Valyuta UZS
  • USD

    12 904.51-33.42

  • EUR

    14 575.64-89.5

  • RUB

    161.990.89

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 06:00

    +14 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 25-May

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 06:00

    +14 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +22 C

  • Yakshanba, 25

    +14 +20

  • Dushanba, 26

    +18 +20

  • Seshanba, 27

    +16 +20

  • Chorshanba, 28

    +15 +20

  • Payshanba, 29

    +17 +20

  • Juma, 30

    +15 +20

  • Shanba, 31

    +15 +20

  • Yakshanba, 01

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Til uqmas» dasturlar o'zbek tilini qashshoqlashtirishga xizmat qilmayaptimi?

Jamiyat
809 11:32 | 03.04.2025 11:32

Bundan sal oldin yaqin qarindoshlarimizdan biri tadbirkor sifatida mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkil etmoqchi bo'ldi. Tuzilajak korxona faoliyati matbaa, noshirlik yo'nalishlariga bog'liq bo'lgani bois, tanlangan nomi ham shunga monand edi: «So'z jozibasi». Uni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat xizmatlari markaziga ishimiz tushdi. Bilgichlar tavsiyasiga ko'ra, yo'l-yo'lakay «O'tkir so'z», «Maftunkor so'z», «Xolis so'z» kabi zaxira nomlarni ham o'ylab bordik. Сhunki hududda avvalroq «So'z jozibasi» nomli MСhJ ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, keyin mo'ljallaganlarimizdan birini tanlamoqchi edik.


Taassufki, markazda yuqorida tilga olingan to'rtta nomdan birortasini ham o'tkazishning imkoni bo'lmadi. Negaki, dastur «O'» harfini qabul qilmas ekan. Ana shu sababdan komp'yuterga kiritilgan «So'z jozibasi» nomi boshqacha ma'noni anglatadigan «Soz jozibasi»ga, «Maftunkor so'z» esa «Maftunkor soz»ga aylanib qoldi. Holbuki, korxona ta'sischisi sozanda yo cholg'u asboblari yasaydigan usta emasdi. Shu bois tarvuzi qo'ltig'idan tushib, o'zi ochgan MСhJni tarkibida «O'» harfi bo'lmagan boshqa so'zlar bilan nomlashga majbur bo'ldi...


Darvoqe, yon-atrofimizda yaqin yillarda tashkil etilgan tadbirkorlik sub'ektlari nomlariga bir e'tibor bering-a! Orasida ajnabiy tillardagi yoki o'zbek va xorijiy lahjalardagi so'zlar bo'tqasidan iborat olaquroq nomlar qo'ziqorindek ko'payib ketgan. O'zbek tilida yozilganlariga razm solsangiz, savodsizliklarcha nomlanganlari ham son-sanoqsiz. Bu demak, tilimiz qadrsizlanishiga davlat xizmati ko'rsatuvchi tashkilotlar ham «hissa» qo'shayotgan ekan.


Umuman olganda, keyingi 15-20 yil mobaynida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni nomlash jarayonida ro'yxatga oluvchi idoralar tomonidan hamisha turli to'siqlar o'rnatib kelingani bor gap. Xususan, yaqin-yaqingacha ham «Firma nomlari uchta so'zdan iborat bo'lishi kerak!» degan g'alati qoida bor edi. Esimda, Oltinko'l tumanining Saroy qishlog'ida bir umr dehqonchilik bilan shug'ullangan O'zbekiston Qahramoni Siyosatxon Abdullaeva rahbarligida 2005 yillarda tashkil etilgan fermer xo'jaligini oila a'zolari o'zaro kengashib, «Saroy javohiri» deb atamoqchi bo'lishgandi. Biroq byurokratik to'siqlar tufayli xo'jalikka uch so'zdan iborat «Oltinko'l vodiy gulshani» degan nom qo'yilgandi.


To'g'ri, bugun MСhJ tuzish uchun yaqin o'tmishdagi kabi talablar belgilanmagan. Firmangizni, xohlasangiz, bitta so'z bilan atashingiz ham mumkin. Muhimi, boshqa MСhJ nomi bilan «adash» bo'lmasa, kifoya. Ammo endi yuqorida qayd etilgan muammo – O', Q, G', H harflari muammosi o'zbek tilining jozibasini ko'rsatishga tushov bo'lmoqda.


Bu harflarning yozuvlarda qo'llanilmasligi faqat davlat xizmatlari agentligi faoliyatida ko'zga tashlanayotgani yo'q. Do'konlarda plastik karta orqali savdo qilganda beriladigan terminal cheklariga qarasangiz, karta egasining ism-familiyasida ayrim harflar o'rnida yulduzcha belgisi turgan bo'ladi. Bu ham sohalarni raqamlashtirish jarayonida o'zbek tiliga nisbatan hurmatsizlik va e'tiborsizlikning yorqin namunasidir. Telefon raqamlarimizga banklardan rus tilida kelayotgan SMS xabarlari haqida esa gapirmay qo'ya qolaylik. Faqat kuyunchak deputatlarimizdan biri o'rtaga tashlagan savolni takror-takror eslatsak, arziydi: «Kim huquq bergan shu tariqa davlat tili haqidagi qonun ustidan bemalol bosib o'tib ketishga?!»


Ushbu muammoni hal etishning imkoni bormi? Adliya vazirligi davlat xizmatlari misolida yuqorida tilga olingan masalani bartaraf etish yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga qonuniy talab qo'ya oladimi? Raqamli texnologiyalar vazirligi-chi? Turli idoralardagi «til uqmas» dasturlarni o'zbekchalashtirishga uning qurbi yetadimi? Yoki hamyurtlarimiz «Baza qabul qilmaydi» degan vajlarga ro'para kelib, dasturlar quliga aylanib yuraverishadimi?..


Nurillo No''monov,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4061 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat