Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Hamon taqiqdagi fil'm: “Otamdan qolgan dalalar” efir yuzini ko'radimi?

Yaqinda Senat raisi Tanzila Norboeva “O'zbekiston hech kimga hech qachon mustamlaka bo'lmaydi endi, bo'lib bo'ldi!” deya hayqirdi. Haligacha biror marta biz mustamlaka edik, bir vaqtlar sizlar bizni bosib olgandinglar, degan gapga ishora qilingan, jur'at qilingan emas siyosiy minbarlarda.
O'zgacha rakurs
1229 15:39 | 26.12.2023 15:39



Ammo menimcha, xavotir Zaxar Prilepin nazarda tutgan hududimiz bosib olinishida emas. Undan kattaroq xavf, undan kattaroq mustamlaka va musibat bu – ongimizning bosib olinishida. Va bu mustamlaka hanuz davom etyapti. O'zbekiston Rossiya propagandasi doirasidan 100 yildan buyon chiqib ketganicha yo'q. Ongimizni manqurtlashtirish, xalqning o'zligini tanishiga monelik qilish, qullik psixologiyasida ushlab turish davom etmoqda.


Ko'pchilik ongi Rossiya OAVlari bilan sug'oriladi, odamlarga rus tili, rus madaniyati singib ketgan. Shu bois SSSRparast, o'zligidan begona avom ko'pchilikni tashkil qiladi, deb qo'rqaman. Millat hurriyatni, ozodlikni his qilishi uchun mustamlakaning, tobelikning asl basharasini ko'rishi kerak. Ota-bobolarini qul qilgan, boshiga qanday kulfatlar solgan siyosatni tanishi, ajratishi kerak!


Shu o'rinda umid qilamanki, Prilepin bahona bir necha yillardan buyon O'zbekistonda taqiqda bo'lgan “Otamdan qolgan dalalar” fil'mi efir yuzini ko'rib qolsa... Fil'm bir necha o'n yillardan beri efirga ketmayotganina sabab, nazarimda, u mustamlakaning vahshiy siyosati achchiq tasvirlaganida bo'lsa ajabmas? Afsuski, hatto shuni telekanallarga berishga jur'at qilmay kelyapmiz...


Vaholanki, mamlakatimizdagi ochiqlik siyosatini xalqaro jamoatchilik ham e'tirof etmoqda. Lekin negadir “Otamdan qolgan dalalar” ekranga qaytmayapti. Axir, Prezidentimizning tashabbuslari tufayli bir necha yildan buyon tarixiy kinolar yaratishga bel bog'landi. Yaqinda Kinematografiya Milliy agentligi Bosh direktorining birinchi o'rinbosari Shuhrat Rizaev “Tirik tarix” turkumida yuzlab kinolar ishlanishini, “Madaminbek” haqida fil'm suratga olinishini ma'lum qildi, ammo “Otamdan qolgan dalalar”ni efirga qo'ymay, yaqin tarix haqida fil'm yaratish mantiqsizlik emasmi?


Qizig'i, bu harakat oyni etak bilan yopishga o'xshaydi. Сhunki bu fil'mni internetda bemalol topish va tomosha qilish mumkin. Ammo telekanallarimiz nega jur'at qila olishmayotgani g'alati. Aynan ular orqali keng ommaga taqdim etish va buning ortidan vatanparvarlik g'oyalarini singdirish kerak emasmi? Bir vaqtlar mazkur fil'm aynan shunday maqsadlarda ishlanmaganmidi?!


“Otamdan qolgan dalalar” fil'mi Tog'ay Murod romani asosida, Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan. Mazkur fil'm bugun ham tomoshabinlarning yurak urishini maromidan chiqarib yuborishga, ko'zlarida yosh qaltishga qodir. Сhunki unda jonli tarix badiiyliklarsiz, bo'rttirishlarsiz, haqqoniy tasvirlangan. Xalqimiz esa hamisha haqiqatga tashna.


Maftuna Karimova, jurnalist


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
“Allo”ning tarixini bilasizmi?
0 1665 20:58 | 31.12.2023