“KASABA IShONСhI” Respublika tanlovi
“11 noyabr' – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni tadbirlarini tashkil qilishga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasining yig'ilish Bayoni tasdiqlangan. Unda respublika bo'yicha “O'zbekiston kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan” g'oyasi asosida madaniy-ma'rifiy, targ'ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari hamda Ishonch.uz sayti “Kasaba ishonchi” respublika tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovning bosh maqsadi davlat va jamoat tashkilotlarida xizmat qilayotgan mehnat jamoalarining birdamligini oshirish, ularning Vatan taraqqiyotiga qo'shayotgan xizmatini ko'rsatish, Kasaba uyushmalari tizimi jamiyatda birdamlik timsoliga aylanayotganini namoyon etish, shuningdek, Kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan   tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar, boshlang'ich tashkilotlar, hududiy va tarmoq kasaba uyushmalarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning fidokorona mehnati va tashabbuslarini rag'batlantirish hamda ularning faoliyatini keng targ'ib qilishdir.
ASOSIY QOIDALAR
Tanlov Ishonch.uz sayti orqali o'tkaziladigan so'rovnoma va ovoz berish yo'li bilan tashkil qilinadi.
Unda:
- "Eng namunali boshlang'ich kasaba uyushmasi";
- “Eng namunali tuman (shahar) kengashi”;
- Kasaba uyushmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari o'rtasida “Eng yaxshi hududiy kengash”;
- Tarmoq xodimlari kasaba uyushmalari o'rtasida “Eng yaxshi Respublika kengashi";
- Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylar o'rtasida “Eng yaxshi sanatoriy”;
- «Kasaba uyushmasi qo'mitalarining ayol raislari o'rtasida “Eng yaxshi ayol raisa» nominatsiyalari g'oliblari aniqlanadi.
Shuningdek, Kasaba uyushmalari tizimining “Kasaba uyushmalarining eng yaqin hamkorlari” e'lon qilinadi.
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
“Kasaba faoli” Respublika tanlovida quyidagi toifadagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin:
✅ 1. Kasaba uyushma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar:
- Korxona, muassasa va tashkilotlardagi boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari va faollari;
- Hududiy va tuman (shahar) kasaba uyushmalari kengashlari xodimlari;
- Tarmoq kasaba uyushmalari (ta'lim, tibbiyot, qurilish va boshqa sohalar)ning vakillari;
- Tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan kasaba uyushma faollari, yetakchilari va tashabbuskor a'zolar.
✅ 2. Kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qiluvchi tashkilot vakillari:
•  Mehnat jamoalari bilan samarali hamkorlikda bo'lgan ijtimoiy hamkorlar, xususan:
- Davlat idoralari,
- Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT),
- OAV vakillari,
- Boshqa jamoat tashkilotlari.
________________________________________
Qatnashish shartlari:
Tanlovda nomzod ishtirokchilar ro'yxati Ishonch.uz saytining rasmiy telegram kanali orqali e'lon qilib boriladi. Ro'yxatda ko'rsatilgan ishtirokchilarga jamoatchilik tomonidan ovoz beriladi.
Eslatma:
“Kasaba ishonchi” respublika tanlovi nominatsiyalari g'oliblari «11-noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni» arafasida e'lon qilinadi.
Barcha sovrindorlar maxsus sertifikat, tanlov ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Ishonch.uz sayti va Telegramdagi «Ishonch.uz» rasmiy kanalini kuzatib boring!
Murojaat va hamkorlik takliflari uchun Telegramdagi @ishonchuzaloqa_bot'ga yozing yoki (+998 70 037-77-34) telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling.



 
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
   
  
Maqolaga baho bering
0/5296
14
7
2
2