“El-yurt umidi” jamg'armasi ekologiyaga doir ta'lim dasturlari uchun qo'shimcha kvota ajratadi
Shuningdek, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag'al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta'lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.
Bu haqda joriy yilgi Davlat dasturiga doir Prezident farmonida ma'lum qilindi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi kabi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha etakchi oliy ta'lim tashkiloti etib belgilanadi. Qolaversa, universitetda “tsirkulyar iqtisodiyot” ta'lim yo'nalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Bundan tashqari, kelgusi o'quv yilidan boshlab:
- Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yo'lga qo'yiladi;
- tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo'nalishlaridagi davlat oliy ta'lim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va o'quv dasturlari kiritiladi;
- oliy ta'limda grant o'rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi;
- respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta'lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta'lim maktabi faoliyati tashkil etiladi;
- “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag'al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta'lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0