"O'layotgan tilimiz! Najot bormi?" 90 yillar o'zbek tili harakati a'zosi bilan suhbat
Kecha o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi yodga olindi. Ammo o'zbek tilini davlat tiliga aylantirishga bo'lgan ilk harakatlar 36 yil burun, 1988 yili 9 fevralda talabalar shaharchasida boshlangan edi. Masalani asosiy ko'tarib chiqqanlar talabalar bo'lib, tashkilotchilari o'sha paytdagi 5-kurs filologiya va jurnalistika fakul'teti talabalari bo'lgan. O'shanda Davlat tili maqomi uchun kurash matbuotda ham sezildi.
Har holda harakat faollari voqealarni ayni kunda shunday eslaydi. O'shanda Toshkentda minglab odamlar ko'chalarda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini talab qiladilar. Ana shunday katta mehnat bilan qo'lga kiritilgan bu maqomga bugun munosabat qanday, kecha bayram kayfiyati sezildimi?
Umuman, o'zbek tili bugun bayram qiladigan holatdami?
Ishonch.uz muxbiri 90 yillardagi o'zbek tili harakati faollaridan biri, turkolog olim Baxtiyor Isabek bilan suhbatlashdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0