'tkazilgan konsul'tatsiya jarayoni aks etgan. Masalan, biznes-trenerlardan biri (ehtimol, shu tashkilotning rahbaridir) davrada o'tirgan olti nafar operatorga mijozlar bilan telefonda qanday gaplashish lozimligini o'rgatib, ularga ta'sir o'tkazish orqali mahsulotlariga buyurtmalar sonini oshirish usullari bo'yicha tushunchalar beradi. Unga ko'ra, mijozning kasalligi nomini, albatta, daftarga yozish, bemorga kompaniya mahsulotlari sog'ayishiga yordam berishini ishonarli tarzda tushuntirish zarur.


videolavhada odamlar bilan «Shegirmangizdan foydalanasizmi?» deya bo'sh-bayov, iltimosnamo ohangda emas, balki «Sizga chegirma tushgan ekan. Shu bois qo'ng'iroq qilyapman. Salomatligingizda qandaydir muammolar borligi to'g'rimi?» deya aniq-tiniq va ishonch bilan «Mahsulotni jo'natayapman, manzilingizni ayting!» deya dadil-dadil suhbatlashish darkorligi uqtiriladi. Tasviriy lavhani teran tahlil qilsangiz, undan ko'zlangan maqsad bitta – sodda odamlarni qarmoqqa ilintirish va bir amallab o'z mahsulotlarini pullash ekanligini tushunib olasiz. Aftidan, ish jarayoni bilan bog'liq va ichki sirlar aks etgan ushbu videolar «sog'lomlashtirish markazi» vakillari tomonidan anglashilmovchilik tufayli tarmoqqa joylangan va uni o'chirish yoddan ko'tarilgan.


Endi asosiy muddaoga o'taylik. Bu va unga o'xshash tadbirkorlik sub'ektlari fuqarolarga tegishli telefon raqamlarini egalarining ruxsatisiz qaerdan olishyapti? Ular odamlar salomatligini garovga qo'yish evaziga yuritayotgan tadbirkorlik faoliyati joriy qonunlarimiz talablariga nechog'liq javob beradi? Ochiq manbalarga ko'ra, Toshkent shahrining Shilonzor tumanida ro'yxatdan o'tgan «Lisali» mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarining ixtisoslashmagan ulgurji savdosiga mo'ljallangan.


Shunday ekan, MShJ operatorlari odamlarga qo'ng'iroq qilib, turli kasalliklardan davolanish bo'yicha maslahatlar berishga va mahsulotlarini reklama qilishga qay darajada vakolatli? Raqobat qo'mitasi ushbu holatni, albatta, o'rganib chiqishi shart. Shunki oramizda muayyan kasallikdan shifo topish umidida yurgan va birovlarning yolg'on gaplariga ishonib, chuv tushib qolishi mumkin bo'lgan kishilar ham ko'p.


Umuman olganda, bugun turli toifadagi tadbirkorlik sub'ektlarining yuqoridagi kabi telefon qo'ng'iroqlari vositasida hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yo'lga qo'ygan reklamalari ustidan jiddiy nazorat o'rnatish, bu ishlarni tartibga solish vaqti allaqachon kelgan. Shunki oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yo'nalishdagi qonunchilik talablariga xilof, eng yomoni, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga zid reklamalar yovvoyi qo'ziqorindek tobora ko'paymoqda.


Da'volarimiz quruq bo'lmasligi uchun misollar keltirsak. Ijtimoiy tarmoqlarda «1mittivine» nomi ostida videolavhalar ulashadigan blogerlar jamoasi bor. Ular turli xizmat yoki mahsulotlar reklamalarini o'zlari ijrosidagi qisqa roliklarga ustalik bilan singdirib yuborishadi. Masalan, bittasining syujeti quyidagicha: ota, ona, o'g'il, kelin chorpoyada o'tirib va juft-juft bo'lib, qarta o'ynashadi. Yutqazgan juftlik g'olib tomon aytgan shartni bajaradi. Bir gal o'yinni boy bergan qaynota-qaynona kelinning talabiga ko'ra, qudasining uyiga borib «Sizlarni yomonlagan, haqoratlagan joylarimiz bor, uzr so'raymiz», deb egilib-bukilib ta'zim qilishadi. Keyingi safar mag'lub bo'lgan kelin mahalla bo'ylab yayov yurib, «Men befarosat, qaynota-qaynonasiga qaramaydigan kelinman», deya qichqiradi. Ortidan kelayotgan kuyov esa, baland ovozda takror-takror «Men xotinning quliman, u chizgan chiziqdan chiqmayman», deydi. Katta ko'cha boshida ularni zavq bilan kuzatayotgan ota-ona esa chanqovbosdiga tabiiy mevalarning sof ta'mi saqlanib qolgan noyob ichimlik – «Micco» sharbatini simirib huzurlanishadi.


Tarmoqlarni titkilab ko'rsam, «Qimorbozlar oilasi» lavhalarining boshqa seriyalari ham bor ekan. Aniqrog'i, qartada yutqazgan ota-o'g'il g'olib tomon – ona va kelinning talabiga binoan, «Yuksalish» nomi ostidagi maishiy texnika do'koniga kelib, chegirmadan foydalangan holda turli buyumlar xarid qilishar ekan. Ehtimol, asl maqsadi faqat tomoshabinni ko'paytirish va pul topishdan iborat bu jamoa a'zolari o'zlari bilgan-bilmagan holda, g'irt sharmandagarchilikni targ'ib qilishayotganiga, millat yoshlari ma'naviyatini yemirishayotganiga farosatlari yetmas, ammo reklamalarga buyurtma bergan ishlab chiqaruvchilar va «Yuksalish» do'koni ta'sischilari uchun uyat, oriyat, oilaviy qadriyat, o'zbekona madaniyat tushunchalari begonami?


Oila davrasida o'tirib, qartabozlik qilish qachondan beri oddiy holga aylanib qoldi? Muayyan biznesni targ'ib qilish niyatida bunday aqlga sig'maydigan, zo'rma-zo'raki ko'rinishlarni sahnalashtirib, ommaga yoyish millatga nisbatan dushmanlik emasmi? Bu lavhalarni son-sanoqsiz kishilar tomosha qilishyapti.


Masalan, instagramda ushbu ijrochilardan har birining 1 milliondan ziyod obunachilari bor va boyagi reklama har bir sahifada aylanib yotibdi. Ming afsuski, bu yagona holat emas. Feysbuk tasmasida tez-tez chiqib turadigan ayrim mehmonxonalarga chorlov maqsadida olingan lavhalarni kuzatsangiz, milliylikdan yiroq liboslarda ko'rinish bergan qizlar so'z borayotgan manzildagi shart-sharoitlarni maqtash asnosi bu yerga kelish uchun birgina pasport yetarli ekaniga, juftliklar «bez ZAGS» ham bitta xonadan joy olishlari mumkinligiga urg'u bermoqdalar.


Mazkur tarmoqdagi «Astoria», «Jontowr», «Marco Polo» kabi o'nga yaqin mehmonxonalar reklamalarida shu yanglig' milliy madaniyatga zid, oilaviy-axloqiy qadriyatlarni zimdan yemirishga xizmat qiladigan lavhalarga ko'zingiz tushadi. Bu nima, istalgan erkak xohlagan ayolini qo'ltiqlab kelib, dam olib ketishi mumkin, mehmonxona pulini to'lasa kifoya, deganimi? voajabo!.. Yodingizda bo'lsa, bundan sal oldin kontentlarga nisbatan «ma'naviyat ekspertizasi» qo'llanilishi haqidagi takliflar muhokama markaziga chiqqan edi. O'shanda ko'pchilik «Bu – so'z va ijod erkinligini cheklash!» deya ayyuhannos soldi.


Biroq ular istagan odam og'ziga kelgan gapni aytayotganini, o'ziga ma'qul bo'lgan ko'rsatuvni ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilayotganini, hammasidanam achinarlisi, millionlab yoshlarni ma'naviy tanazzul sari yetaklayotganini o'ylab ko'rishganmikan? Bizningcha, kun tartibidagi mavzu ham qonunchilik, ham ma'naviy-axloqiy jihatidan tizimli ravishda tahlil qilinib, keskin choralar ko'rilishi zarur.


O'ylaymizki, bu mavzu respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining kengaytirilgan yig'ilishlarida ham asosiy masalalardan biriga aylanadi va amaliy ishlar boshlanadi. Axir, donolar bilib aytishganidek, shahar bedarvoza emas-ku!..


Nurillo NO''MONOv
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5886 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat