Ishchilar bilan qisqa muddatli mehnat shartnomasi tuzishga ruxsat beriladi
Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.
Bu haqda Prezident ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilishda ma'lum qilindi.
Shuningdek, savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq bo'yicha imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirilgani aytib o'tildi.
“Ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilandi. O'tgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga ko'paydi.
Muhimi, ko'p korxonalar “soya”dan chiqib, oylikni to'g'ri ko'rsatishga o'tgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra ko'payib, qo'shimcha 2,1 trillion so'm soliq tushdi.
Shu bois ko'p tadbirkorlar imtiyoz muddatini yana uch yilga uzaytirishni so'ramoqda. Bu taklif ma'qullanib, endilikda imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 million so'm oylik oladigan 30 yoshgacha bo'lgan ishchilariga qo'llanishi belgilandi”, – dedi davlat rahbari.
Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to'layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytirilishi ta'kidlandi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0