Urganch davlat universitetining 90 yilligi nishonlandi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashkil topganining 90 yilligi munosabati bilan “Ilm va ma'rifat maskani: 90 yillik sharafli yo'l” nomli tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda yurtimizning turli oliy ta'lim muassasalari vakillari, hamkor tashkilotlar, shuningdek, universitetning xorijiy hamkorlari va mehmonlari, sobiq talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda oliy o'quv yurtining 90 yillik sharafli tarixi, ilm-fan va ma'rifat yo'lida erishilgan yutuqlari, ta'lim sifatini oshirish hamda mamlakatimiz ta'lim va ilm-fan taraqqiyotiga qo'shayotgan munosib hissasi alohida e'tirof etildi.
Oliygohning o'tmishini, ilmiy maktablari va yutuqlarini, uning yurtimiz taraqqiyotidagi o'rnini namoyon etuvchi Universitet tarixi muzeyi tantanali ochildi.
Universitet axborot xizmati tomonidan tayyorlangan, oliygohning boy va sharafli tarixini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi.
Shuningdek, bayram doirasida kontsert dasturi tashkil qilindi. Universitet san'at kafedrasi o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0