Valyuta UZS
  • USD

    12 704.02100.5

  • EUR

    14 871.33194.53

  • RUB

    162.431.49

+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+33c

  • Hozir

    +33 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 23-July

+33C

  • Hozir

    +33 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • Chorshanba, 23

    +33 +20

  • Payshanba, 24

    +31 +20

  • Juma, 25

    +32 +20

  • Shanba, 26

    +32 +20

  • Yakshanba, 27

    +28 +20

  • Dushanba, 28

    +28 +20

  • Seshanba, 29

    +29 +20

  • Chorshanba, 30

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mustahkam oila: sevgi yetarli emas, aql va iroda kerak

Yaqinda kursdoshlar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdik. Orada yoshlar mavzusida gap ochildi. Aytishlaricha, hozir kelin topish muammo ekan. Ayniqsa, ko'p qizlar qaynota-qaynonasiz, alohida yashaydigan oilaga kelin bo'lishni ochiq aytisharkan. Bu gaplarni eshitib, rahmatli onamning aytganlari yodimga tushdi.
Jamiyat
120 16:06 | 22.07.2025 16:06

– 1960-70 yillar edi. Katta ro'zg'or, yagona kelinman, – degandi u. – Turmush og'ir. Kechroq farzandli bo'ldik. Oilada hammaning kayfiyatini hisobga olar, hurmatini joyiga qo'yishga intilardim. Har kuni uch xil ovqat tayyorlardim. U paytlari gaz yo'q, korimizga o'choq yarardi. Qaynotam rahmatli ro'zg'orni yaxshi uddalaydi, deb meni ko'p alqardi...


Bugun hayotimiz to'kin-sochin, turmushimiz farovon. Xo'sh, unda nega yoshlar hayotga yengil-elpi qarashyapti? Nega ajrashishlar ko'p? Nega o'quv yurtlariga yoshlar bilimiga qarab qabul qilinadi-yu, turmush quruvchilar dunyoqarashi tekshirilmasdan nikohdan o'tishadi?


Biz bu savollarga javob izlab, ko'plab mutaxassislar bilan suhbatlashdik.


Og'riqli nuqta


Ajrim – bir oilaning emas, balki butun jamiyatning og'riqli nuqtasi. Shunday ekan, FHDYo organlari har bir juftlikning imtihon asosida nikohdan o'tishini tashkil etishi kerakdir balki...


– Respublika miqyosida qayd etilgan nikohlar soni yil sayin ortib borayotgani bilan bir qatorda ajrimlar ham ko'paymoqda. Albatta, bu holat barchani tashvishga soladi. Oilani mustahkamlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish, uni asrash va atrof-muhitdagi turli tahdidlardan muhofaza qilib, unga doimo xolisona, mehr-oqibat, adolat yuzasidan yondashish lozim, – deydi Uchtepa tumani FHDYo bo'limi mudirasi Dilora Suleymanova. – Oilaviy nizo va ajrashishlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi, shuningdek, FHDYo bo'limlari tomonidan bir qator targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, nikohlar bekor qilinishi soni ortgan mahalla fuqarolar yig'inlarining yarashtirish komissiyalari bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.


Har bir tumandagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatida FHDYo bo'limlari ham faol ishtirok etmoqda. Markazlar tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda «Nikoh tuzish tartibi», «Nikohdan avval tibbiy ko'rikdan o'tishning ahamiyati», «Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari», «Nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati» kabi mavzularda suhbatlar o'tkaziladi. Ammo yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, oilaviy nizolarning oldini olish bo'yicha tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, ajrashishlar soni ortib borayotgani achinarlidir.


Ba'zi yigitlar doimiy ish o'rniga ega bo'lmay, erlik, otalik vazifasini to'liq anglamay uylanmoqda. Ayrim qizlar esa oilaga ruhan, jismonan, ma'nan tayyorlanmasdan hoyu-havas uchun turmush qurmoqda. Bunday holatda to'ydan keyingi hayot yaxshi kechishiga kim kafolat beradi? Oilaviy ajrimlar oqibatida yarim yetim qolgan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo'lib o'sadilar.


Nikohdan ajrashayotgan shaxslar bunga hamma uchun umumiy bo'lib qolgan sabablarni asos qilib ko'rsatishadi. Masalan, xarakterlari to'g'ri kelmagani, murosasizlik, moddiy qiyinchiliklar, erning ishlamasligi (oilani moddiy ta'minlamasligi), ota-onalarning ularning hayotiga noo'rin aralashuvi, kasallik, giyohvandlik yoki ichkilikbozlik, xiyo­nat, rashk, yolg'on gapirish, ­boshqa davlatga ketish, uzoq muddat birga yashamaslik, boshqa oilasi (farzandlari) borligi, er yoki xotinning kasalligi shular jumlasidandir.


Men shu o'rinda bitta taklifni o'rtaga tashlamoqchiman. U ham bo'lsa, nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy ko'rikdan o'tish jarayonida markaziy ­polik­linikalar qoshida psixolog xonalarini tashkil etish, psixologiya markazlari tomonidan eslatma va bukletlar tayyorlash, komp'yuter, internet va mobil telefonlardan foydalanishda odob-axloq normalarini o'rnatishni hukumat darajasida ko'rib chiqish zarur. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni o'smirlik davridan uy va o'quv maskanlarida bosh­lash, sog'lom va mustahkam oila qurish asoslarini ularga tushuntirish lozim.


Ajrimlar kamaymoqda, ammo...


– Tahlillarga ko'ra, poytaxtimizda joriy yilning birinchi yarmida rasmiylashtirilgan nikohlar soni 6 347 tani tashkil etgan.


Ajrimlar ro'y bergan oilalarda otasiz yoki onasiz qolgan bolalar o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga kamaygan, – deydi Toshkent shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i, professor Shahnoza Sultonova. – Ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish bo'yicha Mediatsiya markazlari ishlab turibdi. Ularda o'tkaziladigan uchrashuvlar oilalarni mustahkamlash va ajrimlar oldini olishga xizmat qilmoqda.


Nizo va ajrimlarning oldini olish va ular yuzaga kelmasligi uchun, avvalo, er-xotin bir-biriga ishonishi, o'z kamchiliklari ustida ishlashi va ularni takrorlashdan tiyilishi kerak. O'zaro hurmat, bir-birini tanqid qilmaslik, kechirimli bo'lish oila mustahkamligiga xizmat qiladi.


Turmush qurish – o'zaro ishonch


– Ajrimlar oqibatida jamiyatga zarar keltiruvchi holatlar sodir bo'ladi. Masalan, begunoh norasida go'daklar ota-ona tarbiyasidan bebahra bo'lib, tirik yetim bo'lib qolishadi. Ular ota-onasi bo'la turib, sarson-sargardonlikda voyaga yetishadi. Ba'zida esa har ikkisining ham uyiga sig'may qoladilar va Mehribonlik uylariga topshiriladilar. Yosh kelin-kuyovlarning oilaga yengil qarashi, o'z vazifalarini yaxshi bilmasliklari sababli ham ajrimlar bo'lishi mumkin, – deydi Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi «Yangiobod» MFY raisi Manzura Valieva. – Boz ustiga, ayrim yosh kelinlar yengil o'ylab, farzandli bo'lganidan so'ng kuyovni alimentga berib, xohlaganimni qilib yuraveraman, degan xomxayolga ham borishadi. Mahallaning «Oqila ayollar» harakati va faollar o'zaro hamkorlikda ishlashlari natijasida ajrimlarning oldini olishda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Avvalo, nizoli oilalar kelishmovchiligini chuqur o'rganish, yechimini topish, muammoning sababini tahlil qilib, yo'l-yo'riq ko'rsatish kerak. FHDYo organlarida tashkil etilgan o'quv kurslari ham yanada takomillashtirilib, ularga yetarli hayotiy tajribaga ega oqsoqollar, onaxonlar, ibratli oilalar vakillari, imomlar, otinoyilar, nafaqadagi o'qituvchilar jalb etilsa ham ijobiy o'zgarishlar bo'lishi shubhasiz.


Turmush qurish – o'zaro ishonch, bir-birini qadrlash degani. Buning uchun, birinchi navbatda, yoshlar o'z mehnati orqali topgan mablag'lariga to'y o'tkazishsa, o'zlari uy olishsa yoki kerakli buyumlarni xarid qilishsa, mas'uliyati ham kuchliroq bo'lar edi. O'ylaymizki, bu borada mas'ullar ham yanada jiddiy choralar ko'rishadi, takliflar berib, qat'iyat bilan ishlashga harakat qilishadi. Zero, oilalar baxti jamiyat baxtidir.


Komila BOYMURODOVA
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4579 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat