Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Maqsad tartibga solish emas, pul undirishga o'xshayapti – yana avtojarimalar haqida

Yo'l qoidalarini buzganlik uchun qo'llanilayotgan jarimalar doim omma diqqat markazida. Buning asosiy sababi mazkur chora jamiyatning mudom harakatdagi va nisbatan ijtimoiy faol qatlami bo'lgan haydovchilarga ta'sir ko'rsatadi. Ammo, ularning ta'siri borgan sari ko'proq savollar tug'dirmoqda va shubha o'yg'otmoqda.
O'zgacha rakurs
1362 12:26 | 21.11.2023 12:26

Oxirgi misol ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi. Mehroj ismli yigitcha “Jarimalarni kollektsiya qilaman, birinchi kuniyoq uch marta radarga tushdim, “Kobal't”da 175 tezlik bilan tushganman, bitta jarimamning o'zi 2 mln 970 bo'lgan, bir oyda menga 40 mln so'mga yaqin jarima belgilangan” deya ochiqdan-ochiq maqtanadi. U qizil chiroqda o'tgani va boshqa qator qoidalarni ham qo'pol ravishda, nopisandlarcha buzgani ma'lum.


Albatta, bu o'rinda YHXX xodimlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'z vakolatlari doirasida va qonuniy chora ko'rishgan, ya'ni har bir qoidabuzarlik uchun belgilangan jarimani qo'llashgan. Ammo, shu o'rinda qonun adolatni toptab ketmayaptimi? Puli bor odam istagancha qoida buzishi mumkin va buning uchun jarimani to'lasa basmi? Qoida buzishi bilan maqtanayotgan bu potentsial qotilga ko'riladigan yagona chora shumi?


Bu yigitcha yolg'iz emasligi aniq, katta ehtimol bilan istagancha qoida buzadigan va jarimalarni to'lamay yuradiganlar ko'p. Ular maza qilib yurishlari uchun qonuniy lazeyka ham bor hatto. Jarimalar bir uyum bo'lganda “GAI”dagi akaxonlaridan biri pora olib, sekin hammasini bosti-bosti qilib yuboradi. Bu qiyinchilik tug'dirsa, hech kim e'tiroz qila olmaydigan ikkinchi usul bor – barcha jarimalar to'planib sudga olib chiqiladi. Sudda u shovvoz o'zini bechorahol qilib ko'rsatadi, sud'yaning ham bunga ishongisi kelib ketadi - minimal jazo (deylik 1 BHM) qo'llaydi. Ish bitdi, hammasi qonuniy!


Aslida jarimalar qo'llashdan yakuniy maqsad yo'l harakati madaniyatiga o'rgatish, qoidalar buzilishining oldini olish. Biroq, bu kabi holatlar shuni ko'rsatadiki, amalda jarimalarni qo'llashdan yagona maqsad – pul ishlash!


Bordi-yu tartibga solish bo'lganida edi, allaqachon progressiv, ya'ni kuchayib boruvchi jazo choralari qo'llanilar edi. Misol uchun belgilangan muddatda dastlabki o'n qoidabuzarlik uchun jarimalar, keyingi beshtasi uchun haydovchilik huquqidan ma'lum vaqtga mahrum qilish, undan keyingi uchtasi uchun avtomobilni musodara qilish yoki qamoq!


Bunga shoshilmay turilibdimi, demak asosiy shubha kuchayaveradi – qoidaga rioya qilishga intiluvchi, jazolardan qo'rquvchi fuqaro emas, jarimalarni ko'proq to'lovchi haydovchi kerak.


Qoidalarni buzish dinamikasiga ko'ra 1 dan 12 balgacha shkalada jazo choralarini qo'llash to'g'risida rosa bong urildi. Ammo negadir bu tashabbus qumga tomgan tomchidek singib, yo'qolib ketdi.


Videosi tarqalgan bu holat ko'pchilikning haqli e'tirozlariga sabab bo'ldi:


“Nega bu yigitchaning haydovchilik guvohnomasi bekor qilinmagan? Qani yangi tizim: 12 ball yig'ilsa, bolaning guvohnomasi 1 yilga bekor bo'lishi kerak ediku?” – deya fikr bildiradi jurnalist Aziza Qurbonova.


* * *


“Faqat jarimaga tortish chora emas. Bu bilan xazinalarning kam-ko'sti to'lar balki. YTHlar bo'yicha statistikamiz esa yildan yilga yomonlashyapti. Сhoralar kompleks bo'lishi kerak. Ya'ni yaxshi yo'l infratuzilmasi, o'z o'rnida o'rnatiladigan yo'l belgilari, haydovchilik guvohnomasi berishni qiyinlashtirish... Haydovchilik madaniyati bir ahvol bo'lib yotgan O'zbekistonda kompleks choralar qatoriga keskin jazo ham qo'shilishi ham shart. Aytilganidek, balli tizim ishlab, avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilishgacha olib borish kerak” – deydi Sardorbek Usmoniy.


Ijtimoiy tarmoq faollari ham jim turishmagan:


Zulhorbek Turapov: “Avvalambor Alloh insof bersin har bir bandaga. Kattaroq falokat yuz bermasdan ota-bolaning haydovchilik guvohnomasini butun umrga bekor qilish kerak. Muttasadilar jiddiyroq yondashadi, deb umid qilib qolamiz...”


* * *


Yigitali Nur: “Shu bo'lari bo'lsa bir kuni o'zi avtoavariyaga uchraydi. Puli oshib-toshib ketgan bo'lsa ham insonlar hayoti bilan o'ynashishga haqqi yo'q. Bu bolani bu ongi bilan avtomobil' boshqarishga yaqinlashtirmaslik kerak”.


* * *


Alisher Hasanovich: “Bunaqalarning haydovchilik guvohnomasini 5-10 yilga bekor qilish kerak, shundagina esi kirib qoladi”.


* * *


Xolida Quvvatova: “Peshona teri to'kilmagan, mehnat qilib non topmagan bolada...”


* * *


Nasiba Bekchanova: “Blogerlarga, vaynchilarga, “Million”, “Dizayn” va yana allambalo guruhlarga mavzu topildi. Balki bu bolaning maqsadiyam asli shudir. Otayam o'g'ilni tanilishiga yordam bermayaptimikan? Baribir yaxshimas!”


* * *


Ra'no Umirova: “Bu bolada aqliy zaiflik bor shekilli. Zavq oladigan narsasini qarang”.


* * *


Jahongir Mirzaev: “Uzr, qo'pol bo'lsada padariga ming la'nat bunday farzandni. Hali vaqti kelib ota-onasini kuydiradi bu bola farzand”.


Shu o'rinda boshqa davlatlarda qanday jarimalar qo'llanilishi bilan qiziqdik.

Buyuk Britaniya


Bu davlatda progressiv shkala amal qiladi. Ya'ni qoidabuzarlik turi va takrorlanishiga qarab jarimalar ortib boraveradi. Tezlikni biroz oshirish 100 funt sterling bilan jazolansa, ayrim qoidabuzarliklar uchun 8000 funt sterlinggacha jarima qo'llanilishi mumkin.


Portugaliya


Portugaliyadagi jarima qo'llash tizimining o'ziga xosligi shundaki, politsiyachilar to'lov terminallarini o'zlari bilan olib yurishadi. Tezlik oshirilgani qayd qilinishi bilan jarima shu onda to'lanishi lozim. Jarimalar esa ancha jiddiy – 1800 yevrogacha.


AQSh


Bu davlatdagi turli shtatlarda turlicha jarimalar qo'llaniladi. Umumiy olganda tezlikni oshirish 1000-2500 dollargacha jarimaga sabab bo'lishi mumkin. Boshqa qoidabuzarliklar odatda sud hukmiga havola qilinadi.


Kanada


Kanadadagi jarimalarning o'rtacha ko'rsatkichi 1000 dollardan boshlanadi. Ammo yuqori diapazon ancha baland – 25 000$.


Finlyandiya


Eng qizig'i shu davlatda. Qoidabuzarlar jarimalarni daromadlariga mutanosib tarzda to'laydi. Kim qancha boy bo'lsa, shuncha ko'p jarimaga tortiladi. Ammo kambag'alga ham shafqat yo'q – jarimalar 1500 yevrodan boshlanadi va 200 ming yevrogacha yetishi mumkin.


Bu faqat ko'p uchrovchi qoidabuzarliklar uchun jarimalar. Aksariyat davlatlarda insonlar jarohatlanishi yoki o'limi bilan tugaydigan qoidabuzarliklar uchun qamoq jazosi muqarrar.


Jarimalar mavzusi “Ishonch”ning doimiy nigohida. Mazkur ta'sir chorasi kutilgan samarani bermayotgani haqidagi fikrlar tobora ko'proq yangramoqda. Сhunki kirada yurib arang tirikchilik qilayotgan haydovchilar qatlami uzluksiz jarimalarni to'lay olmay norozi bo'lishsa, pul ortidan bosar-tusarini yo'qotgan qatlam jarimalarni pisand qilmay qoida buzishda davom etyapti. Demak bu sohadagi islohotlarni amalga oshirish har qachongidan ko'proq va tezroq zarur.


Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
“Allo”ning tarixini bilasizmi?
0 1665 20:58 | 31.12.2023