Koronavirus bilan bog'liq vaziyat barqaror – SSV
So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning NB.1.81 shtammi keng tarqalayotani bilan bog'liq xabarlar tarqalayotgan edi.
Sanepidem qo'mitasi rasmiysi Nurmat Otabekovning qayd etishicha, koronavirusning Xitoyda aniqlangan NB.1.81 shtammi ba'zi mamlakatlar bo'ylab tarqalayotgani haqida ma'lumotlar rost. Lekin, SOvID-19 ning yangi to'lqini dunyoni qamrab olmoqda, degan xabarlar asossiz.
“Qolaversa, SARS-Cov-2 ning NB.1.81 shtammi keng ko'lamda yoyilayotganiga doir ma'lumotlarni JSST rasman tasdiqlagani yo'q”, – deydi Otabekov.
U, shuningdek, Yer yuzida yangi to'lqinning kuzatilish ehtimolini «qariyb nolga teng»ligini ta'kidlagan.
“To'g'ri, mamlakatimizda COvID-19 ga chalinganlar oz miqdorda bo'lsa ham, bor. Ammo murojaat qilgan bemorlarning faqat ikkilamchi surunkali kasalligi bo'lganlarigina shifoxonada davolanmoqda. Qolaganlari xastalik yengil kechganligi sababli ambulator sharoitda muolaja olyapti”, – deydi mutaxassis.
Qayd etilishicha, O'zbekiston hududida qaysi viruslar aylanib yurganini kuzatib boruvchi monitoring tizimi yo'lga qo'yilgan va tegishli laboratoriyalarda bemorlardan olingan virus namunalari doimiy ravishda tekshirilib, tahlil qilib boriladi.
“Shu ma'noda, dunyoda qayd etilayotgan yangi shtammlar haqida darhol shov-shuvli xabarlar tarqatishga zinhor urinmaslik kerak. Xavotirga hech qanday asos yo'q”, – deydi Otabekov.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0