Jurnalistikada sunʼiy intellekt davri: imkoniyatlar, xavflar va yangi bosqich
Sunʼiy intellekt 2030-yillarga borib inson darajasida fikrlay boshlashi, 2050-yillarda esa undan ham yuqori — unda oliy sunʼiy aql shakllanishi ehtimoli mavjud. Shu boisdan ham bu texnologiyani chuqur o‘rganish, uning imkoniyatlari bilan birga xavflarini ham anglash muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi kitob muallifi.
Bugungi kunda sunʼiy intellekt texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha jabhalariga kirib kelib, inson faoliyatining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ayniqsa, jurnalistika sohasida bu texnologiya axborotni yig‘ish, tahlil qilish va tarqatishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu jarayonlarni chuqur tahlil qilish maqsadida filologiya fanlari doktori, jurnalist va tarjimon Beruniy Alimov tomonidan “Jurnalistikada sunʼiy intellekt davri” nomli kitob nashr etildi.
Mazkur kitob Yoshlar ishlari agentligida keng jamoatchilikka taqdim etildi. Unda sunʼiy intellektning jurnalistikadagi o‘rni, uning keng imkoniyatlari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, faktcheking, axborot xavfsizligi kabi dolzarb masalalar yoritilgan.
– Sunʼiy intellektdan foydalanish qaltis vaziyat. Biz har qanday 10 karra kuchli sunʼiy intellekt, sunʼiy kuchlarni biz tabiiy kuchlar – tafakkurimiz, qalbimiz bilan engishimiz zarur. O‘zbek jurnalistikasi zaif emas, har qanday zamonaviy muammolarga qarshi oqilona chora topa oladi, shu sababli ham mana shunday mavzudagi tadbirlarni ko‘paytishimiz kerak, – dedi Xurshid Do‘stmuhammad.
Ushbu kitob ayni zamonda o‘sib kelayotgan har bir yosh jurnalist, talaba va media sohasiga qiziqayotganlar uchun muhim qo‘llanmaga aylanadi. Xulosa qilib aytganda, “Jurnalistikada sunʼiy intellekt davri” asari zamonaviy jurnalistikaning yangi qirralarini ochib beruvchi, tez o‘zgarib borayotgan axborot makonida to‘g‘ri yo‘l topishga yordam beruvchi muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Tadbir O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va “Yoshlar ovozi” gazetasi hamkorligida tashkil etildi.
Diyora Ravshanova
Ishonch.uz



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0