Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+1C

+1C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+1c

  • Hozir

    +1 C

  • 12:00

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+1C

  • Hozir

    +1 C

  • 12:00

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +1 +20

  • Chorshanba, 12

    +0 +20

  • Payshanba, 13

    +3 +20

  • Juma, 14

    +3 +20

  • Shanba, 15

    +5 +20

  • Yakshanba, 16

    +2 +20

  • Dushanba, 17

    +6 +20

  • Seshanba, 18

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Zulm va kaltak ostidagi o'zbek farzandi: biz endi bolajon xalq emasmizmi?

Esimni tanibmanki, bir gap bot-bot qulog'imga chalinadi: «O'zbeklar bolajon xalq». Xo'sh, bu sifatni bizga kim bergan? Yoki o'zga millatlar bolajon emasmi? Bu bizga nisbatan maqtovmi yoki boshqa narsa? Mazkur gap zamirida son muhim rol' o'ynaganmi yoki sifat? Umuman, ushbu iboraning tarixi qaerga borib taqaladi? Har holda, buning asl o'zagi bo'lishi kerak-ku!
Jamiyat
87 11:29 | 11.02.2025 11:29

Tarixchilar ta'kidicha, bu ibora XX asrda paydo bo'lgan. Yana ham aniqroq aytganda, ikkinchi jahon urushi yillarida boshqa millat vakillari bizga shunday ta'rif berishgan. Bir jihatdan unda jon bor. Сhunki qirg'inbarot yillarida boshqa ittifoqdosh respublikalardan, davlatlardan vagon-vagon bolalar yurtimizga olib kelinib, oilalarga tarqatilgani, mehribonlik uylariga joylashtirilgani barchaga ma'lum.


Ma'lumotlarga ko'ra, o'sha kezlar mamlakatimizga 200 ming nafarga yaqin bola keltirilgan. Toshkentlik temirchi usta Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 14 nafar turli millat farzandlarini asrab olgani ham tarixiy dalil.


Demak, bizni «bolajon xalq» deyishga asoslar yetarli. Ammo bugun-chi? Hali ham «bolajon xalq»mizmi? Deyarli har kuni internetning o'zbek segmentida tarqalayotgan bolalarga nisbatan sodir etilayotgan vahshiyliklar haqidagi xabarlarni o'qib, videolarini ko'rib, bunga shubha uyg'onyapti…


«…Samarqandda ota uch nafar voyaga yetmagan farzandini pichoqlab o'ldirdi», «Toshkent shahrining Sergeli tumanida ona avval uch nafar bolasini, keyin o'zini derazadan tashlab yubordi», «Andijonda ota 11 yoshli qizini ayovsiz kaltaklab o'ldirdi…»


Afsus, bu kabi dahshatli xabarlarni kunda-kunora eshityapmiz. Bundan tashqari, farzandini urayotgan, tahqirlayotgan, hatto fohishalikka majburlayotgan (Xorijda yurgan samarqandlik ota-ona o'z qizini pul evaziga shu ishga undagan) holatlar qancha? Ayniqsa, bog'chalarda tarbiyachilar tomonidan (masalan, Qoraqalpog'istondagi xususiy bog'chalardan birida bo'lgan hodisa) o'g'il-qizlarga bo'layotgan zo'ravonliklar ko'paymoqda. Shunchaki, internetga «Bolasini o'ldirgan ota yoki ona» deb qidiruv bering, bunga o'zingiz ham shohid bo'lasiz.


To'g'ri, yomon xulqli bir insonni deb butun boshli millatni yomonotliqqa chiqarib bo'lmaydi. Ming shukurki, oramizda yaxshi insonlar ko'p. Butun umrini ilmli farzand o'stirishga tikkan va bu yo'lda ko'pga o'rnak bo'layotgan ota-onalar, oilalar sanoqsiz. Lekin hozir ular haqida emas, balki yengilning ostidan, og'irning ustidan o'tadigan ayrimlar xususida so'z yuritmoqchimiz.


Nazarimda, bugun «bolajon xalq»ligimiz tobora shubha ostida qolayotgandek…


Nega bunday ahvolga tushib qoldik? Bir paytlar begona bolaning boshini silagan xalq nega bugun o'z farzandiga ham mehr bera olmayapti? O'sha bolajon xalq qaerga ketdi?


Tirikchilik, yetishmovchilik, deb holatni xaspo'shlashga aslo hojat yo'q. Urush yillarida tirikchilik bundan-da qiyin emasmidi? Shomahmudovlarning turmush darajasi hozirgidan o'n chandon, yuz chandon og'irmasmidi? Axir u paytlar bir burda non ham anqoning urug'i edi-ku! Lekin ana shunday og'ir vaziyatda ham yurtdoshlarimiz insonlik fazilatlarini saqlab qolishgan. O'z zimmalaridagi mas'uliyatini bir zum bo'lsa-da, unutishmagan. Bizning hozirgi ahvolga tushib qolishimizning esa boshqa ob'ektiv va sub'ektiv sabablari bor.


Birinchidan, ko'pchiligimizning asosiy maqsadimiz pul topish bo'lib qoldi. Intellektual salohiyatimiz, saviyamiz tobora pasayib, faqat yeyish-ichish, kiyinish-yurish bilan andarmon bo'lib qoldik. Zurriyodlarimiz tarbiyasi bilan deyarli shug'ullanmay qo'ydik. Ularning moddiy ta'minoti muhim deb o'ylaydigan bo'ldik. Ikkinchidan, o'g'il-qizlarimizning kelajagi biz uchun u qadar dolzarb ahamiyatga ega hisoblanmayapti. Uchinchidan, aksariyatimizda bolalarga investitsiya kiritish ko'nikmasi shakllanmagan. To'rtinchidan, farzandlarimizning fikri bilan umuman qiziqmaymiz, uni inobatga olmaymiz. Beshinchidan, ularni har doim qattiq nazorat ostida ushlab turishga harakat qilamiz. Oltinchidan, bolalarga past nazar bilan qaraymiz. Yettinchidan, o'zimizning yetolmagan maqsadlarimiz, armonlarimizni farzandlarimizda ko'rishni istab, o'zlari xohlamagan yoki qiziqmagan ishlarga majburlaymiz. Sakkizinchidan, dilbandlarimizga kitob olib berib, o'qishi uchun sharoit yaratib berishga og'rinamiz, lekin el-yurt oldida soxta obro' orttirish uchun dabdabali marosimlar uyushtiramiz. Tug'uruqxonadan chaqaloqni karnay-surnay bilan olib chiqamiz. Sunnat to'ylarda kichkintoyni taxti ravonga o'tqazib, to'rt kishilashib, ko'tarib yuramiz. To'y ovozasi yetti mahallaga, ijtimoiy tarmoqlar orqali butun jahonga ketadi. Ammo uning ortidan kelgan qarzlarni to'lash mashmashasi oila notinchligiga sabab bo'lishiga, eng yomoni, ruhiy zarbalar, pichoq ishga tushishigacha olib kelishini o'ylamaymiz.


Biz yaqin-yaqingacha bolaga asosan dastyor sifatida qarab kelganmiz. Qishloqlarda hozir ham shunday. U boyaqish hali mol boqishga, hali o't o'rib kelishga yuboriladi. Boshqa millat vakillari farzandini «Turing, sizni buyuk ishlar kutyapti» deb, biz esa «Tur o'rningdan, molga o'xshab yotishingni qara, soat 10.00 bo'ldi!» degan do'q-po'pisa bilan uyg'otamiz. Bolajon xalq farzandiga, avvalo, mehr beradi. Har qanday vaziyatda unga shafqatsizlik qilmaydi, bil'aks, tarbiyasi, ertangi kuni haqida jiddiy qayg'uradi.


Xullas, bunday fikr-mulohazalarni yana istagancha keltirish mumkin. Bu o'rinda ishdan har kuni tunda chiqadigan davlat kishisi, kreditga botib, pul topishdan boshqa tashvishni o'ylashga vaqti va imkoni yo'q ishchilar, erta turmushga berilayotgan qizlar bilan bog'liq holatlarni, qaynona-kelin munosabatlari yoki oila a'zolari o'rtasidagi kelishmovchiliklar bolalarga bosim o'tkazishga, alamini norasidalardan olishga olib kelayotganini ham unutmaslik kerak.


Tabiiyki, bu illatlar ildizi johillik va ilmsizlikka borib taqaladi. Zero, inson o'zining ma'naviy-axloqiy tafakkur darajasini boyitib va takomillashtirib bormasakan, salbiy oqibatlar ko'payaveradi.


Ularga yo'l qoldirmaslikning asosiy omili – ilm olish, o'rganish, izlanish, o'z ustida ishlash, farzandlarimizni ham shunga o'rgatishdir. Negaki, najot – ilmda!


Bu haqda siz qanday fikrdasiz?


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3179 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat