Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qonunga amal qilmaslik, balandparvoz shifo natijalari, bolalar olamiga hujum…

O'zbek telekanallarida reklama qanday uzatilayapti? «Reklama to'g'risida»gi qonunning 27-moddasiga ko'ra, telekanallar efirida, tele, video, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi ko'rsatuv vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, sutkada o'n besh foizidan oshishi mumkin emas. Bu bir soatlik teledasturning 16 daqiqasida reklama aylanadi, deganidir. Oldingi, ya'ni, 2008 yil 10 apreldagi «Reklama to'g'risidagi qonun»ga ko'ra, esa bir soatlik teledasturning 10 foizini reklama tashkil etgan, xolos.
O'zgacha rakurs
1580 12:35 | 26.09.2023 12:35

Hozirda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufida jami 26 ta telekanal bo'lib, shulardan 12 tasi markaziy, qolgan 14 tasi hududiy kanallardir. Xususiyatiga ko'ra, kanallar ikki toifaga bo'linib, shulardan «Navo» va «Yoshlar» kanali reklama xususiyatidagi kanallar sirasida. Bu kanallar, faqat reklama hisobiga moliyalashtiriladi.


Ko'rsatuv boshlanishidan oldin yoki oxirida reklamani ko'rishga xohish bo'lar, balki. Lekin serial yoki biror badiiy fil'mning eng qiziq pallasida reklamaning aylanishi asabbuzarlikdan boshqa narsa emas. Ayniqsa, bir xil reklamaning bir ko'rsatuvda takror-takror namoyishi juda bosiq kishining ham asabiga tegadi.


Psixologlarning ta'kidlashicha, reklamalar odamlar, ayniqsa, bolalar psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. «Kishiga yoqmaydigan reklamaning takrorlanaverishi negativ kayfiyatni yuzaga keltiradi. Negativning ko'payishi esa ruhiyatga salbiy ta'sir ko'rsatib, hatto uni izdan chiqarishi mumkin», deydi rus olimi A. Stadnichuk.


Dori-darmon reklamasi


Telekanallarda uzatilayotgan dori-darmon vositalarining tinimsiz reklamasidan yurtimizda bemorlar shunchalik ko'pmi, degan xayolga boradi kishi.


Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining ruxsati bilangina dori-darmon mahsulotlari reklamasi efirga qo'yilar ekan.


Ammo vakolatli tashkilotlar ruxsati shifokor ko'rigidan o'tdi degani emas-ku? Ya'ni bemor tibbiy tahlillar natijasi hamda vrach tavsiyasiga ko'ra dori-darmon qabul qilishi kerak. Amalda «ZO'R Tv» kanalida «Ibuklin» bosh og'rig'iga, «Milliy» telekanalida «Kreon» qorin og'rig'i va jig'ildon qaynashiga, «Essentsiale Forte» jigar kasalligiga, «NAvO» kanalida «Aler-G» allergiyaga, bir talay telekanallarda esa «Kyupen» bosh og'rig'iga qarshi dori vositasi reklamalari tinimsiz aylanmoqda.


Retseptsiz beriladigan dori vositalarining targ'ibotida ham ularning inson organizmiga nojo'ya ta'sirlaridan ogohlantirilishi kerak. Shuningdek, dori iste'molidan oldin yo'riqnoma bilan tanishish yoki mutaxassis maslahati zarurligi aytilishi zarur. O'rnatilgan qonunchilik me'yorlariga ko'ra, dori vositalarining reklamasida turli rag'batlantiruvchi aktsiyalar o'tkazilishi taqiqlanadi.


Mazkur qonunning 35-moddasida biologik faol qo'shimchalarni reklama qilish borasida aynan shu talablar qo'yilgan. Unda biologik faol qo'shimchalar reklamasida ularning dori vositalari hisoblanmasligi, ularni qo'llash natijasida odamlar davolangani va ahvoli yaxshilanganiga doir muayyan hollarga havolalar berilmasligi, shuningdek, taqiqlari va nojo'ya ta'sirlari bayon etilishi haqida so'z boradi. Shunga ko'ra, reklama davomida biologik faol qo'shimchalar dori vositasi emasligi ogohlantirilishi kerak.


«Taraqqiyot» telekanalida «Nutva» BFQ va «Doktor Ali choyi» birvarakayiga olti-etti kasalni davolaydi, deya ko'klarga ko'tariladi. Ustiga-ustak, otaxonu onaxonlarning «bu malhamlarni o'ylab o'tirmasdan iste'mol qilavering­lar, albatta, shifosini topasiz», qabilidagi minnatdorliklari reklama kuchini battar oshirib, soddadil xalqimizni aldaydi.


Shifokor va taniqli bloger Nodirbek Ischanov bunday BFQlarning hech bir kasallikka davo bo'lolmasligi, ular bor-yo'g'i yegulikka qo'shimcha ekanini o'z ijtimoiy kanallarida takror va takror ta'kidlar ekan, shunday deydi: «Reklamada u-bu joyim tuzaldi deb aldab, dori maqtovchilarning hech biriga ishonmang».


Kichkintoylar kanallaridagi reklamalar


«Aqlvoy», «Bolajon» kabi bolalar telekanallarida kattalarga mo'ljallangan reklamalarning namoyishi hech bir qolipga sig'maydi. Ayollar gigienik vositalari, kir yuvish vositalari, turli kasalliklarga malhamlarning barchasi bolalar dunyosiga begona mavzulardir.


Mul'tfil'm yoki bolalar ko'rsatuvini qiziqib tomosha qilayotgan bolakay e'tiborini bo'lib, unga umuman qiziq bo'lmagan reklamalarni tiqishtirish bola ruhiyatini salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Ayniqsa, kichkintoylar kanallarida dori-darmon mahsulotlari targ'ib qilinishi juda ayanchlidir. «Bolajon» telekanalida «Magniy V6» dori vositasi, «Nutrilon» BFQ va boshqa dori-darmonlar, ayniqsa, «Persil», «Pervol» kir yuvish vositalari reklama qilinishini qanday izohlash mumkin?! Bu kanallarda bolalar yeguliklari, kiyim-boshlari yoki o'yinchoqlar targ'ib qilinsa, to'g'ri bo'lmaydimi? Umuman olganda bolaga reklama nimaga kerak?!


Reklamalarning ma'naviy-ma'rifiy ta'siri


Uzatilayotgan reklamalarning barchasini ham estetik jihatdan mukammal deb bo'lmaydi. Bolalar tagliklari, ayollar gigienik vositalari, gemorroy, tsistit kasalliklari malhamlari reklamasi kishining ensasini qotiradi. Bu reklamalardagi bachkanalik, didsizlik milliy madaniyatimizga allaqachon o'z salbiy ta'sirini o'tkazmoqda, nazarimda.


Masalan, dorilarning ichaklarga va oshqozonga ta'sirini ifodalovchi, ichdagi chiqitlar harakatini, shuningdek, bola tagliklarida chiqitlar qanday saqlanishi kabi tasvirlar ovqat tanovul qilayotgan kishilarga xush yoqmasa kerak. Shuningdek, gemorroy va tsistit kabi nozik kasalliklarni oshkora ifodalash didsizlikdan boshqa narsa emas. Ayniqsa, ter hididan asrovchi antiperspirantlarni targ'ib qiluvchi reklama roliklari mentalitetimizga ham, odob-axloqimizga ham to'g'ri kelmaydigan holat.


Qonunchilikka ko'ra, mamlakatimiz hududida reklama davlat tilida uzatilishi kerak. Biroq, qonunning ushbu talabiga barcha telekanallarda ham amal qilinavermaydi. Masalan, «Sherin» kolbasalarining reklamalari «Milliy» va «Sevimli» kanallarida rus tilida namoyish qilinmoqda.


Yana bir jihat borki, kattalarning yosh bolalar bilan oila davrasida o'tirib televizor ko'rishi tobora uyatli bo'lib bormoqda. Bu holatlar, biz ham g'arblashishimiz, ming yillar shakllangan hayot tarzimizni o'zgartirishimiz kerakmikan, degan qo'rqinchli xayolni tug'diradi.


Reklamalar kerakli joyda ko'rinmaydi


Yaqinda «O'zbekiston» radiokanalida berilgan xabarga ko'ra, Bel'giyaning nufuzli jurnali bosh muharriri mohir fotomuxbirlarni Xiva shahriga jo'natishini bildirgan. Ijodiy guruh ko'hna obidalar va turli osori atiqalar, Xorazm pazandachiligi, xalqimiz mehmondo'stligi haqida materiallar to'plab, fotosessiyalarni o'z jurnalida va dunyodagi boshqa OAVlarida chop etishga chog'lanayotgan ekan. Ushbu niyatlar ro'yobga chiqsa, minglab xorijiy sayyohlarning O'zbekistonga kelishi muqarrar.


Qarang, xorijliklar yurtimiz bo'ylab turizmni reklama qilishga bel bog'lab turgan bir paytda, bizning telekanallardan birontasida, hattoki, «Dunyo bo'ylab» telekanalida shu kabi reklamalarning yo'qligi kishini ajablantiradi. Hech bo'lmaganda, ichki turizmni targ'ib qiluvchi reklamalar berilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.


Reklamaning narxi qancha?


Reklamalarning narxlariga nazar tashlaymiz. Reklama narxlari har kanalda har xil. Masalan, O'zbekiston telekanalida bir kunda aylanadigan bir daqiqa reklama 500.000 so'm atrofida bo'lsa, bir yarim daqiqalik reklama 1 million 500 ming so'mgacha baholanadi. Bir daqiqalik reklama bir kunda 10 marta qo'yilsa, 5 million so'm degani.


Reklamalarning haddan tashqari ko'p aylanishi sabablaridan biri televidenie xodimlarining oylik maoshlari kamligi, telekanallarning asosiy daromadlari shu reklamalarga bog'lanib qolganida emasmikan? Ismini oshkor qilishni istamagan reklama mas'ulining ta'kidlashicha, televidenie xodimlari maoshining 50 foizi oylik bo'lsa, 50 foizi reklama hisobidan shakllanar ekan.


Nahotki, endi hamma narsa – ma'naviyat ham, madaniyat ham moddiyat atrofida aylansa, shunga bog'liq bo'lsa, shunga qul bo'lsa? Insonlar ruhiyati, tinchligi, sog'lig'i ham mablag' topishga, kun ko'rishga qurbon qilinsa?


Mamlakatimizda televidenie tashkil etilganidan beri xalqning bilimi, ma'naviyati, saviyasi oshishiga xizmat qilib kelmoqda. Qadriyatga aylangan oynai jahon endilikda ma'naviyatimiz zavoliga xizmat qilmasin.


Umida XUDOYBERGANOVA
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
“Allo”ning tarixini bilasizmi?
0 1665 20:58 | 31.12.2023