Valyuta UZS
  • USD

    12 228.5820.5

  • EUR

    14 282.98166.78

  • RUB

    155.960.96

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 10:00

    +17 C

  • 11:00

    +18 C

  • 12:00

    +19 C

  • 13:00

    +20 C

  • 14:00

    +20 C

  • 15:00

    +21 C

  • 16:00

    +20 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 09-April

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 10:00

    +17 C

  • 11:00

    +18 C

  • 12:00

    +19 C

  • 13:00

    +20 C

  • 14:00

    +20 C

  • 15:00

    +21 C

  • 16:00

    +20 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • Payshanba, 09

    +15 +20

  • Juma, 10

    +15 +20

  • Shanba, 11

    +15 +20

  • Yakshanba, 12

    +17 +20

  • Dushanba, 13

    +17 +20

  • Seshanba, 14

    +18 +20

  • Chorshanba, 15

    +16 +20

  • Payshanba, 16

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Jamiyat sovuq kutib olgan “mujda”: har 5 yilda almashuvchi texpasport

1 apreldan jamiyat hayotida qator o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jumladan, naqd pulni cheklash doirasida zapravkalar, alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchi do'konlar va 25 mln so'mdan oshiq kelishuvlar naqdsiz to'lov shakliga o'tdi. Bularni “hazm qilib ulgurmasdan”, avtomobillar texpasporti bo'yicha yangilik chiqdi. Endilikda ular har besh yilga berilishi belgilandi. Ushbu yangilik ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar tomonidan bir qadar sovuq kutib olindi.
Jamiyat
181 08:39 | 04.04.2026 08:39

vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 martdagi qaroriga ko'ra, O'zbekistonda endi avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish haqidagi guvohnomani (“texpasport”) har 5 yilda almashtirish majburiy bo'ladi. Ta'kidlash kerakki, guvohnoma muddati chegaralanmagan, faqat transport egasi yoki egasining uy manzili o'zgarsa qayta rasmiylashtirilar edi.


Ko'pchilik jamoatchilik vakillari va blogerlar bu qarorga “yangi tovon” yoki “yangi o'lpon” deya tarif berishdi. 2024 yil 1 apreldan elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni ro'yxatdan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lovlar stavkasi 15 baravarga — 1,5 BHMgacha (hozirda 618 ming so'm), qolgan barcha avtomobillar bo'yicha stavka 68,4 baravarga, 6,84 BHMga (hozirda 2 818 080 so'm) oshirilgandi. Hozirda texpasport almashtirishda qancha to'lov to'lanishi haqida izoh berilmadi, ammo katta ehtimol bilan qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lovlar stavkasi bilan bog'lanishi mumkin.


Iqtisodchi bloger Otabek Bakirovga texpasportni almashtirish uchun to'lov miqdorining e'lon qilinmayotgani juda shubhali. “2 yil avval avtotransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 barobaridan 6,84 baravarigacha, ya'ni 68,4 karra oshirilgan edi. Yangi tovon uchun yangi miqdorda to'lov belgilanadimi yoki 6,84 BHM yoki 2 818 080 so'm to'lashga to'g'ri keladimi? Qiziq tarafi, avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish haqidagi guvohnoma 5 yil muddatga rasmiylashtirilishi talabi, xuddi 2 yil avval avtotransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov 68,4 karra oshirilgandagi kabi hech qaerda muhokamaga qo'yilmagan. Bunga qaysi sabablar asos va zaruriyat bo'lgani ham izohlanmagan. Agar texpasportni har 5 yilda almashtirish to'lovi avtotransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov miqdori darajasida qolsa, bu qo'shimcha yana 2,8 trln.so'm degani”, deya yozadi bloger.


Boshqa bir bloger esa, san'atkorlardan soliq olinishi mavzusining trendga chiqishi texpasport kabi masalalarga e'tiborni kamaytirish uchun qilinayotgan bo'lishi mumkinligi ehtimolini o'rtaga tashladi. Albatta, balki gap ko'proq istehzo ma'nosida aytilgandir, ammo bunday masalalarda jamoatchilik fikrini inobatga olmasdan turib qaror qabul qilish ochiqlik va shaffoflik kabi printsiplarga to'g'ri kelmaydi. Har yili kamida bir million avtotransport vositasi ro'yxatga olinayotgani hisobga olinsa (moped va skuterlar bilan yanada ko'proq), har yili kamida bir million texpasport ustiga qo'shimcha ravishda 5 yildan oshgan avtotransportlar bo'yicha yana bir million texpasport almashadi. Bu ham bor gap.


Tanqid va noroziliklardan so'ng Davlat yo'l harakati xavfsizlik xizmati mavzu yuzasidan tushuntirish berdi. Ma'lum bo'lishicha, 5 yil amal qiladigan texpasportlar 2026 yil 1 apreldan keyin beriladigan hujjatlarga nisbatan amal qiladi. Bundan tashqari mas'ullar avtomobil agregatlari inventarizatsiyasi va uning texnik holatini tekshirish masalasini ham sabab qilib ko'rsatgan. Hujjatlarning har 5 yoki 10 yilda o'zgarib turishiga pasport va ID-kartalar misol qilib keltirilgan.


Biroq shu o'rinda savol tug'iladi: avtomobil texpasportini shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan tenglashtirish to'g'rimikan? Avtomobilni nosozligini tekshirish uchun esa texnik ko'rik vositalari mavjud.


“Hatto har 10 yilda bir almashtiriladigan ID karta va pasportning almashtirilishi hujjatda surati joylashtirilgan shaxsning tashqi biologik ko'rinishi o'zgarishi bilan bog'liq. Texpasportda esa avtomobil egasining surati yo'q (agar texpasportga surat ham joylashtirilsa, yana bir absurd bo'lardi). Ayrim davlatlar esa allaqachon jismoniy texpasportdan voz kechib muddatsiz elektron texpasportlarga o'tmoqda”, deya fikrini bildiradi Otabek Bakirov.


Dunyoda, masalan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida avtomobilning ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma (texpasport) odatda muddatsiz beriladi. Ya'ni, hujjatning o'zida amal qilish muddati ko'rsatilmaydi va mashina egasi almashmaguncha yoki texnik ma'lumotlar o'zgarmaguncha yangilanmaydi. Biroq, bu borada bir nechta muhim jihatlarni hisobga olish lozim: misol uchun texnik ko'rik (Periodical Technical Inspection).


​Garchi texpasport muddatsiz bo'lsa-da, avtomobildan foydalanish huquqini saqlab qolish uchun muntazam texnik ko'rikdan o'tish shart. Texnik ko'rik muddatlari davlatga qarab farq qilishi mumkin. Yangi avtomobillar uchun odatda birinchi texnik ko'rik 3 yoki 4 yildan keyin amalga oshiriladi. Eski avtomobillar uchun: Keyinchalik har 2 yilda yoki har yili (masalan, Buyuk Britaniyada 3 yoshdan oshgan mashinalar uchun har yili) texnik ko'rikdan o'tish talab etiladi.


Avvalgi maqolalarimizdan birida bayramlar arafasida taksi narxlari keskin oshib ketishi haqida fikr yuritgandik. O'shanda jarimalar, yoqilg'i muammosi, tirbandlik va boshqa muammolar keltirib o'tilgandi. Texpasport masalasi ko'tarilgandan keyin hujjatlar masalasini ham ushbu muammoga qo'shib qo'ysak ham bo'laveradi. Shunki, O'zbekistonda yildan yilga shaxsiy avtomobilga ega bo'lish, uni hujjatlashtirish to'lovlari oshib bormoqda. Balki, bu bir tomondan (masalan mashinalar kamayishi va ekologiyaga ijobiy ta'sir) yaxshidir, ammo hozircha ijobiy o'zgarish sezilmayapti.


Aslida texpasport almashtirish tartibi, yangi to'lovlar masalasida batafsil tushuntirish lozim edi. Ammo tegishli tashkilotlar darrov avvalgidek, “jamoatchilik tomonidan vaziyatni o'zgacha talqin qilish” vajini keltirishdi. Masalan, Adliya vazirligi masalaning huquqiy tomonlari bo'yicha tushuntirish bilan chiqsa ham maqsadga muvofiq bo'lar edi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6224 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat