Eng ko'p noqonuniy qaror qabul qilgan hokimliklar ro'yxati e'lon qilindi
Adliya vazirligi e'lon qilgan ma'lumotda qarori eng ko'p bekor qilingan hududlar safida Qashqadaryo, Sirdaryo va Buxoro viloyat hokimliklari yetakchilik qilmoqda.
2025 yilning o'tgan 9 oyida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan 117 mingdan ortiq qarorlar orasida 449 tasi bekor qilindi. Bu ko'rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.
Eng ko'p bekor qilingan qarorlar Qashqadaryo (77 ta), Sirdaryo (63 ta) va Buxoro (56 ta) viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, Namangan (41 ta), Qoraqalpog'iston (34 ta) va Xorazm (36 ta) ham mazkur ro'yxatdan o'rin olgan.
Sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilgan qarorlar soni ham ko'paygan, jami 8 ta qaror rad etilgan. Bu holatlar asosan Buxoro, Namangan, Qashqadaryo va Andijonga tegishli.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari monitoringi hokimliklar faoliyatini takomillashtirishda muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda. Ammo, qarorlarning bekor qilinishi amaldagi huquqiy hujjatlarga rioya etilishida hali ayrim hududlarda kamchiliklar mavjudligini ko'rsatadi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0