Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +1 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +5 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +5 +20

  • Dushanba, 17

    +8 +20

  • Seshanba, 18

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ekologiyaga yangi tizimli yondashuv zarur

Nazarimda, biz ekologiyani juda tor va jo'n ma'noda tushunamiz. Ehtimol, shu sababdan ushbu sohadagi boshlagan harakatlarimizning aksariyati chala va samarasiz bo'lyapti.
Jamiyat
12180 22:09 | 11.12.2023 22:09

E'tibor beraylik, «ekologiya» so'zini bugun zamonaviy dunyo «environment», ya'ni atrof-muhit ma'nosida tushunadi va qabul qiladi. Bu esa mohiyatan juda keng qamrovli tushuncha. Unga ko'ra, atrofimizni o'rab turgan muhit bo'y-basticha ekologiyadir.


Demak, u hayot va faoliyatimizning muhim unsuri hisoblanadi. Uning ifoda ko'lami biz qabul qilgan daraxtzorlar va dashtu dalalar, xiyobonlardagi yashillik tushunchasidan ancha kengroq. Garchi bizdagi stereotiplarga g'ayri bo'lsa-da, u aslo mavhum tushuncha emas. Murakkab tuyulishi mumkin, ammo bu chigallik yechimini istiloh yoki nazariyadan emas, balki aynan odamlar, jamiyat yashayotgan muhitdan qidirsak to'g'riroq bo'ladi.


Bizda aksariyat holatlarda ekologiyani makro yondashuvda yoki makro ko'rinishda ifodalashadi. Ha, ekologiya bu toza havo, toza suv, toza yer demakdir, lekin bu umumiy tasavvur. Mikro yondashuvda, ya'ni minglab konkret vaziyatlarda va holatlarda masala yanada murakkablashadi. Shunchalikka boradiki, hatto bu sohadagi mavjud qonunlar va me'yoriy hujjatlar mo'rt bo'lib chiqadi va hatto «atrof-muhit» degan siyosatni soxtalashtirganday bo'ladi.


Siyosiy adabiyotlarda «Shayton tafsilotlarda pinhon» («D'yavol kroetsya v detalyax») degan ibora bor. Ya'ni, har bir konkret vaziyatda mavjud muammoning mayda unsurlariga kirishgan sari uning yangidan-yangi jihatlari namoyon bo'ladi va vaziyatni qonun va boshqa hujjatlarda belgilanganidek boshqarish imkoni torayadi.


O'z-o'zimizni bir savolga tutaylik-a: nega moratoriy o'rnatilganiga qaramasdan daraxtlar baribir kesilyapti? Сhunki kesilgan daraxt uchun tadbirkorga qo'llangan chora-jarima to'lash qonunbuzar uchun ta'sirli usul emas. Сhunki u rejasidagi ishdan kesilgan daraxtlar uchun to'lagan pulidan yuz chandon ko'proq daromad oladi. Kesadi, to'laydi va ishini davom ettiradi. Bugun bundan-da battarroq usullar paydo bo'ldi. Ya'ni daraxtlarni turli yo'llar orqali quritish. Shunday qilinsa, hatto jarima ham to'lanmaydi. Сhunki qurib-qaqshagan daraxtni kesishga izn bor.


Albatta, bizda ekologiya muammosi davlat darajasida jiddiy tushunilishi ham bor gap. Xususan, Prezident «Yashil makon» siyosatini e'lon qildi va bu borada tegishli farmon ham chiqdi. Xo'sh, «Yashil makon» o'zi nima? Uni biz qanday tushunmog'imiz kerak? Masalan, faqat o'rmonlaru bog'lar emas, o'tloq ham, bedazoru qamishzor ham yashil makon-ku?! Demak, to ushbu tushunchaga aniq kontseptual izoh yoki nom berilmaguncha uni turlicha atasa, spekulyativ talqin qilsa bo'ladi. Keling, shartli ravishda, uni shunday ataylik: «Yashil makon» — bu barcha daraxtzor, ekinzor, noyob hayvonot yashaydigan hudud va tabiat qo'yni.


Xo'p, nom ham topdik, endi shunga ko'ra nima qilish kerak? Taassufki, ayni masalada ham savollar ko'p. Misol uchun siz, «Mevali va manzarali» daraxtlar degan gap (tasnif)ni qanday tushunasiz? Men buni mevali daraxtning manzarasi yo'q, u shaklan oddiy bir og'och, mohiyatan sog'in sigirdek daromad manbai ma'nosida qabul qilaman. Garchi, qo'pol bo'lsa-da, bundan bo'lak talqin yopishmaydi bu o'rinda. Axir, nahotki, bahorda qiyg'os gullab, kuzda meva beradigan, qo'li gul bog'bonlarimiz mehri ila parvarish qilingan mevali daraxtning manzarasi yo'q bo'lsa?


Yo'q, biz bu toifaga faqat archa, qayrag'och, tol va boshqa bir nechta ajnabiy daraxtlarnigina kiritamiz. Mening nazdimda, daraxtlarni toifaga ajratish noto'g'ri va buning biz uchun zararli tomonlari bor.


Masalan, bugun ekologlarimiz, sohaga mas'ul mulozimlarimiz tafakkuri va amaliyotida manzarali daraxtlarni kesish jinoyat, mevali daraxtlarga bolta urish esa mumkin, degan g'alati tushuncha qoida tusiga kirgan. Ular bu iddaolarini, hatto, qonunlarimizdagi moddalar bilan asoslashga urinishadi. Ammo, nafsilambrini aytganda, bu xato tushuncha. Negaki, ular tilida aytadigan bo'lsak, mevalisi ham, manzaralisi ham — nabotot-ku!


Jamiyatdagi mavjud a'mollarimiz va uzoq yillar olib borilgan noto'g'ri ekologik siyosat, afsuski, bugungi zamonlarga kelib, tadbirkor va aholini bir biriga dushman qilib qo'ydi. Shiorlarimiz orasida «inson qadri» degan bir chiroylisi bor. Lekin biz bir narsani aniqlashtirib olishimiz kerak; «inson» deganda biz bu istilohni keng ma'noda tushunishimiz kerakmi yoki ma'lum bir sinflar doirasidami? Masalan, yashnab turgan daraxtzor o'rniga inshoot qurmoqchi bo'lgan tadbirkor manfaati uchun nega uning tabiatga yetkazgan zararidan ko'z yumish kerak?


O'tgan yili Toshkent shahri dunyoda changli havo borasida birinchi o'ringa chiqqanligidan xabaringiz bor, albatta. Сhang qaerdan paydo bo'lyapti? Bu holatga daraxtlarning kesilishi va qurilish ko'lami kengayishi sabab emasmi? Poytaxtimizning ayni reytingda yuqori o'ringa chiqib olishi bizni ekologiyaning milliy xavfsizlik darajasiga ko'tarilganidan ogohlantirmayaptimi? Hozir ekologik muammolarni radikal yechish vaqti keldi. Bu borada, yirik loyihalar ham, mayda ishlar ham bugun o'ta muhim. Masalan, o'rindiqlar masalasini olaylik. U aslida odamlarning o'tirib dam olishi, suhbat qurishi uchun qo'yiladi. Bizda esa ular juda siyrak. Ba'zan o'tirishga joy topolmaysiz ham. Nega shunday?


Nima, shahar hokimligi aholidan o'rindiqlarni qizg'anadimi? Shunday ko'zga ko'rinib turgan, oson yechiladigan muammoni hal qilishga nima to'sqinlik qiladi? Ba'zan omadingiz chopib, bo'sh o'rindiqni topganingizda ham dilingiz ravshan tortmaydi; ularning aksariyati o'tirib bo'lmaydigan darajada noqulay va qo'pol shaklda.


Xullas, endi yana rasmiy hujjatlarimiz masalasiga qaytsak. Atrof-muhit muammolariga oid mavjud qonun va me'yoriy hujjatlarni ko'rib chiqib, ba'zi holatlarda hayron qolmaslikning iloji yo'q: ular shunday mo'rt tuzilganki, ularni uddaburon tadbirkor bemalol aylanib o'tishi mumkin.


Iddaomiz asossiz bo'lmasligi uchun misol keltiraman.


O'zbekiston Respublikasining «Ma'muriy javobgarlik to'g'risida»gi kodeksida «Erga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sug'oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan, yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi» to'g'risida bob bor. Unda aybdorga jazo sifatida faqat jarima belgilangan. Bu maqolamiz avvalidagi aytgan gapning aynan o'zi: tadbirkor jarimani to'laydi-da, ishida davom etaveradi…


Mazkur hujjatda qurilish ishlari ketayotgan hududda yarim tungacha shovqin qilib ishlash, chang ko'tarish shu hududda yashovchi aholi uchun ma'naviy zarar ekani va bunga qonunan yo'l qo'yib bo'lmasligi («Inson qadri») to'g'risida hech narsa deyilmagan.


Umuman olganda, bugunga kelib, qurilish ko'lamini kamaytirishni ekologik vaziyatning o'zi taqozo etyapti.


To'g'ri, demografik dinamika yuqori bo'lgan bizning jamiyatda bu gap quloqqa erish tuyulishi ham mumkin. Ko'pchilik aholi ko'paymoqda, uylarni ko'proq qurishning nimasi yomon, deyishi mumkin. Bu to'g'ri. Ammo «aholiparvarlik» bugun shaharda yashayotgan insonlar notinchligi, xavfsizligi «o'g'irlanishi» hisobiga bo'lmasligi kerak.


Misol uchun, nega biz megopolislarimizni ko'paytirish haqida o'ylamaymiz?! Mamlakat aholisining katta qismini Toshkentga «yig'ib olishimiz» qanchalik to'g'ri? Bugun boshkentda aholi haddan tashqari ko'payib ketmadimi? Agar, deylik, ayni damda Toshkent aholisi 6 millionga yaqin desak, unda O'zbekiston nufusining deyarli 16 foizi poytaxtda ekan-da! Masalan, Turkiya poytaxti Anqaraning 5,6 million aholisi bor. Umumiy aholi soni esa 85 million. Demak, poytaxtda mamlakatning 6 foiz aholisi yashar ekan. AQSh aholisi 331 million bo'lsa, Vashingtonda 600 ming kishi yashaydi, ya'ni taxminan 0,2 foiz! Frantsiya poytaxti Parijda butun mamlakatning 2 foiz aholisi istiqomat qiladi.


Rivojlangan mamlakatlar va ularning poytaxtlarida aholi hududiy jihatdan nafaqat normal me'yoriy taqsimlangan, yirik shaharlarda estakada va tonnellar juda ko'p bo'lib, mashinalarda yurish juda qulay.


Bizda, Toshkentda esa...
Yana Energetika vazirligi ko'pchilik ziyolilarimizni energetika sohasida yuzaga kelgan inqirozni tushunishga da'vat qiladi. Asosiy sabab uzoq yillar rejasiz olib borilgan qurilishlarda, atrof-muhitga e'tiborsizlikda ekanini hech kim eslamaydi yoki tushunmaydi. Bugun Toshkentda yashayotgan odam bir xulosani yanada chuqurroq tushunib bormoqda: qurilish ishlarini to'xtatish yoki sekinlashtirish kerak, toki tabiat o'zini o'zi tiklashga ulgursin.


BMT Bosh kotibi A.Guterrish yaqinda shunday bayonot berdi: «Global isish davri tugadi, endi global qaynash davri keldi».


Olimlarning ma'lumotiga ko'ra, ekstremal issiqlik bu iqlimning antropogen o'zgarishining to'g'ridan-to'g'ri oqibatidir. Demak, atrof-muhitni nobud qilish ham, qutqarish ham insonning o'z qo'lida. O'zbekiston ham, boshqa mamlakatlar qatorida global «qaynash»ga oz bo'lsa-da o'z hissasini qo'shyapti. Bundan esa birinchi galda o'zi jabr ko'ryapti. Bu sohada siyosatni, qonunlarni va tarbiyani tubdan isloh qilish davri keldi va buni kechiktirib bo'lmaydi.


Yangi Konstitutsiyamiz 49-bobida «Davlat barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi», deyilgan. 62-bobida esa faqat «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar», deyilgan. Shunday muhim va milliy xavfsizlikka daxldor masalaga faqatgina 2 bob ajratilgan, xolos. Ular ham yetarli darajada pishiq-puxta emas. Masalan, fuqarolarning ekologik huquqlari o'zi nimalardan iborat va ularni davlat qanday himoya qiladi? Agar fuqaro va tadbirkor o'rtasida ekologik masalalarga oid mojaro sodir bo'lsa, davlat kimning tarafida bo'ladi?


Shu muammolarni tahlil qilib maqolani yozyapman-u, mahallamda 18 gektar gurkuragan go'zal bog' — baravj mevazor va archazor qurilish uchun tadbirkorga berilgani tufayli nobud bo'lish xavfi ostida turgani ko'z oldimdan ketmaydi.


Mahalla ahli shikoyat bilan ko'plab davlat idoralariga — quyi darajadagi hokimiyatdan to Senatgacha murojaat qildi. Ammo tadbirkorning hujjatlarida hamma narsa chiroyli va qonuniy qilib ko'rsatilgan, deya hech kim ko'mak qo'lini cho'zmadi.


Endilikda bo'y yetgan ulkan yashil makonda sug'orilishi to'xtatilgan daraxtlar changga botib, quriy boshladi. Bu bog' mahalla aholisiga berilsa, odamlarning o'zi bog'ni yanada obodonlashtirib qo'yishi mumkin edi.


Mana shu misol muammoning yana bir muhim jihatini ko'rsatib bermoqda. Ya'ni, aholi, fuqarolarning ishtiroki va faolligi atrof-muhitni asrab-avaylashda o'ta muhimdir.


Qolaversa, ayni misol atrof-muhitga tizimli yondashish fuqarolarning bevosita ishtirokisiz doim chala va nomukammal bo'lib qolaverishini ochiq ko'rsatib berishi mumkin. Сhunki joylardagi konkret vaziyatlar har xil bo'ladi va ularni eng ko'p va to'g'ridan-to'g'ri his qiluvchilar aynan mahalliy aholidir.


Men yuqorida ekologiyaning mazmun-mohiyati biz o'ylagan va qabul qilganimizdan hiyla kengroq, dedim. Darhaqiqat, shunday. Masalaga chuqurroq yondashsak, hamma narsani atrof-muhit masalalari bilan bog'lash mumkin. Metro vagonlarida diqqinafas bo'lib ketish ham atrof-muhit, chiroyli metromizni xunuk reklama bilan «bezash» ham atrof-muhit, shahar ariqlari chiqitga to'lishi ham atrof-muhit, ko'r-ko'rona osmono'par binolarni qurish ham atrof-muhit, avtobusdan tushib chiptani ko'chaga tashlash ham atrof-muhit, uylarda chiroqlar o'chishi ham atrof-muhit, ishsizlikning ko'payishi ham atrof-muhit, haydovchilar mashinasidagi radiosini shang'illatib yurishi ham atrof-muhit, yarim tunda to'yxonadan chiqib uyga qaytishda mashina signalini chalib, butun mahalla ahlini bezovta qilish ham atrof-muhit, bozorda, do'konda va hatto samolyotga chiqishda navbatga turmaslik ham atrof-muhit, hokimlarning o'z vakolatini suiiste'mol qilishi ham atrof-muhit va hokazo...


Yaponiyaning yer maydoni deyarli 380000 kv.km. O'zbekistonning hududi sal kam 450000 kv.km., ya'ni Yaponiyanikidan sezilarli yirikroq, ammo Yaponiyaning aholisi 126 million, O'zbekistonda undan uch yarim barobar kam — 36 million. Singapurning hududi salkam 730 kv.km., aholisi 5,5 million.


Aholi zichligi O'zbekistonnikidan deyarli 95 barobar ko'p. Turkiya hududi 783000 kv.km., aholisi 85 million, Gruziya hududi 70000 kv.km., aholisi 3,7 million. Bu davlatlarning oldida mamlakatimizning demografik sifati nisbatan normal. Lekin ularda gaz uzilishi, elektr o'chishi, suv qurishi to'g'risida deyarli eshitmaymiz. Aholi zichligi bo'yicha O'zbekiston dunyoda 134-o'rinda, ya'ni o'rta hisobda O'zbekiston aholisi unchalik tig'iz joylashmagan, tabiiy boyliklarimiz, shu jumladan, energiya resurslariga boy mamlakatmiz. Lekin…


Xullas, atrof-muhitimizning yomonlashib ketishiga uzoq yillar davomida shakllangan ekologik siyosatimizning to'g'ri o'zanda emasligi ham sabab bo'lmoqda. Buning ustiga tadbirkorlar (boylar) sinfiga ko'rsatilayotgan cheksiz «marhamat»lar ham ekologiyaning buzilishiga sabab bo'lmoqda.


Albatta, men bugun atrof-muhit bilan hech kim shug'ullanmayapti, demoqchi emasman. Lekin ekologik siyosatda makro-darajadan mikro-darajaga qarash va asosiy muammolar aynan nuqtada, ya'ni konkret joylarda va konkret vaziyatlarda to'planib qolayotganiga alohida e'tibor qaratish zarur, deb hisoblayman.


Mohiyatan qaraganda, qonunlar statik xarakterga ega, atrof-muhit esa dinamik. Qonunlar qog'ozga bir yozilib o'zgarmas bo'ladi, hayotda esa aynan atrof-muhitimizda deyarli har kuni o'zgarishlar va ayniqsa, global iqlim o'zgarishi sababli salbiy hodisalar kuzatilyapti. Demak, qonunlar va me'yoriy hujjatlar qayta ko'rib chiqilishi, kerak bo'lsa, qayta tuzilishi zarurki, toki, ular tizimli mohiyatga ega bo'lsin!


Jamiyatshunoslik fanida ko'p qo'llaniladigan ijtimoiy munosabatlar, bu aslida ko'p jihatdan ekologik munosabatlar hamdir. Nimagaki, u bizni o'rab turgan atrof-muhitda kechadi. Shu ma'noda, barchamiz atrof-muhitdagi mavjud murakkab bo'g'inlar va zanjirlarning ajralmas qismimiz. Bu o'rinda insonni alohida, atrof-muhitni alohida ko'rish noto'g'ri. Tizimli yondashuvda inson, jamiyat va tabiat, bu yaxlit atrof-muhitdir.


Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, masalaning dolzarb ahamiyatini hisobga olib, mutasaddi idoralar va masalaga aloqador mas'ul mulozimlar hamda qonun chiqaruvchi quyi palatamiz deputatlariga quyidagi ham kontseptual, ham amaliy takliflarimni yo'llashni afzal bildim:
1) Bir martadan ortiq daraxt kesgani uchun jarima to'lab, yana shunday qonunbuzilishga qo'l urgan tadbirkorning o'sha joydagi faoliyati butkul to'xtatilsin.
2) «Mevali va manzarali daraxtlar» degan tushunchalarni soxta tushunchalar deb e'tirof etish kerak; shuning uchun daraxtlarni kesish-kesmaslik masalasini ular mevali yoki manzarali degan tasnifga bog'lamasdan, boshqa mezonlar asosida hal qilish kerak.
3) Daraxtzor va ekinzorlar katta maydonni egallagan hududlar (1 gektar va undan kattaroq) avtomatik tarzda «yashil makon» deb hisoblansin. Undan kichikroq maydonlarga nisbatan konkret vaziyatga qarab munosabat va qaror qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi belgilanishi kerak.
4) Har bir vaziyatda, yashil makon bilan bog'liq masalalar keng jamoatchilik, ayniqsa, o'sha hududda yashovchi aholining bevosita ishtiroki bilan hal qilinishi shart. Agar mazkur masalalar bo'yicha aholi va tadbirkor orasida ixtilof va keskin ziddiyat paydo bo'lsa, masalalar aholi foydasiga hal bo'lishi yoki vaqtincha to'xtatilishi zarur.
5) Xususiy tadbirkor yoki davlat korxonasi bo'lishidan qat'i nazar, ular yollagan ishchilar faqat ish shartnomasi asosida ishlashi talab qilinishi hamda ularning ish kuni 8 soatdan oshmasligi kerak! Ya'ni, ertalab soat 8:00 dan oldin va kechki vaqt soat 19:00 dan keyin ishlash taqiqlanishi shart.
6) Ko'chalar va xiyobonlarda o'rindiqlar sonini keskin ko'paytirish zarur.
7) Bunyodkorlik ko'lamini kamaytirish, qurilish ishlarini tezlashtirish emas, aksincha, sekinlashtirish kerak. O'shanda tabiatning o'zini o'zi tiklash jarayoni ham biroz me'yorlashadi.
8) Ko'chalar nomini va binolar raqamlarini aniq belgilash zarur.
9) Metroni reklamadan holi zonaga aylantirish juda muhim.
10) Maktablarda atrof-muhitni asrashga bag'ishlangan maxsus, ijodiy va innovatsion dasturlarni kiritish maqsadga muvofiq.


Farhod TOLIPOV,
siyosatshunos, «Bilim karvoni» nodavlat ilmiy muassasasi direktori


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3179 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat