Valyuta UZS
  • USD

    12 790.4322.17

  • EUR

    14 486.4486.4

  • RUB

    162.60-0.03

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 02-June

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Dushanba, 02

    +16 +20

  • Seshanba, 03

    +15 +20

  • Chorshanba, 04

    +18 +20

  • Payshanba, 05

    +20 +20

  • Juma, 06

    +24 +20

  • Shanba, 07

    +19 +20

  • Yakshanba, 08

    +19 +20

  • Dushanba, 09

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Islom – salomatlik targ'ibotchisi”

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan ilk bor “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari hamda “Islom – salomatlik targ'ibotchisi” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Jamiyat
986 15:08 | 27.05.2025 15:08

Mazkur tashabbus Prezidentimizning 2025 yil 14 fevral kuni yoshlar bilan bo'lgan ochiq muloqotida ilgari surilgan vazifalar, shuningdek, 2025 yil 21 apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda diniy-ma'rifiy sohada islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmon va 2025 yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.


Tadbirning asosiy maqsadi – oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni keng ommalashtirish, yoshlarda sog'lom hayot tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni rag'batlantirish hamda o'zaro do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashdir. Musobaqalar orqali talabalar orasida sog'lom raqobat, hurmat va o'zaro anglashuv muhitini yaratish ko'zda tutilgan.


Sport festivali O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari bo'yicha qo'mita hamda O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida o'tkazildi.


Tadbirning ochilish marosimida akademiya rektori, faxriy mehmonlar, o'qituvchilar, xodimlar va diniy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. “Ziyo-zukko” nodavlat ta'lim muassasasi o'quvchilari va akademiya talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchaga yuqori kayfiyat bag'ishladi. Ayniqsa, “Yangi O'zbekiston” qo'shig'i asosida namoyish etilgan sahna ko'rinishlari alohida e'tibor qozondi.


Konferensiya doirasida “Islom – salomatlik targ'ibotchisi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman ham bo'lib o'tdi. Unda sport va sog'lom turmush tarzi islomiy qadriyatlar bilan uzviy bog'liqligi, bu yo'nalishdagi targ'ibotning samarali usullari muhokama qilindi.


Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Milliy paralimpiya qo'mitasi, Talabalar sport assosiatsiyasi hamda Islomshunoslik akademiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.


Musobaqalarda O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, uning huzuridagi akademik litsey Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi va Imom Termiziy nomidagi Termiz islom instituti jamoalari ishtirok etdi.


Ishtirokchilar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlarida bellashishdi. Shuningdek, talabalar o'rtasida milliy sport o'yinlari – kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish musobaqalari ham tashkil etildi.


O'tkazilgan tadbirlar doirasida Sport vazirining tegishli buyrug'iga muvofiq, Akademiya rektori Muzaffar Komilov “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.


Ushbu sport festivali nafaqat jismoniy tarbiya va sog'lom turmush targ'iboti, balki yoshlar o'rtasida milliy birlik, hamjihatlik va sog'lom raqobat muhitini mustahkamlash yo'lida muhim qadam bo'ldi.


Mashhura JO'RAQULOVA


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4127 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat