Ochiq muloqot: Madaniyat va sanʼat sohasi kelajagini birgalikda quramiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan, madaniyat va sanʼat sohasini isloh qilish bo‘yicha ochiq muloqotlar boshlanmoqda. Unda soha vakillari, ijodkorlar, tadbirkorlar va yoshlar ishtirok etadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
• kino va animatsiya
• musiqa, raqs va ijrochilik
• adabiyot
• kompozitorlik va bastakorlik
• teatr va tsirk
• xalq ijodi (askiya, qiziqchilik, stendap)
• blogerlar va inflyuenserlar
• madaniy meros, muzey va arxeologiya
• tasviriy va amaliy sanʼat
• taʼlim
• bolalar kontenti
Muloqotlardasohadagi muammolar muhokama qilinadi, amaliy takliflar qabul qilinadi hamda yangi g‘oyalar ko‘rib chiqiladi.
Eng yaxshi takliflar mualliflari Davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishga taklif etiladi.
Eslatma: ishtirok uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tmaganlar kiritilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish: @mv_ochiqmuloqot_bot
Jadval: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/155255
Bu – shunchaki uchrashuv emas, balki real imkoniyat! Faol bo‘ling va o‘z hissangizni qo‘shing.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0