Valyuta UZS
  • USD

    12 275.58-11.73

  • EUR

    14 591.98-52.04

  • RUB

    159.090.26

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 15-February

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 15

    +16 +20

  • Dushanba, 16

    +14 +20

  • Seshanba, 17

    +15 +20

  • Chorshanba, 18

    +18 +20

  • Payshanba, 19

    +21 +20

  • Juma, 20

    +15 +20

  • Shanba, 21

    +9 +20

  • Yakshanba, 22

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Reimbursatsiya: 12 xil surunkali kasalliklar uchun dori vositalari bepul berilmoqda

Sirdaryo viloyatida alohida surunkali kasalliklar bo'yicha reimbursatsiya tizimi tajriba tariqasida joriy etildi.
Jamiyat
117 16:21 | 14.02.2026 16:21

Reimbursatsiya bu "rem"- qoplab beraman degan ma'noni bildirib, uning maqsadi bemorlarning moliyaviy yukini kamaytirib, dori vositalariga bo'lgan ehtiyojini qoplashdir. Ushbu dastur 2022 yilda boshlangan bo'lib, hududlarda bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda. Hozirgi kunda reimbursatsiya dasturi Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida joriy etilib, 2026 yil yakunigacha respublikaning barcha hududlarini qamrab olishi rejalashtirilgan.


Ushbu dastur rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganish asosida joriy etilib, avvaliga 5 turdagi kasalliklarga 11 xil dori vositalari bepul berilayotgan edi. vazirlar Mahkamasining 619-sonli qaroriga asosan esa kasalliklar turlari kengaytirildi hamda 5 turdagi emas, 12 turdagi kasalliklarga 28 xildagi dorilarning bepul berilishi yo'lga qo'yildi.


Bemorlar oilaviy shifokoriga borib, tekshiruvdan o'tishadi va kasalliklari aniqlangan holatda, ularga shifokor tomonidan elektron retsept rasmiylashtirilib beriladi. Davolanuvchi maxsus sms kod orqali Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi bilan shartnomaga ega bo'lgan dorixonalardan dori vositalarini bepul oladi. Ularning xarajatlari davlat tibbiy sug'urtasi tomonidan kafolatlanadi.


2025 yil bu tizim asosida 1 million 300 nafardan ortiq bemorlar bepul dorilar bilan ta'minlangan. Ularga 2500 milliondan ortiq elektron retseptlar rasmiylashtirilib, 90 mlrd so'mga yaqin mablag'lar to'langan.


Ma'lumki, elektron retsept barcha dori vositalariga yoziladi. Reimbursatsiya dasturidagi elektron retsept esa bevosita davlat tomonidan kafolatlangan bepul dori vositalari uchundir. Ularning xarajatlari 100 foiz davlat tomonidan qoplanadi, – deydi Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi reimbursatsiya bo'limi boshlig'i Zafar Sabirov.


Dori vositalari retsepti beriladigan kasalliklar ro'yxati:



1. Arterial gipertoniya (qon bosimi)


2. Yurak ishemik kasalligi


3. Qandli diabet 2-tur


4. Bronxial astma


5. O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (XOBL)


6. Yurak yetishmovchiligi surunkali shakli


7. Aritmiyaning ayrim turlari


8. Gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyati pasayishi)


9. Yara kasalligi (me'da va 12 barmoq ichak)


10. Revmatoid artrit yoki surunkali bo'g'im kasalliklari


11. Depressiyaning ayrim turlari (uzoq davolash talab qiladigan)


12. Epilepsiya





Sevara Azizova,


O'zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5888 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat