Valyuta UZS
  • USD

    12 557.56-34.15

  • EUR

    14 809.13-12.57

  • RUB

    159.44-0.74

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +39 C

  • 16:00

    +39 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +28 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 06-July

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +39 C

  • 16:00

    +39 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +28 C

  • Yakshanba, 06

    +23 +20

  • Dushanba, 07

    +22 +20

  • Seshanba, 08

    +23 +20

  • Chorshanba, 09

    +21 +20

  • Payshanba, 10

    +23 +20

  • Juma, 11

    +20 +20

  • Shanba, 12

    +21 +20

  • Yakshanba, 13

    +22 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Putin, Qazzofiy va boshqalar: Xalqaro jinoiy sud hibsga olishga order bergan davlat rahbarlari

Joriy haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mo'g'ulistonga tashrif buyurdi. Ushbu safar butun dunyo e'tiborini tortdi. Sababi, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Putinni hibs qilishga order bergan, Mo'g'uliston esa ushbu sud yuridiktsiyasini 2002 yildan beri tan olib kelmoqda. Rim statumini imzolagan davlat sifatida rasmiy Ulan-Bator Putin mamlakatga qadam bosgandayoq uni hibsga olishi lozim edi. Lekin bu sodir bo'lmadi. Keyinchalik Mo'g'uliston Putinni hisbga olmagani uchun uzr so'radi va buni siyosiy sabablar bilan bog'ladi.
Siyosat
817 17:04 | 05.09.2024 17:04

Vladimir Putin Xalqaro sud tomonidan hibsga olishga order berilgan yagona davlat rahbari emas. Bunday rahbarlar bir nechtani tashkil etadi. Ular orasida Liviya sobiq rahbari Muammar Qazzofiy (Kaddafi), Sudan sobiq prezidenti Umar al-Bashir, Kot d'Ivuar sobiq prezidenti Loran Gbagbo kabilar ham bor. Ularga nisbatan chiqarilgan hukmlar ham o'z tarixiga ega.


Ta'kidlash kerakki, Xalqaro jinoiy sud 1998 yil 17 iyulda Rimda bo'lib o'tgan konferentsiyada tashkil etilgan. Uning yurisdiktsiyasi 2002 yil 1 iyuldan keyin sodir etilgan eng og'ir xalqaro jinoyatlarga ham tegishli. Bu genotsid jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari bilan cheklanadi. Ushbu jinoyatlarning ta'riflari sud yoki Rim statutini ta'sis qiluvchi shartnomada mavjud.


Muammar Qazzofiyga nisbatan hukm. 2011 yil iyun oyida Xalqaro jinoiy sud sud'yalari Liviya rahbari polkovnik Muammar Qazzofiyni hibsga olish uchun order berilganini e'lon qildi.U Liviyada ommaviy norozilik namoyishlarini bostirish operatsiyasi davomida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Xuddi shunday ayblovlar – “namoyishchilarni qasddan o'ldirish” - Qazzofiyning o'g'li Sayf ul-Islomga, shuningdek, Liviya razvedka xizmati rahbari Abdulla Senussiga ham qo'yilgan. Shuningdek, ular xalqaro qidiruvga berilgandi. Qaror BMT Xavfsizlik Kengashi talabi bilan Gaaga sudiga murojaat qilgan prokuror Luis Moreno-Okamponing iltimosiga ko'ra uch sud'yadan iborat hay'at tomonidan qabul qilingan.


2011 yil fevral oyida Liviyada tartibsizliklar boshlanib, rasmiylar va Qazzofiy rejimiga muxoliflar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar bo'lib o'tgandi. BMT Xavfsizlik Kengashi mart oyida Liviyada tinch aholiga qarshi jinoyatlarni Xalqaro jinoyat sudi tomonidan ko'rib chiqilishiga, shuningdek, zo'ravonliklarni to'xtatish uchun armiya pozitsiyalariga harbiy zarba berishga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.


Aprel' oyi oxirida Xalqaro jinoiy sud prokuraturasi Liviyada harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarning ehtimoliy faktlarini dastlabki o'rganishni yakunladi va to'liq tergovni boshladi. XJS prokurorining Liviya rahbariyatining vakillarini hibsga olishga order berish haqidagi so'rovini e'lon qilishidan oldin, o'sha paytdagi mamlakat tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Xolid Kaim Tripoli bunday qarorlarga e'tibor bermasliklarini ,chunki Liviya sud yurisdiktsiyasini tan olmasligini aytdi.


Qazzofiyga esa qamoq va sud qarshisida turish nasib etmadi. Liviya rahbari 2011 yil oktyabr oyida halok bo'ldi.


Umar al-Bashirga nisbatan hukm. Sudanning sobiq prezidentiga nisbatan hukm Qazzofiydan ham avvalroq, 2009 yil mart oyida chiqarilgan. Prokuror Luis Moreno Okampo sud'yalardan 2008 yil 14 iyulda Sudan prezidentini hibsga olish uchun order berishni so'radi. U Umar al-Bashirni urush jinoyatlari va genotsidga aloqadorligini tasdiqlovchi barcha dalillarni to'plaganini aytdi. Misol tariqasida bosh prokuror prezident Bashirning 2003 yil mart oyida Fur, Zagava va Masalit qabilalarining qishloqlariga hujum qilish haqidagi buyrug'ini keltirdi. Prokuror Sudan prezidentining so'zlarini keltirdi: “Menga mahbuslar yoki yaradorlar kerak emas. Shunchaki kuydirilgan yer” Luis Moreno Okampo sud'yalarga ushbu hujumlarda kamida 35 ming kishi halok bo'lganini aytdi.


Sud'yalar Sudan prezidentini Darfurda tinch aholiga hujum qilish, qotillik, zo'rlash, qiynoqlar va majburan ko'chirishda ishtirok etganlikda ayblash kerak, degan qarorga keldi. Bu jinoyatlarning barchasi Sudan hukumati tomonidan “Sudan ozodlik harakati” va “Sudan ozodlik armiyasi” hamda “Adolat va tenglik” harakati isyonchi guruhlariga qarshi olib borilgan besh yillik kampaniya davomida sodir etilgan. Bu urushda 300 ming kishidan oshiq kishi halok bo'lgani aytiladi. Darfur mojarosi zamonaviy tarixdagi eng yirik fojialardan biridir.


Sud'yalarning Sudan prezidentini hibsga olish to'g'risidagi buyrug'ida jami beshta insoniyatga qarshi jinoyatlar va ikkita harbiy jinoyatlar mavjud. Darfurdagi jinoyatlar uchun javobgarlarni Xalqaro jinoiy sudga topshirish qarori 2005 yil 31 martda Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan.


Umar al-Bashir qamoq hukmidan keyin Rim statutini tan oladigan davlatlar, jumladan, JAR va Ugandaga tashrif buyurdi, ammo hibsga olinmadi. Bu G'arb davlatlarining noroziligiga sabab bo'ldi. Nihoyat, 2019 yilga kelib al-Bashir hokimiyatdan ag'darildi. Unga vatanida ham sud hukmi o'qilgan. 2019-2020 yillarda uni xalqaro sudga topshirish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi. Lekin hali jarayon oxirigacha yetgani yo'q.


Loran Gbagbo nisbatan hukm. Kot d'Ivuar sobiq prezidenti Loran Gbagbo 2000-2011 yillard mamlakatni boshqargan. U tarixda insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun Xalqaro jinoiy sudga kelgan va javob bergan birinchi va hozircha oxirgi davlat rahbaridir. Gbagbo 2011 yilda prezidentlik bunkerida frantsuz qo'shinlari va BMT tinchlikparvar kuchlari yordamida hibsga olingan, ular saylangan prezident Alassan Uattarani qo'llab-quvvatlagandi, Gbagbo esa saylovdagi g'alabasini tan olishdan bosh tortgan.


Gbagbo 2010-2011 yillarda, saylovdan keyingi inqiroz va undan yuz bergan to'qnashuvlardagi insonlar o'limi ayblangan. Ayblov 2010 yilgi saylovlardan keyin Kot-d Ivuarni qamrab olgan zo'ravonlik to'lqini bilan bog'liq bo'lib, bu uch ming kishining o'limiga sabab bo'lgan edi. Yana yarim million kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo'ldi.


Xalqaro sud prokurori Fatu Bensuda uni kamida 166 nafar tinch aholi o'limida ayblab chiqqandi. XJS prokurorlari, shuningdek, Gbagboni kamida 34 ayolni zo'rlaganlik, 94 kishiga og'ir tan jarohati yetkazganlik va kamida 294 kishini ta'qib qilganlik uchun javobgar deb bilgan.


Lekin bu ayblovlar o'z isbotini topmadi. Gbagbo nafaqat ilk bor xalqaro sud qarshisida turgan, balki u tomonidan oqlangan ilk davlat rahbariga aylandi. 2019 yilda Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Kot-d Ivuarning sobiq prezidenti Loran Gbagboni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybsiz deb topdi. Loran Gbagbo Gaagada sudga tortilgan mamlakatning birinchi sobiq rahbari bo'ldi. Sud prokuratura yetarlicha dalillar keltirmagan va Gbagbo zudlik bilan ozod etilishi kerak, degan qarorga keldi. Sud'ya Kuno Tarfusserning aytishicha, ayblov Gbagboning chiqishlari buyruq yoki zo'ravonlikka chaqiriq ekanligini isbotlay olmagan.


Abror Zohidov tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat