Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

"Farg'ona tong otguncha" vodiyni qonga botirgan Skobelev sabab yozilganmidi?

Bir asar tarixi Tarixiy shaxslarni o'tmishdagi murakkab sharoitlar dunyoga keltiradi. Xuddi shunday, ba'zan buyuk asarlar davr taqazosi bilan tug'iladi. Bir asr osha yashab kelayotgan, o'lmas g'azal - "Farg'ona tong otguncha" ana shunday asarlar sirasidan.
O'zgacha rakurs
2680 17:33 | 06.11.2023 17:33

“Hijron o'tig'a bag'rim so'zona tong otquncha, O'rtab yuragim, jismim biryona tong otquncha”, deb boshlanadigan ushbu mungli g'azalning o'ziga xos, sirli o'tmishi bor. Gap shundaki, bu she'riy bitiklar chorizmning mustamlaka siyosatini O'rta Osiyoda qon va qilich bilan joriy qilgan dahshatli general Mixail Dmitrievich Skobelev nomi bilan bog'liqligi aytiladi.


Po'lat Qayyumiyning «Tazkirai Qayyumiy» asarida yozilishicha, Qo'qon xonligi general-gubernatori Mixail Skobelev farg'onalik olim-u fuzalolarni yig'ib, rus madaniyatini namoyish etish maqsadida ularga balet qo'yib beradi. "Agar millatni mahv etmoqchi bo'lsang, uni tilidan va qadryatlaridan judo qil", degan g'oyani ilgari surgan Skobelev uchun bu kabi kechalarni uyushtirish yangilik emasdi. Ko'p ulamolar, tabiiyki, balet boshlanishi bilanoq yerga qarab olishadi.


Ularning ichida mashhur shoir Haziniy ham bo'lgan. Boshlar balet tugaganidan so'nggina ko'tarilgan. Bu holatdan jahli chiqqan general yig'ilganlarni jazolashga qaror qiladi. Biroq, generalning ayoli e'tiqod hurmati eridan ularni jazolamaslikni so'raydi.


Shundan keyin Skobelev: «Mayli, tong otguncha Farg'onani tark qilsinlar», – deb buyruq beradi. Bunday buyruqdan g'amga tushgan Haziniy o'sha kecha yo'l bo'yi yig'lagancha o'zining mashhur «Farg'ona tong otguncha» g'azalini yozib, aytib boradi. Bir qarashda sevgi iztirobiday taassurot uyg'otadigan ushbu g'azalda mustamlakachilar sabab o'z Vataniga sig'magan ziyolilar qayg'usi mujassam.


Ma'lumki, Skobelev Turkistonda dastlab fon Kaufman qo'l ostida xizmat qilib, Qo'qon xonligini qonga botirgan edi. Keyinchalik u ana shu xizmatlari evaziga podshoh marhamatiga sazovor bo'lib, vodiy gubernatorligini qo'lga kiritadi. Ehtimol, "Farg'ona tong otguncha" Skobelevning Turkistondagi qonli qirg'inlari ramzi sifatida avlodlarga meros. Zero, Vatanning yaxshi kuni unutilsa-da, yomon kuni unutilmasligi kerak.


Haziniyning chevarasi Nargiza Manzurga ko'ra, g'azal oshiqona, orifona mazmunda yozilgan. Unda ishq otashida yonayotgan oshiqning yor vasliga yetguncha ko'z yosh to'kib, oh-nola ila sabr etmoqlikdan o'zga chorasi yo'qligi, tong otguncha shu iztirob og'ushida, hatto makoniga ham sig'mayotgandek bo'layotgani tasvirlangan.


Maftuna KARIMOVA


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
“Allo”ning tarixini bilasizmi?
0 1665 20:58 | 31.12.2023