Komp'yuter tarixi
Bugun murakkab texnologiyalar davrida yashamoqdamiz. Hattoki hayotimizni komp'yuter, aqlli qo'l soatlar, planshetlar, gadjetlarsiz tasavvur qila olmaymiz.
Xo'sh, ularning yaratilish tarixi haqida yaxshi bilamizmi? Komp'yuter va internet zamonamizning eng muhim ixtirolari sanalsa ham, ko'pchilik ular haqida batafsil ma'lumotga ega emas.
Komp'yuterni kashf etgan inson – Сharlz Bebbij hisoblanadi. Shuningdek, Alan Tyuring, Stiv Jobs, Bill Geyts va boshqalar komp'yuter texnologiyalarining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Geograflar tomonidan Сharlz Bebbijga ta'rif berilishicha, “Ilm-fanning jamiyatdagi mavqeyini oshirgan shaxsdir” – deb aytib o'tilgan. Uning bu darajaga erishishida onasi muhim rol' tutganini ta'kidlash lozim. Сhunki onasi uni turli xil ko'rgazmalar va muzeylarga tez-tez olib borgan. U yerlarda texnologiyalar namoyish etilgan.
Bebbij 1833 yilda analitik (zamonaviy komp'yuterning prototipi) deb nomlangan dasturlashtiriladigan komp'yuterni yaratish imkoniga ega bo'ladi. 1834 yilda Bebbij uni loyihalashni boshlaydi.
Analitik dvigatelda ombor (store), zavod yoki tegirmon (mill), boshqaruv elementi (control) va axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari qismlarni taqdim etadi. Bular hozirgi kunda komp'yuter xotirasi, deb ataladi. Shuningdek, u nafaqat bitta maxsus vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan, balki turli xil masalalarni yechish maqsadida kartochkalar yordamida dasturlashtirilishi va qayta ko'rsatmalar qilinishi mumkin bo'lgan mashina ixtiro etishni istagan.
Shu o'rinda Bebbijning kichik dasturlarini tuzishda ko'maklashgan Ada Lavleys haqida ham aytib o'tish joiz. Adaning texnologiyaga qiziqishi uning onasi Angliya markazidagi okruglarda mavjud bo'lgan uskunalar va zavodlarga ko'p olib borgan. Adaning o'ziga xosligi shunda edi-ki, u matematika olamning uyg'unligini tasvirlaydigan ajoyib – ba'zida esa hatto she'riy til ekanligini tushunardi hamda tasavvur qilardi. Qolaversa, u birinchi dasturchi ayol bo'lgan.
Dilnoza HABIBJONOVA,
O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0