Valyuta UZS
  • USD

    12 790.4322.17

  • EUR

    14 486.4486.4

  • RUB

    162.60-0.03

+19C

+19C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+19c

  • Hozir

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 02-June

+19C

  • Hozir

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Dushanba, 02

    +19 +20

  • Seshanba, 03

    +19 +20

  • Chorshanba, 04

    +22 +20

  • Payshanba, 05

    +24 +20

  • Juma, 06

    +26 +20

  • Shanba, 07

    +19 +20

  • Yakshanba, 08

    +21 +20

  • Dushanba, 09

    +23 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Energiyangizni o'g'irlaydigan 7 ko'zga tashlanmas odat

Hayot sifatini pasaytiradigan ba'zi odatlar borki, biz ularni hatto odat deb ham tan olmasligimiz mumkin. Quyida ana shunday — energiyamizni so'rib, baxt hissidan mahrum qiladigan, ammo yechimi bor odatlar  haqida so'zlaymiz.
Jamiyat
763 15:36 | 26.05.2025 15:36

O'tmish bilanmas, bugun bilan yashang



O'tmishda sodir bo'lgan voqealar, boshqalarning fikri yoki o'tgan muvaffaqiyatsizliklar haqida qayta-qayta o'ylash bu faqat zarar keltiradi. Eng asosiysi — hozir nima qilish mumkinligini anglash. Hayot doimiy harakatda. O'tmishni eslab yashash sizni rivojlantirmaydi. O'tmishni o'tmishda qoldiring. Har kuni o'zingiz uchun kichik g'alabalar va quvonchli daqiqalarni qayd qilib boring. Bu sizning diqqatingizni bugunga qaratishga yordam beradi.



Doimiy kechiktirish



"Ertadan boshlayman" kabi fikrlar ko'pincha amalga oshmaydi. Maqsadlar va orzularning ideal vaqti degan tushuncha yo'q. Odatiy kechiktirish — bu hayotni orqaga surishdir. Bugunning vazifalari ro'yxatini tuzing va ularni kechiktirmasdan bajaring. Unutmang, katta natijalar kichik qadamlardan boshlanadi.



Toksik odamlar bilan munosabatni uzolmaslik



Energiyangizni so'radigan, negativ tarqatadigan, sizni o'zingizdan shubhalantiradigan odamlar — hayot sifatini pasaytiruvchi asosiy omillardan. Ular bilan munosabatni davom ettirish — o'ziga xiyonat qilish bilan barobar. Atrofingizdagi insonlarni tahlil qiling. Sizga ijobiy ta'sir qiluvchilar bilan ko'proq, aksincha ta'sir qiluvchilar bilan kamroq vaqt o'tkazishga harakat qiling.



Hammani rozi qilish istagi



Barchani xursand qilishga urinish — ruhiy tushkunlikka olib keladi. Bu jamiyatda juda ko'p uchraydigan muammodir. "Yo'q" deyishni o'rganing. Unutmang, boshqalarning fikridan ko'ra o'z ehtiyojlaringiz muhimroq.



Ichki qo'rquvni yo'qoting



Ichki qo'rquv o'zini ko'pincha “men hali tayyor emasman”, “menga tajriba yetishmaydi” degan bahonalar ortida pinhon qiladi. Aslida esa, har qanday harakat — tajriba va rivojlanishdir. Kichik maqsadlar qo'ying va ularga aniq muddat belgilang. Masalan: “iyun' oyida kurslarga yozilaman”, “shu haftada rezyume yangilayman” kabi.



O'z yutuqlarini qadrlamaslik



Ko'plab insonlar erishgan muvaffaqiyatlarini “tasodif”, “omad” deb baholaydi. “Yutuqlar daftari” yuriting. Har kuni erishgan hatto eng kichik yutuqlaringizni yozib boring. Bu o'z-o'zini anglashga va ishonchni tiklashga yordam beradi.



Sog'liqqa beparvolik



Jismoniy holatning yomonligi — ruhiy holatga ham to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Doimiy charchoq, og'riqlar va uyqusizlik sizni hayotdan bahra olishdan mahrum qiladi. Hayot tarziga e'tibor bering — vaqtida uxlang, toza havoda yuring. To'g'ri ovqatlaning va o'z vaqtida shifokorga murojaat qiling.


E'tiborsiz qoldirilgan odatlar hayot sifatini tushirishi mumkin. Agar siz doim charchagan, norozi va o'zini baxtsiz his qilgan insonga aylangan bo'lsangiz — u holda yuqoridagi 7 odatni tark qiling. Hayotning qay tomonga o'zgarishi sizning qanday qarorlarni qabul qilishingizga bog'liq. Energiya, baxt va to'liq hayot uchun bu odatlardan voz kechish — muhim qadamdir.



Oltinoy Mo'minova,


Jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika


fakul'tetining 2-bosqich talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4127 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat