Toshkentda davlat maktablarining biri pullik ta'limni yo'lga qo'ygan. Rasmiylar holatga izoh berdi
Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 6-sonli maktabda 3 ta fan bo'yicha to'lov asosida o'qitiladigan sinf tashkil etilgani va oylik to'lovi 300 ming so'm ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bergan rasmiy ma'lumotga ko'ra, ushbu holat haqiqatda poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan 6-sonli maktabda kuzatilgan.
“Poytaxtimizdagi barcha davlat umumta'lim maktablarida darslar to'liq bepul o'tiladi. Faqatgina har bir ta'lim muassasasida byudjetdan tashqari mablag' topish maqsadida o'quvchilarga darsdan keyin Hukumatning 2019-yil 22-apreldagi “Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risida”gi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan shartnoma asosida pullik qo'shimcha to'garaklar hamda mashg'ulotlar o'tish, kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatlari yo'lga qo'yilgan”, – deyiladi axborotda.
Qayd etilishicha, ayni paytda Sergeli tumanidagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ham yuqoridagi Qaror asosida bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Maktabda an'anaviy darslar bepul olib boriladi. Ota-onalarning istak-xohishlariga ko'ra esa ta'lim maskanida maktab bilan tuzilgan o'zaro shartnoma asosida pullik qo'shimcha darslar, to'garaklar, kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilgan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0